• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Kompyuter injiniringi fakulteti «Dasturiy injiniring»




    Download 98,89 Kb.
    bet10/10
    Sana07.06.2024
    Hajmi98,89 Kb.
    #261281
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Amaliy ish hisoboti. Loyiha ishlab chiqish (Na`muna)

    Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli
    grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot
    taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin.
    Multimediali texnologiya Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz.
    Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar.
    Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar)
    Ma'ro’za, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‘rgazmali namoyish etish
    vositasi sifatida plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproyektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma'ro’zachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi.
    Taqdimot nima uchun samarali
    So‘nggi o‘n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi.
    Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining
    aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez
    o‘zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu
    holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e'tiborini tortish,
    qiziqtirish uchun ma'lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali
    tarzda yetkazish mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ma'lumki, inson ma'lumotning ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e'tiborini ko‘proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
    Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya'ni interfaol bo‘lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma'lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni ta'minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma'lumotlarni ko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma'lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi.
    Ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o‘n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho‘ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‘lchamli grafikalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining o’zoqligini ta'minlaydi.


    Xulosa
    Simple audio pleer dasturini o’rganish jarayonida undagi imkoniyat darajalari va kamchiliklari haqida fikr yuritsak. Simple audio pleer yordamida istalgan musiqalarni ishlashi uchun yaratilgan dastur hisoblanadi. Katta hajmdagi fayllar bilan ishlashda qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Yana shuni aytib o’tish lozimki boshqa dasturlar kabi simple audio pleer dasturining hoziragacha ko’pgina versiyalari yaratilib kelinmoqda. O’rganuvchilar uchun juda ko’p o’quv qo’llanmalari mavjud. Simple audio pleer dasturida foydalanuvchi o’zi qulay tarzda kerak bo’lgan kompanentlar va buyruqlarni klviatura yordamida tez va aniq amalga oshirilishi mumkin. Bu narsa foydalanuvchiga vaqtdan unumdor foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.Simple audio pleer dasturinig yana bir qulay ta’rafi shundaki kompyuter dasturlarida muammosiz ishlaydi. Bundan dasturlar hozirgi zamon talabiga javob beradigan dasturlardan iborat.


    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Гурвиц М. Использование Adobe Flash MX / М. Гурвиц, Л. Мак-Кейб ; спец. изд-е. − М. : Вильямс, 2003. − 704 с.


    2. Макар Д. Тайны создания игр в AdobeFlashMX 2004. 2005г
    3. Розенкноп Д.Л. Мультимедиа-дизайн во Flash 8. 2008г
    Download 98,89 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 98,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter injiniringi fakulteti «Dasturiy injiniring»

    Download 98,89 Kb.