Kompyuter injiniringi” fakulteti Kompyuter injiniringi yo‘nalishi 614 21– guruh talabasi Qurbonov Xurshidbek




Download 0,76 Mb.
bet3/7
Sana23.12.2023
Hajmi0,76 Mb.
#127250
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
pedagogika

Shaxsning shakllanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi, biroq bu harakatlar keyinchalik shartli reflekslar bo‘lib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutq paydo bo‘lishi, shuningdek, u bajarayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi sanaladi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam shaxs bo‘lmog‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan ajralib turishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xarakteri, qiziqishi, qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga nisbatan shaxsiy munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Mazkur xususiyatlar rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yetsagina, u mukammal shaxs sifatida namoyon bo‘ladi va ijtimoiy munosabatlar jarayonida o‘z o‘rnini topadi. Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Buning uchun odamga ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari (muhit) va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda nasliy xususiyatlarning takomillashib borishi odamning rivojlanib, shaxs sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi.
Biz yuqorida «rivojlanish» tushunchasini juda ko‘p ishlatdik. Endi ushbu tushunchaga atroflicha yondashib, ta’rif berishga harakat qilamiz. Odam biologik mavjudot sanaladi, uning rivojlanishiga tabiiy qonunlar, biologik va ijtimoiy qonuniyatlar ta’sir etadi, insonning kamol topishiga zamin yaratadi. Bulardan tashqari, komil inson bo‘lib yetishuvda aniq maqsad uchun bo‘lgan xatti-harakat, iroda sifatlari asosida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonch ham muhim ahamiyatga ega. Anatomik va fiziologik xarakterdagi o‘zgarishlar, ya’ni odam bo‘yining o‘sishi, gavda og‘irligining ortib borishi, gavda tuzilishining o‘zgarishi, qon bosimi, o‘pka siqishi, tayanch-harakat apparatining holati va boshqalar jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlaridir. Bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy-psixologik rivojlanishga taalluqlidir. Shaxs rivojlanishida u yoki bu faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqalar), turli yoshdagi faoliyat mazmuni (maqsadga yo‘naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo‘lishi, ularning samaradorligi va h. k.), shuningdek, muomala hamda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosobatlar mazmuni, ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga bo‘ysunish, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ullik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga egadir. Shaxsning shakllanishida shaxsiy xislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etib borishi ham muhim. Mana shu sifatlarni anglash va ularni to‘g‘ri aniqlash uchun uni turli munosabatlar jarayonida o‘rganish maqsadga muvofiqdir.


Download 0,76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter injiniringi” fakulteti Kompyuter injiniringi yo‘nalishi 614 21– guruh talabasi Qurbonov Xurshidbek

Download 0,76 Mb.