Kompyuter injiniringi” fakulteti Kompyuter injiniringi yo‘nalishi 614 21– guruh talabasi Qurbonov Xurshidbek




Download 0,76 Mb.
bet5/7
Sana23.12.2023
Hajmi0,76 Mb.
#127250
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
pedagogika

Irsiyat




Muhit

SHAXSNING SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI ASOSIY OMILLAR


Tarbiya


Oila muhiti — mikromuhit ham o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu bois mustaqillikka erishganimizdan so‘ng o‘tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o‘rni va roli masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan «Oila» ilmiy markazi oilaning bu boradagi imkoniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Oila muhiti hamda ijtimoiy muhit o‘rtasida o‘zaro ta’sir, ikki tomonlama aloqa mavjud. Mavjud ijtimoiy muhit bolaning o‘sib borayotgan ongiga ta’sir etadi, ijtimoiy tuzum darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, shaxsga nisbatan ongli ta’siri ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Ushbu ta’sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.


Tarbiya — biror maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, u muayyan reja, dastur g‘oyalari asosida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilar tomonidan tashkil etiladi. Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda qulay, samarali omillardan foydalaniladi, salbiy ta’sirlarning kuchi ma’lum darajada kamayadi. Muhitning ta’siri stixiyali, tarbiyaning ta’siri esa maqsadga muvofiqdir. Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:
1. Kishi organizmining o‘sishi sodir bo‘ladi, muhitning stixiyali ta’siri berolmaydigan narsalar o‘rganiladi. Masalan, bola o‘z ona tilini atrofni o‘rab turgan muhit ta’sirida o‘rganib olishi mumkin, lekin o‘qish va yozishni maxsus ta’lim yo‘li bilangina o‘rganadi. Ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi.
2. Tarbiya yordamida hatto kishining ba’zi tug‘ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga o‘zgartirish mumkin. Chunonchi, ba’zi bolalar ayrim kamchiliklar bilan tug‘iladi (kar, ko‘r, soqov va hokazo). Ammo maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida ularning aqli to‘la taraqqiy qilishi, tug‘ma kamchiligi bo‘lmagan kishilar bilan barobar faoliyatda bo‘lishi mumkin. 3. Tarbiya orqali muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz bergan kamchiliklarni ham tugatish mumkin (bolalarning qimor o‘ynashi, so‘kishi...). 4. Tarbiya istiqbol maqsadini belgilaydi. Shu bois u shaxs kamolotini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bola shaxsining o‘ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta’sirini hisobga olishga bog‘liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bola yashashga majbur bo‘lgan mikromuhit mazmuni uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi kishilar va ular bilan o‘rnatilgan aloqa mohiyatini belgilaydi. Bola oila a’zolari, tarbiyachi, o‘qituvchi, o‘rtoqlari, oilaga yaqin kishilar bilan munosabatda bo‘ladi. Ushbu aloqalar bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bolaga ularning ta’siri aloqa orqali bo‘ladi. Yana shu aloqa asosida bola ajdodlar tajribasini o‘zlashtiradi, o‘zi uchun andaza tanlaydi. Bolalar va kattalar o‘rtasidagi aloqa faol jarayondir. Mazkur jarayonda kattalar faqatgina o‘rgatuvchi bo‘lib qolmasliklari lozim. Bolaning bu jarayondagi faol ishtirokini ta’minlashga alohida ahamiyat berish kerak. Shundagina u o‘z harakatlarini o‘zi idora qilishga, o‘z faoliyati mazmunini tahlil qilishga o‘rganadi. Bola fikrlasa, o‘ylasa, uning ongi o‘sadi.

Ijtimoiy munosabatlar jarayonida nutq rivojlanadi. Chunki mana shu vaziyatda bola savollar bera boshlaydi, kuzatadi, mulohaza yuritadi. Hayotiy voqea-hodisalarni tushunishga, yaxshini yomondan ajratib olishga, o‘z harakatlarini davr talabiga moslashtirishga urinadi. Har bir ijtimoiy jamiyatda tarbiyaning maqsad va vazifalari, axloq me’yorlari, madaniy boyliklar, jamiyat a’zolarining didi, axloqiy qarashlari, dunyoqarashlari, e’tiqodlari o‘zgarib boradi va bular tarbiya vositasida bolalar ongiga singdirib boriladi. Bola shaxsining rivojlanishi uchun faol kundalik faoliyat zarur. Faoliyat yordamidagina bola atrof-muhit bilan munosabatni tashkil etadi, shular orqali uning bilish qobiliyati rivojlanadi, xarakter sifatlari takomillashib boradi.
5. Inson kamol topishining jarayonini faqat irsiyat, ijtimoiy muhit va ta’lim-tarbiyaga bog‘lab o‘rganish, talqin qilish haqiqatga unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Chunki ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o‘zi ham faol ishtirok etadi. Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya shaxsning o‘zi faol ishtirok etgandagina uning tug‘ma layoqatini uyg‘otadi, iste’dod, qobiliyatlarini o‘stira oladi. Agar kishi o‘z ishini sevsa, uning shu sohadagi iste’dodi tezroq va kuchliroq ro‘yobga chiqa boshlaydi. Qobiliyat va iste’dodning ro‘yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatga qiziqishi bilan bir qatorda, uning o‘z ustida ishlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’dodli kishilar o‘z iste’dodlarini — iqtidor kuchlarini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun o‘z ustlarida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari shart. Masalan, mashhur grek notig‘i Demosfenning (eramizdan oldingi IV asr) omma orasidagi dastlabki nutqlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Demosfen duduq, ovozi xasta, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. U doimo bir yelkasini ko‘tarib turardi. Demosfen mana shu kamchiliklarini tuzatish uchun o‘zi ustida tinimsiz ishladi: og‘ziga mayda toshlar va sopol parchalarini solib, so‘zlarni talaffuz qilishni mashq qildi, dengiz bo‘yida to‘lqinlar shovqinida nutq so‘zladi, qoyalarga chiqib baland ovoz bilan she’rlar o‘qidi, oyna oldida turib yuz harakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib qo‘ydi, u odati bo‘yicha yelkasini har ko‘targanda yelkasiga qilich sanchilar edi. Demosfen haftalab uydan chiqmasdan notiqlikni o‘rganish uchun sochining yarmini qirdirib tashladi. Bunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Masalan, Alisher Navoiy, Ibn Sinolarning qunt bilan, hatto kechalari uxlamasdan kitob mutolaa qilganlari-yu Amir Temurning harbiy san’atni egallash borasidagi mehnatlari fikrimizning dalilidir.

Mashhur kishilar hayotini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ularning ijodiy faoliyatlaridagi asosiy narsa — uzluksiz izlana bilish, oylab, yillab o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsad uchun intilish, kurashish, unga yetish yo‘llarini izlashdan charchamaslik maqsadga erishish yo‘lidagi muhim omildir. Shuning uchun har bir o‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyati davrida o‘quvchilarga ta’limtarbiya berish bilan birga, ularning o‘z oldiga maqsad qo‘yishlari va uni ro‘yobga chiqarishlariga yordamlashish, tinmay izlanish va mehnat qila olish qobiliyatlarini, kuchli iroda va qat’iy xarakterni tarbiyalab borishlari lozim. Tabiiyki, o‘quvchilarning o‘z maqsadlariga erishishlari uchun maktabda olgan bilim, ko‘nikma va malakalari kamlik qiladi. Ular yuksak maqsad yo‘lida o‘z ustlarida tinmay izlanishlari, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishlari lozim. Baxtga qarshi, maktab o‘qituvchilari orasida bolalar tarbiyasida muhim o‘rin tutuvchi omillar va ularning ahamiyatini bilmaydigan yosh o‘qituvchilar ham uchrab turadi. Masalan, ayrim o‘qituvchilar ulgurmovchi, o‘qishdan orqada qoluvchi o‘quvchilardan qutulish yo‘llarini, ya’ni ularni yo sinfda qoldirish, yoki boshqa maktabga o‘tkazish yo‘llarini qidiradilar va bunga erishadilar ham. Bu kabi choralarni qo‘llash bilan biz o‘quvchilar tarbiyasini tashkil etishda ko‘zlangan maqsadga erisha olmaymiz. Fanlarda o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarni qobiliyatsiz deyish xato. O‘qituvchining birinchi galdagi vazifasi — har bir o‘quvchisining yosh va psixologik xususiyatini chuqur o‘rganish, uning qiziqishi va istaklarini aniqlash, ularni hisobga olgan holda pedagogik chora-tadbirlarni ko‘rishdir. Umuman, pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy hamda irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta’lim-tarbiyaning mazmuni, metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga muvoliq kelishi muhimdir. O‘qituvchi o‘qituvchilarning ruhiy xususiyatlari bilan birga, yosh xususiyatlarini ham bilishi, ma’­ lum yoshdagi o‘quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olish asosida faoliyatlarini tashkil etishi lozim. Shaxsning aqliy va jismoniy kamolotida doimo ilgariga qarab rivojlanish ro‘y beradi. Bolaning jismoniy va ruhiy kamoloti qaror topib borar ekan, u bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi.

Yuqorida bayon etilgan fikrlarga asoslanib, quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin: 1. Shaxs ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudot bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar mahsuli sanaladi. 2. Shaxsning shakllanishi biologik (irsiy), ijtimoiy omillar hamda tarbiyaga bog‘liqdir. 3. Shaxsning shakllanishida faoliyat o‘ziga xos, muhim xususiyatga ega. Zero, shaxs faoliyat yordamidagina ijtimoiy borliq bilan bo‘ladigan munosabatni yo‘lga qo‘yadi, shu asosda uning bilish qobiliyati rivojlanadi. 4. Shaxs jismoniy va psixologik jihatdan kamol topib borar ekan, fiziologiya, pedagogika va psixologiya fanlarida «yosh davrlari» deb nomlangan bosqichlarni bosib o‘tadi.



Download 0,76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter injiniringi” fakulteti Kompyuter injiniringi yo‘nalishi 614 21– guruh talabasi Qurbonov Xurshidbek

Download 0,76 Mb.