• 2. Jismoniy rivojlanish.
  • Shaxsni rivojlanishi nimalarga bog’liq; TOIFALASH JADVALI
  • 2. SHAXSNING SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI ASOSIY OMILLAR Irsiyat
  • Shaxsni shakillanishini pedagogik va psixalogik asoslari




    Download 0,76 Mb.
    bet4/7
    Sana23.12.2023
    Hajmi0,76 Mb.
    #127250
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    pedagogika

    Shaxsni shakillanishini pedagogik va psixalogik asoslari;


    1. Ruhiy xususiyatlarning rivojlanishi. Bunga aql, diqqat, harakat, iroda, xotira va h. k. kiradi. Hayotda o‘z o‘rnini topa olish, Vatani va xalqining ravnaqi yo‘lida og‘ishmay, e’tiqod bilan xizmat qilish, imonli bo‘lish insonni shaxs darajasiga ko‘taradi. Bunday sifatlarning ro‘yobga chiqishi, albatta, tarbiyaga bog‘liq. 2. Jismoniy rivojlanish. Bu rivojlanish jarayonida u turli o‘zgarishlarni, jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z boshidan kechiradi. Insonda bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarga bo‘yining o‘sishi, vaznining og‘irlashib borishi, suyak va mushak qismlari, ichki a’zolari va asab tizimining o‘zgarib borishi kabilar kiradi.


    Shaxsni rivojlanishi nimalarga bog’liq;



    TOIFALASH JADVALI


    TAHLIL VA O’ZGARISH

    O’SISH

    MA’LUMOT











    2. SHAXSNING SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI ASOSIY OMILLAR
    Irsiyat — bu ota qoni yoki ajdodlarga xos bo‘lgan biologik xususiyat va o‘xshashliklarning naslga (bolaga) o‘tish jarayonidir. Nasldan-naslga o‘tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi: anatomik-fiziologik tuzilishi (masalan, yuz tuzilishi), organlar holati, qad-qomat, asab tizimi xususiyatlari, teri, soch hamda ko‘zlarning rangi, shuningdek, nutq va tafakkur. Ixtiyoriy harakat va amallar, vertikal holatda yurish, mehnat (ijod) qilish qobiliyati va boshqa iste’dod alomatlari ham nasldannaslga o‘tadi. Iste’dod alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat yoki ijod turiga yo‘naltirilgan emas. Bu alomatlar muayyan faoliyatga omillikni aks ettiradi, xolos. Ma’lum oilada tarbiyalanayotgan bolada ajdodlariga xos iste’­ dod nishonasi aks etganda, aynan ana shu iste’dodning shakllanishida muhim rol o‘ynagan, uning rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarga ega oila muhitini nazardan chetda qoldirmaslik lozim. Fiziologiya va psixologiya fanlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning ro‘yobga chiqishi va rivojlanishi uchun manba bo‘lgan — layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat go‘yo «mudroq» holatda bo‘lib, uning «uyg‘onishi» va rivojlanishi uchun qulay muhit kerak. Shaxs xarakteri ayrim ko‘rimshlarming nasldan-naslga o‘tishi xususida ham qobiliyat nishonalarining avlodlar timsolida takrorlanishi borasidagi fikrlarni aytish mumkin. Shaxs muayyan ijtimoiy tuzum mahsulidir. Uning mohiyatini ijtimoiy munosabatlarning majmuyi tashkil etadi va u yashayotgan ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarixiy sharoit belgilaydi. Shaxsning hayotiy faoliyati sodir bo‘ladigan ijtimoiy muhit unga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ya’ni ijtimoiy jamiyat shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Bu jamiyatning ma’naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog‘liq.
    Muhit — shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi olam (voqelik, hodisalar) majmuyidir. «Muhit» tushunchasi o‘zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi.
    Mikromuhit ham o‘zida qisman ijtimoiy muhitning mazmunini aks ettiradi va ayni choqda u nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit ijtimoiy muhitning bir qismi bo‘lib, oila, maktab, do‘stlar, tengqurlar, yaqin kishilar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Bolani qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy, rivojlantiruvchi (progressiv) va mahv etuvchi hodisalar mavjud. Agar bola o‘z tug‘ma layoqatiga mos sharoitda o‘sib, zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta rivojlanishi, aks holda esa bunday muhit yo‘q bo‘lishi yoki «mudroq»ligicha qolib ketishi ham mumkin. Bundan tashqari, odob, axloq kabi xulqiy sifatlar — shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro ta’siri asosida vujudga keladi.



    Download 0,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxsni shakillanishini pedagogik va psixalogik asoslari

    Download 0,76 Mb.