|
Kompyuter injiniringi” fakulteti “vlsi tizimini loyihalashtirish
|
bet | 1/2 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 0,92 Mb. | | #133189 |
Bog'liq VlSI mustaqil ish.2
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG`ONA FILIALI
“Kompyuter injiniringi” fakulteti
“VLSI tizimini loyihalashtirish” fanidan
Bajardi: Xakimova O.M
Qabul qildi: Abduqodirov. A
Farg`ona 2022
Murakkab mantiqiy sxemalarni modellashtirish. ArduinoUno platasi.
REJA:
1. Arduino nima ? Arduino Uno platasi va uning imkoniyatlari
2.Arduino platformasi yordamida mantiq algebrasi funksiyalarini o’rganish.
KIRISH
Diskret qayta ishlovchi qurilma ikkilik signallarni qayta ishlaganidan keyin biror mantiqiy amalning qiymatini chiqarsa, u mantiqiy element deb ataladi. Bunday qiymatlar (signallar)ni qayta ishlovchi qurilmalarga esa diskret qurilmalar deyiladi. Mantiqiy elementlar kompyuterning tarkibiy qismi bo‘lib, ikkilik o‘zgaruvchilar ustida muayyan mantiqiy amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan elementlardir.
Shunday muhim mavzularni faqatgina nazariy o’qitish orqali o’quvchi va talabalarda mavzu bo’yicha tasavvur hamda olingan bilmlarni amaliyotga qo’llash ko’nikmasini hosil qilish mushkil ish. Fizika va texnika fanlarini o‘rganishda laboratoriya mashg’uloti muhim o‘rinni egallaydi. Fizik qonuniyatlar tajribada aniqlanadi va tajriba orqali tekshiriladi. O‘quvchilar fizika laboratoriyalarida asosiy fizik hodisalarni o‘rganadilar va ularni tahlil qilish usullari bilan tanishadilar.
Arduino nima ? Arduino Uno platasi va uning imkoniyatlari
Arduino bu kichik hajmdagi proyektlarni yaratish, turli robototexnika qismlarini yoki kichik o'lchamdagi robototexnikada foydalanish uchun mo'ljallangan plata hisoblanadi. Bunda siz professional bo'lmagan proyektlarni yaratishingiz mumkin. Masalan, siz RFID tizimi orqali yoki oddiy raqamli parol qurilmasini yasash orqali eshigingizga qulf qo'yishingiz yoki xonangizga kimdir kirganligini aniqlashda ishlatiluvchi qurilmalarni va yana oddiy haroratni o'lchovchi kabi qurilmalarni yasashingiz mumkin. Aslida Arduino sotuv markasi bo'lib, uning tarkibiga Arduino Uno, Arduino Mega, Arduino Leonardo, Arduino Ethernet, Arduino RS232, Arduino Diecimila, Arduino Pro, Arduino Nano, Arduino LilyPad, Arduino Robot, Arduino Esplora, Arduino Yun, Arduino Due kabi turlari kiradi. Bularning bir-biridan farqi, qo'llash mumkin bo'lgan imkoniyatlaridadir. Masalan, Arduino Uno kichik proyektlar, ko'p bo'lmagan modullarni boshqarish mumkin. Arduino Mega da esa Arduino Uno ga nisbatan ancha ko'p modullarni boshqara olish imkoniyatiga ega sababi unda Uno ga nisbatan portlari ancha ko'proq. Quyida Arduino Uno va Mega platalarining ko'rinishi:
ARDUINO MEGA
|
| |