|
-§. Windows formda ishlash. Windows formda Button, TextBoxlar bilan ishlash
|
bet | 3/9 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 1,82 Mb. | | #259242 |
Bog'liq Sapa 1-§. Windows formda ishlash. Windows formda Button, TextBoxlar bilan ishlash
WinForm (Windows form .Net) – bu UI framework bo’lib kompyuter dasturlarini yaratishda foydalaniladi. Ishlab chiqish platformasi boshqaruvni boshqarish, grafikalar, ma’lumotlarni bog’lash va foydalanuvchini kiritish kabi dasturlarni ishlab chiqish funksiyalarini o’zida jamlagan. WinForm Visual Studio orqali formaga komponentlarni osongina tashlash va ularni qo’zg’atish orqali kerakli joyga joylashtirib visual dizayn yaratish mumkin.
Afzalliklari:
Bu ancha eski va ko’p bora ishlatilgan va sinalgan;
Allaqachon 3-tomon kontrollari bilan boy bo’lib, tekin yoki sotib olish uchun tayyor;
Visual Studio dizayner qismi WPF dan ko’ra WinForms uchun yaxshiroq, WPF da ko’p ishlarni o’zingiz qilishingizga to’g’ri keladi;
O’qish tavsiya qilinadi: WinForm va WPF ning asosiy farqlari.
WinForm da siz dasturlarni oflayn tarzda yoki internetga ulangan holatdayangilanishlarni olish va ulardan foydalanishingiz mumkin. WinForm o’zi ishlab turgan kompyuter xotirasiga murojaat qilishi va undan ma’lumotlar olishi mumkin.
Bugundan boshlab sizlar bilan WinForm da dasturlarni qanday qilib yaratish haqida gaplashamiz.
Buning uchun bizga Visual Studio dasturi kerak bo’ladi.
Visual studio 2019 ni ishga tushirganimizda quyidagicha oyna hosil bo’ladi:
va shu rasmda ko`rsatilgan joy tanlanadi.
Tanlaganimizdan keyin quyidagicha oyna hosil bo`ladi:
Ushbu oynada qidiruv maydoni tagida C#, Windows, Все типы проектов tanlab olinadi. Shundan so`ng Приложение Windows Forms tanlanadi va Далее tugmasi bosiladi.
Keyin bizga quydagicha oyna ochiladi:
Bu yerdan Имя проекта degan joyiga yaratmoqchi bo’lgan dasturimizning nomini kiritamiz. Undan pastidagi qatorda Расположение degan joyiga esa yaratayotgan dusturimizni qayerda joylashishi kerak ekanligi ko’rsatiladi. Keyin Создать tugmasini bosganda bizga Windows Form oynasi ochiladi va quyidagi ko’rinishda ishchi oynalar hosil bo’ladi(4-rasm). Bizda birinchi ishchi holatda turganimizda ilova nomi Form1 nomi bilan saqlanib turgan bo’ladi.
Form1 ning Text xususiyati orqali uning nomini o’zgartirishimiz mumkin. Formaning Startposition Xususiyati orqali ilovamiz ishga tushirgan vaqtda qaysi joydan boshlashini sozlab olishimiz mumkin. Bu xususiyatda CenterScreen ni tanlash orqali ilovamizning ekran markazidan chiqib kelishini ta’minlaymiz. Formaning Size xususiyati orqali ilovamizning o’lchamlarini belgilaymiz. Endi esa ilovamizning dizaynini shu kabi Свойства oynasining boshqa xususiyatlari orqali o’zgartirib sozlab olishimiz mumkin. Endi esa ilovaga tugma qo’yish kerak. Tugma C# tilida Button deb ataladi. Панель елементов bo’limi orqali ilovaga Button tugmasi tashlanadi. Button kompanentasining Name xususiyatiga dastur davomida ushbu tugmaning ishlatiladigan nomi yoziladi. Visible xususiyati bizga bu tugmaning ilova ekranida ko’rinish yoki ko’rinmasligini belgilab beradi. Visible xususiyati mantiqiy turdagi qiymatni qabul qiladi. Ya’ni true va false. Agar True qiymat qabul qilsa ko’rinadigan holatda bo’ladi aks holda ko’rinmaydigan holatda bo’ladi. Yana bir shunday xususiyat borki, u ish jarayonida tugmaning faol yoki nofaol ekanligini belgilab beradi. Bu xususiyatning nomi Enabled deb nomlanadi. Bu xususiyat ham mantiqiy turdagi qiymatlarni qabul qiladi. Agar Enabled xususiyati True holatda tursa Button faol holatda aks holda nofaol holda bo’ladi. Endi esa tugmaning ekrandagi korinishiga nom berish kerak. Buni Buttonning Text xususiyati orqali amalga oshiramiz. Bu yozuv ilovamiz ishlash jarayonida bizga noqulay ko’rinishda ya’ni yozuv katta yoki kichik yoki shrift turi noqulay ko’rinishda bo’lsa buni Buttonning Font xususiyati orqali to’g’irlash mumkin. Font ni tanlaganimizda bizga quyidagicha oyna hosil bo’ladi:
Bu yerda Buttonning Text xususiyatida joylashgan matnning shrift o’lchamini va shrift turini tanlashimiz mumkin. Tabiiyki, ba’zi hollarda Buttonning shrift o’lcham va turini tanlaganimizdan keyin yozuvning rangini o’zgartirishimiz zarur bo’lib qoladi. Buni ForeColor xususiyati orqali sozlashimiz mumkin. Endi ilovamizga TextBox kompanentasini tashlaymiz va TextBoxning bazi xususiyatlari bilan tanishamiz. TextBox odatda qiyat kiritish uchun ishlatiladi. Lekin ba’zi istsno holatlarda TextBoxdan faqat qiymatni o’qish uchun ham ishlatamiz. TextBoxning birinchi aytilishi kerak bo’lgan xususiyati uning Text xususiyatidir. Bu xususiyatda unga kiritilgan yoki unga qabul qilingan qiymat saqlanadi. Qisqacha aytgandaundagi ma’lumot Text xususiyatida joylashadi. Bu kompanentaning ham Font xususiyati orqali shriftni sozlashimiz mumkin. Bunda ham xuddi Buttondagi kabi Visible va Enabled xususiyatlari mavjud va xuddi shunday vazifani bajaradi. Uning Name xususiyatida TextBoxning dastur davomida qo’llanadigan nomi saqlanadi. Shuni e’tiborga olishimiz kerakki, Name va Text xususiyatlarining farqi bor.
TextBoxning Text xususiyati o’zida satr ko’rinishdagi ma’lumotlarni saqlaydi. Agar son bilan ishlashmoqchi bo’sak Convert.ToInt32(); dan foydalansak maqsadga muvofiq bo’ladi. Textboxga kiritilayotgan malumotni yoningizdagi shaxsga maxfiy shaklda kiritish zarur bo’ladigan hollar juda ko’p uchrab turadi. Ya’ni parol kiritayotganda. Uning UseSystemPaswordChar xususiyati orqali bu muammoni ham hal qilishimiz mumkin. Bu xususiyat faqat mantiqiy qiymatlarni qabul qiladi. Agar qiymati False bo’lsa kiritilayotgan malumot maxfiy saqlanmaydi. Agar True bo’lsa malumot maxfiy turda saqlanadi.
|
| |