|
Kompyuter olamiga sayohat
|
Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 36,5 Kb. | | #116893 |
Bog'liq Kompyuter olamiga sayohat
“Kompyuter olamiga sayohat”
1 Boshlovchi Assalomu alaykum ey aziz do’stlar
Shunqor yigitlar-u barno sho’x qizlar
Zehningiz kuchini ishga solgani
Bizning bilimimizni ham sinab olgani
2Boshlovchi
Siz aziz ustozlar keling kuzating
Xatoga ko’ysak do’stlar tuzating
Ilmimiz yanada bo’lsin ziyoda
Parvoz etaylik biz fan olamiga
1 Boshlovchi
Assalomu alaykum aziz ustozlar va bilimga chanqoq talabalar hamda hozirgi kunda o’z hayotini internetsiz tasavvur eta olmaydigan yoshlar. Tadbirimizga xush kelibsiz!
2Boshlovchi
Hayotdagi har bir ish, har bir harakat hozirda texnikaga asoslangan bo’ladi, bugungi kunning har bir yoshlari hayotini kompyutersiz va albatta internetsiz tasavvur eta olmaydi. Mana shulardan kelib chiqqan holda biz ham bugungi kechamizni informatika va axborot texnologiyalari bilan uzviy bog’langan holda «Kompyuter olamiga sayoxat» deb nomladik.
1 Boshlovchi
Bugungi tadbirimzda do’stona raqobat bilan 2-guruh ya’ni «Internet» va “Pentum” guruhlari o’aro bellashadi.
2 Boshlovchi
Bugungi tadbirimzni baholash uchun hakamlar hayati a’zolari bilan tanishtiramiz………
Davramizni ochib berish uchun so’z navbatini Ma’naviyat va Ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari G’.Bozorovga beramiz
1 Boshlovchi
Endi esa asosiy shartlar bilan tanishamiz
1-Shart. Tanishuv
2- Shart. Fanga oid terminlarni aytish
3- Shart. Bilimingni sinab ko’rish(skanvord)
4- Shart. O’yla izla top
5- Shart. Erkin mavzu
2 Boshlovchi Do’stlar, fikrimizga yetishdi fursat.
Kechani ochishga etingiz ruxsat.
Ma’suliyat yukin zimmaga ortib
Ko’zimiz oldida ular boshlar bahs
1 Boshlovchi Marhamat guruhlar chiqishi 5- ballik baholash tizimiga rioya qilinsin
2 Boshlovchi
1- shart baholari e’lon qilinsin
1 Boshlovchi
Endi navbat 2- shartga , bunda 10- minut vaqt reglamentiga rioya qilinsin 5- ballik baholash tizimiga rioya qilinsin
2 Boshlovchi Kompyuterda ishlashga
Sen doimo tirishgin
Eplolmasang ilk marta
Yana takror kirishgin
Exm faqat o’shanda
O’z sirlarini ochishar
Ular bilan do’stlashsang
Yo’linga nur sochishar
1- Boshlovchi 3- shartni e’lon qiladi
2 Boshlovchi Hakamlar hayatiga so’z navbatini beramiz
1- Boshlovchi
Tomoshabin do’stlar, bo’lmang betaraf
Ishtirokchilaroga tilang shon-sharaf
Ularni olqishlang uringiz qarsak
Kecha hech qizimas, o’tsa beqarsak.
4- shartga o’tamiz
2 - Boshlovchi Hakamlar hayatiga so’z navbatini beramiz
1- Boshlovchi 5- shart erkin mavzu
2 boshlovchi Hakamlar hayatiga so’z navbatini beramiz
Har bir so’zning bordir oxiri
Har bir amal topadi yakun .
Eng zukkoni bildik ahiyri
Har bir zukko bo’ldilar mamnun .
Boshlovchi Hech cho’ktirmang qalblarni zinhor
Qalbingizda gullasin bahor
Bunday kunlar barchaga nasib
Aylasin,quvnaylik takror va takror.
Hayr, omon bo’ling azizlar .
|
| |