• § 6.1. Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati va ko’rinishlari
  • Xalqaro maydonda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni dinamikasi
  • Offshor kompaniyalar orasidagi farqlar
  • 6-mavzu. Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rni




    Download 38.04 Kb.
    bet1/5
    Sana25.07.2023
    Hajmi38.04 Kb.
    #77272
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    санжар макола, 22.09.1994 (1), O‘RQ-764 15.04.2022 (1), 4-МАВЗУ tarbiyaviy ishlar, РУС-ТИЛИ-МИЛЛИЙ-9-СИНФ-2023, foydali fayllar uz tarbiya-texnologiyalari-va-ularning-o0ziga-xos-xususiyatlari, Бумеранг таркатма рус, 4 maruza, Firma foydasini aniqlash va maksimallashtirish Reja Firma darom, 5-Mavzu JIXIM, result, ruxsatnoma, InVxQCoCJC7mTnKFpaPco0PybWVaSvbz (2), 777777

    6-mavzu. Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rni

    1. Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati va ko’rinishlari

    2. Erkin iqtisodiy hududlarni yaratishda jahon tajribalari

    3. Xitoy EIH modeli xususiyatlari

    4. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish imkoniyatlari va mavjud istiqbollar tahlili

    § 6.1. Erkin iqtisodiy hududlarning mohiyati va ko’rinishlari
    Erkin iqtisodiy hudud xo’jalik yuritishning yangi shakillaridan biri bo’lib, xalqaro maydonda 1950 – yillarning oxiri va 60 – yillarning boshlarida paydo bo’lgan. 1970 - yillarning o’rtalariga kelib esa jaxon maydonida keng ommalasha boshladi. Bunday hududlar dastlab sanoat ishlab chiqarishi rivojlangan mamlakatlar xisoblangan – AQSH, Yaponiya, Germaniya va Buyuk Britaniyada keyinchalik esa Polsha, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlarda tashkil etildi. Jaxon tajribasidan ma’lumki erkin iqtisodiy hududlar dastavval daryo va dengiz portlarida, xalqaro aeraportlarda, temir va avtomobil yo’llariga yaqin joylarda, sayyoxlik va alohida olingan sanoat markazlarida tashkil etilgan. CHunki tovar moddiy boyliklarni chet el bozorlariga olib chiqishda va chet el investitsiyalarini iqtisodiyotga jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning roli muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqning farovonligi, xayotning ko’rkamlashib borishi, ko’p jixatdan shu mamlakat erkin iqtisodiy hududlarining tashkil etilishi va muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi bilan bog’liqdir. CHunki bunday xolatlarni iqtisodiyoti rivojlangan va erkin iqtisodiy hududlar tashkil etgan mamalakatlar faoliyatida ko’plab kuzatish mumkin. Nega–ki qaysi mamlakatda chet el investorlari va tadbirkorlar faoliyati uchun keng imtiyozlar yaratilsa, ularning o’zlarini tiklab olishlari uchun amaliy yordam berilsa va imkoniyatlar yaratilsa – investitsiya miqdori ham, tadbirkorlikning ishchanlik qobilyati ham o’sha yerda yuqori bo’ladi.
    Erkin iqtisodiy hudud xaqida tushuncha birinchi marta 1973 yil 18 maydagi Kioto konvetsiyasida berilgan. Unga ko’ra erkin iqtisodiy hudud deb – mamlakatning bir qismini ya’ni tovarlar importi va eksportini, bojxona va soliq cheklovlarisiz olib kirish mumkin bo’lgan hududga aytiladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 5 – sessiyasida qabul qilingan “erkin iqtisodiy hudud to’g’risida”gi qonunning 1 – moddasida esa quydagicha tarif berilgan: - “Erkin iqtisodiy hududlar deb – mintaqani jadal ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish uchun ichki va tashqi kapitalni, istiqbolli texnologiyalar va boshqaruvga oid tajribalarni jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida xuquqiy tartiboti bo’lgan maxsus ajratilgan hududga aytiladi”.
    Umuman olganda erkin iqtisodiy hududlarning 30 ga yaqin turi bo’ladi. Ulardan keng tarqalganlari: erkin savdo hududlar, erkin bojxona, erkin ishlab chiqarish, erkin ilmiy – texnik hududlardir. Bularning xar biri erkin iqtisodiy hudud toifasiga kirgani bilan o’z funktsiyasiga ko’ra bir biridan farq qiladi.1
    Erkin iqtisodiy hududlari – konsignatsiya (ya’ni tovarlarni sotish uchun berish) omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni o’rash – joylash, saralash, saqlash hududlarini o’z ichiga oladi.
    Erkin bojxona hududlari – chet elda ishlab chiqarilgan va mamlakatga kirib kelayotgan maxsulotlarni imtiyozli to’lov asosida saqlash, markalar va sortlarga ajratish, ishlov berish, agar kerak bo’lib qolgan xolda komplektlashtirish va sotish kabi vazifalarni bajaradi. Bunday erkin bojxona hududlari daryo va dengiz portlarida, chegaradosh temir yo’l tarmoqlarida va aeraportlarda chet el valyutasida daromad olish maqsadida tashkil etiladi.



    Mamlakat- ning nomi

    Qayd
    etilgan korxonalar soni

    So’nngi uch yil mobay- nidagi o’sishi % hisobida



    Korxona-
    lar soni

    So’nngi uch yil mobay- nidagi o’sishi % hisobida

    1

    Britan – Virgin orollari

    43000

    48.2

    208000

    100

    2

    Irlandiya

    16000

    14.3

    150000

    36.4

    3

    Panama

    15201

    1.7

    337004

    20

    4

    Bagama orollari

    12000

    33.3

    50000

    127.3

    5

    Men orollari

    5776

    16.3

    38536

    20.5

    6

    Kipr

    4400

    89.9

    26900

    136.9

    7

    Lyuksemburg

    3600

    1.8

    55000

    17.5

    8

    Kaymanovo orollari

    3565

    14.7

    38716

    39.6

    9

    Gibraltar

    3260

    6.8

    59600

    17.3

    10

    Ljersi

    3100

    1.3

    30500

    8.2

    11

    Terks va Kaykos

    3000

    56.6

    15000

    36.4

    12

    Niderlandiya – Antil orollari

    2200

    10.0

    22500

    18.4

    13

    Mavrikiy

    1550

    219.6

    4550

    574.1

    14

    Gernsi

    1148

    6.5

    14550

    3.8

    15

    Beliz

    1430

    104.3

    4810

    270.0

    16

    Barbados

    1293

    546.5

    12804

    1064.0

    17

    Antigua

    1000

    33.3

    5500

    120.0

    Erkin savdo hududlari AQSHda ko’plab tashkil etilgan bo’lib, ular tashqi savdo zonalari (Foreign Trade Zones) deb nomlanadi. Bugungi kunda AQSHda 200 ga yaqin zona va subzonalar faoliyat qo’rsatmoqda. Bu hududlarning faoliyatini nazorat qilish tashqi savdo zonalari Departamentiga yuklatilgan bo’lib, tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, Departament tomonidan zona ochilishi uchun ruxsat berilgandan so’ng uning faoliyat ko’rsatguniga qadar 6 oydan – 3 yilgacha vaqt kerak bo’ladi.
    6.1.1 – Jadval Xalqaro maydonda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni dinamikasi

    18

    Bermud

    988

    28.6

    8659

    19.1

    19

    Madeyra

    600

    50.0

    2210

    84.2

    20

    Gonkong

    570

    26.7

    4429

    34.2

    Manba: XXR statistik kundaligi. 2006.
    Erkin ishlab - chiqarish zonalari maqsadli sotsial – iqtisodiy dastur bo’lib, yangi ishlab chiqarish munosabatlari asosida alohida teritoriyada tadbirkorlikni rag’batlantirish, iqtisodiyotning ustivor tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni erkin raqobat, ma’muriy – iqtisodiy mustaqillik va o’zini – o’zi mablag’ bilan ta’minlash tamoyillari asosida joriy etilishidir. Bu maqsad uchun ijara, kooperativ, qo’shma va chet el korxonalarini qurish va ularni ekspluatatsiya qilish evaziga erishiladi.
    SHuni qayd etish lozim – ki, xalqaro maydonda erkin eksport ishlab chiqarish hududlari ham muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Fikrimizning dalili sifatida aytib o’tishni istardikki Irlandiyadagi “SHenon” aeroporti erkin eksport – ishlab chiqarish hududlarining tipik vakili hisoblanib, bu aeroportning o’ziga xos xususiyatlari ya’ni turistlarning ko’pligi va juda ko’plab mamlakatlarning xavo yo’llari kesishganligi, boshqa ko’plab qulay imkoniyatlari uchun bu yerda sotuvga qo’yishnan chet el firmalarining tovarlari firma egalariga ko’p foyda keltiradi. Erkin ishlab chiqarish zonalarida ishlab chiqaruvchilarga baholarni erkin raqobat va bozordagi talab – taklif asosida belgilash, sherikni tanlash, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning soni va turlarini belgilash, ishchilarni ishga qabul qilish va bo’shatish masalalarini xal etish va ularga to’lanadigan ish xaqi miqdorini milliy va chet el valyutasida belgilash xuquqi berildi. Bundan tashqari erkin iqtisodiy hududlarda tashkil etilgan ishlab chiqarish munosabatlariga mos keluvchi – moliya va xisob oliygohlari tizimi ham tashkil etiladi.Bu tizim tarkibiga milliy va chet el valyutalarida operatsiyalar olib boruvchi davlat va tijorat investitsiya banklari, tijorat – xo’jalik sudlari, valyuta va fond birjalari kiradi.
    Erkin ilmiy – texnik hududlar, ilmiy ishlab chiqarish va o’quv markazlari jamlangan xozirgi kunda ishlayotgan va rivojlangan infrastrukturaga, chet el ilmiy – texnikaviy va texnologiyasiga, ishlab chiqarish va moliyaviy jixatdan potentsialga ega bo’lgan va maxsus xuquqiy tartibot o’rnatiladigan alohida ajratilgan hududlardan iborat bo’ladi.
    Erkin ilmiy texnik zonalar yuksak texnopolislar, texnoparklar, mintaqaviy inovatsiya markazlari – texnopolislar ishlaydigan zonalar shaklida tashkil etiladi. Bunday hududlarni tashkil etishda maqsad fan va texnika rivojlanishida muhim yo’nalishlarni olib borish va uni xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdan iboratdir. Erkin ilmiy texnik hududlar tashqi iqtisodiy masalalarni xal etish bilan bir qatorda mamlakatning ichki umumiy xo’jalik masalalarini yechishga ham qaratilgan bo’lishi lozim. Bunday xolatda bu zonalarda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi va atrof muhitga ziyon – zaxmat yetkazmaydigan ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarish resurslarini o’zlashtirish uchun yuqori imkoniyatlar mavjud bo’ladi.
    Erkin iqtisodiy hududlar o’zlarining bojxona hududiga ega bo’lib, bu hudud teretoriyasiga kirib – chiqish o’rnatilgan tartibga amalga oshiriladi. Erkin iqtisodiy hududlar geografik jihatdan joylashishiga qarab, “tashqi” ya’ni ikki yoki bir necha mamlakat hududida joylashgan – xalqaro va bir mamlakat hududida joylashgan “ichki” erkin iqtisodiy hududlarga bo’linadi.
    SHu bilan birga erkin iqtisodiy hududlar xalkaro maydonda xo’jalik ixtisosligi va tashkil etish turlariga qarab ham klasifikatsiya qilinadi. Bu klassifikatsiya asosida erkin iqtisodiy hududlar xo’jalik ixtisosligi bo’yicha:

    1. Erkin savdo hududi.

    2. Sanoat va ishlab chiqarish zonasi.

    3. Texnik va texnologiyani joriy etish hududlari. 4. Xizmat ko’rsatish zonalari.

    5. Kompleks zonalr.
    Tashkil etish turlariga qarab esa:
    1. Hududiy zonalar. 2. Maxsus tartibot zonalariga bo’linadi.
    Erkin iqtisodiy offshor hududlari deb maxsus soliq tizimi o’rnatilgan hududga aytiladi yoki bu hududni chet el investitsiyasi uchun soliq imtiyozlari qo’llaniladigan hudud deb ham atash mumkin. Ma’lumki xalqaro xamjamiyatdagi davlatlarda soliq tizimi bir – biridan anchagina farq qiladi. Masalan: SHvetsiyada kompaniya foydasining 63 foizi soliqqa tortilsa, AQSHning Delavar shtatida esa bu salmoq olinadigan foyda miqdoridan qatiy nazar 400 AQSH dollarini tashkil etadi. SHuning uchun xar qanday kompaniya ro’yxatga olinish davrida soliqqa tortilish sharoitlariga qarab 2 turga:
    1. Oddiy kompaniyalar. 2. Offshor kompaniyalarga bo’linadi.
    6.1.2- Jadval Offshor kompaniyalar orasidagi farqlar

    Kompaniya-lar
    Statusi

    Xo’jalik faoliyati

    Muassis-lar

    Daromad mnbalari

    Soliq stavkalari

    Oddiy

    mamlakat hududida va tashqi iqtisodiy aloqalarida ishtiro etishi mumkin

    fuqaroligi bo’lgan va chet ellik fuqarolar

    mamlakat hududida va chet ellarda
    xam bo’lishi mumkin

    soliq kodeksida belgilan-gan tartibda

    Offshor

    prezident-lar shug’ulla-nishi mumkin
    bo’lgan xo’jalik faoliyati bilan

    mamlakat
    tashqarisi-da asosiy filial ro’yxatdan o’tgan mamlakat-da

    mamlakatda
    tashqarisi-da chunki offshor kompaniya-lari uchun maxalliy resurslar (tabiy, moliyaviy) dan foydala-nish

    imtiyozli soliq stavkalari yoki fisatsiyalangan to’lovlar










    taqiqlanadi




    Manba: Mejdunarodnaya ekonomika. Kireev A. Moskva. 1999.
    Birinchi offshor hududlar 1960 yillarda tashkil etilgan bo’lib, buning asosiy sababi mustaqillikka erishgan mamlakatlar chet el investitsiyalarini jalb etish uchun soliq imtiyozlarini joriy eta boshladi. AQSH va boshqa mamlakatlardagi qattaq bank nazoratidan aziyat chekkan yirik korporatsiyalar bu hududlarda o’zlarining filiallarini tashkil etishga kirishdilar. Bu bilan offshor tadbirkorlarning strukturasi ham rivojlana boshladi. 2
    Offshor tadbirkorligi o’zining xususiyatlari jixatdan bir qancha turga:

    1. Bank – offshor markazlari.

    2. Savdo – offshor kompaniyalari.

    3. Sug’urta – offshor keptik.

    4. Investitsiya – offshor kompaniyalari.

    5. Turistik – rekratsion xudularga bo’linadi.

    Bunday kompaniyalar bir qancha imtiyozlarga ega bo’lib, ular birinchidan: - soliq stavkalarining minimal miqdori; ikkinchidan: - ma’muriy nazoratning yumshoqligi va xisoblarni topshirish muddatlarining uzoqlig; uchinchidan: - offshor kompaniyalar faoliyatining konfedentsialligi yoki sir saqlash muhimligi bo’lib hisoblanadi.
    Xozirgi kunda xalqaro xamjamiyatda katta mavkega ega bo’lgan offshor zonalari bo’lib: Malta orollari, Men orollari, Britan – Virgin orollari, mingta banka ega Nauru orollari, Gonkong, Kipr, Bagama orollari, Bermud orollari, Singapur davlati, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, SHvetsariya, Panama, Gibraltar Bo’g’ozi mamlakatlari hisoblanadi.
    Yuqoridagi mamalakatlar iqtisodiyoti taxlili va ularda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar rivojlanish dinamikasidan ko’rinib turibdiki, bu mamlakatlardagi makro va mikro iqtisodiy ko’rsatkichlarga erkin iqtisodiy hududlar katta tasir o’tkazadi.

    Download 38.04 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 38.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-mavzu. Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rni

    Download 38.04 Kb.