• Xitoy Xalq Respublikasi Texnik – iqtisodiy rivojlantirish hududlari
  • § 6.3. Xitoy EIH modeli xususiyatlari




    Download 38.04 Kb.
    bet3/5
    Sana25.07.2023
    Hajmi38.04 Kb.
    #77272
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    санжар макола, 22.09.1994 (1), O‘RQ-764 15.04.2022 (1), 4-МАВЗУ tarbiyaviy ishlar, РУС-ТИЛИ-МИЛЛИЙ-9-СИНФ-2023, foydali fayllar uz tarbiya-texnologiyalari-va-ularning-o0ziga-xos-xususiyatlari, Бумеранг таркатма рус, 4 maruza, Firma foydasini aniqlash va maksimallashtirish Reja Firma darom, 5-Mavzu JIXIM, result, ruxsatnoma, InVxQCoCJC7mTnKFpaPco0PybWVaSvbz (2), 777777
    § 6.3. Xitoy EIH modeli xususiyatlari
    Xitoy mamlakati – o’zining rivojlanishi, tarixi va mukammalligi, ishbilarmonligi borasida faqatgina bizning Respublikamiz ishbilarmonlari uchun emas, balki butun dunyo ishbilarmonlari uchun ham sirli bir mamlakat bo’lib qolmoqda. SHu bila birga xozirda bu mamlakat dunyoda iqtisodiy o’yg’onish va rivojlanish sohalarida ham muvaffaqiyatga erishmoqda. Fikrimizning dalili sifatida shuni aytib o’tmoqchi edikki Xitoyning YaMMsi xozirgi kunda deyarli AQSHning YaMMsi bilan tenglashib qolgan. Bu ko’rsatgichga esa asrlardirki xech qaysi mamlakat iqtisodiyoti yaqinlasha olmagan.
    Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish Xitoy Xalq Respublikasida Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan 1979 yilning o’rtalarida ko’rib chiqilgan. Tashkilotchilarning fikriga ko’ra erkin iqtisodiy hududlar “tashqi dunyoga oyna” bo’lishi kerak edi. Xozirgi kunda Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar dunyodagi eng omadlilaridan biri bo’lib xisoblanadi.
    Erkin iqtisodiy hududlar orqali mamlakatga: kapital, yuqori texnologiyalar, bilim, boshqarish usullari kirib kelishi va o’zlashtirilgandan keyin mamlakatning boshqa hududlarida ishlatilishi ko’zda tutilgan edi. Bundan tashqari: erkin iqtisodiy hududlar bozor iqtisodiyoti mexanizmini sinashga, chet el firmalari bilan yangi aloqalar o’rnatishga va mulkchilikning xar xil shakllarini aniqlashda poligon bo’lib xizmat qilishi kerak edi.
    2008 yilning birinchi choragida Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyotining o’sishi 10,6 foizni tashkil etdi. Umuman olganda 2010 yilga borib Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyoti AQSH iqtisodiyotiga yetib oladi degan taxminlarto’g’riligiga ishonch xosil qilsak bo’ladi.
    Oxirgi 10 yil ichida Xitoy Xalq Respublikasi YaMMsining o’rtacha o’sishi 10,4 foizni tashkil etgan. Bu 1978 – 96 yilga qaraganda 0,6 foizga ko’p, lekin 1991 – 95 yilga qaraganda 0,6 foizga kamdir. 1991 – 95 yillarda YaIMning o’rtacha o’sishi 11 foizni tashkil etgan, bu ko’rsatkich jaxon o’rtacha ko’rsatgichidan (3,4%) ancha yuqori bo’lgan. Xitoy Xalq Respublikasi xukumati iqtisodiyotning “qizib” ketmasligi uchun uni rivojlanishini sun’iy 8 foizgacha tushirishni rjalashtirib chora – tadbirlar ko’ra boshladi, lekin 10 foizdan pastga tushira olmadi. Bu rivojlanish ayniqsa agrar sektorni qayti qurish srhasida bo’lib, tashqi savdo balansining misli ko’rilmagan darajada o’sishiga olib keldi. Bu savdo oboroti 2007 yilda 2 trln. 173,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. SHu bilan aholining ish bilan ta’minlanish darajasi ham yuqoriligi qayd etilmoqda. 798,1 mln. ishga yaroqli aholining deyarli 96 foizi ish bilan ta’minlangan. Bundan tashqari milliy valyutaning qadri ham ortib borishi chet el investitsiyasini jalb qilish borasida eksportga mo’ljallangan tovarlarni ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarning ko’plab qurilayotgani mamlakat iqtisodiy faoliyatida kuzatilmoqda. SHu bilan Xitoy Xalq Respublikasida iqtisodiy rivojlanish modeli barqaror bir ko’rinishga ega ekanligini ham ko’rish mumkin. Lekin shuni qayd etish lozimki, Xitoy Xalq Respublikasi va O’zbekiston Respublikalarining iqtisodiy, sotsial – ijtimoiy rivojlanish tamoyillari bir – biriga o’xshab ketadi. Masalan har ikkala mamlakat ham bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyutsion yo’lini emas, balki bir necha bosqichda rivojlanishya’ni evolyutsion yo’lini tanlaganligi, o’tkazilgan va o’tkaziladigan iqtisodiy reformalarda davlatlarining asosiy refomator ekanligi va iqtisodiy rivojlanishning “esakiratuvchi muloja” xolatidan voz kechganligi bu ikki mamlakatni “Buyuk ipak yo’li”ning 1000 yillik tarixi xam o’zaro bog’lab turganligi bilan o’xshab ketadi.
    Xozirgi kunda Xitoy Xalq Respublikasida 5 ta maxsus erkin iqtisodiy hududlar faoliyat ko’rsatmoqda. SHulardan uchtasi: SHenchjen, CHjuxay va SHantou Butun Xitoy Xalq vakillari yig’ilishining Doimiy komissiyasi qarori bilan 1980 yilda tashkil etilgan bo’lib, Guandun provintsiyasida faoliyat ko’rsatmoqda. O’sha yilning oktyabr oyida Futszyan provintsiyasida Samen erkin iqtisodiy hududdi tashkil etildi.
    Beshinchi iqtisodiy hudud bo’lib xisoblangan Xaynan provitsiyasi – Bututn Xitoyts Xalq Vakillari yig’ilishining 7 – chaqiriq 1 – sessiyasi qaroriga asosan 1988 yilning aprel oyida tashkil etilgan.
    SHu bilan bir qatorda 1984 – 93 yillar davomida XXRning xukumat qaroriga asosan
    32 ta texnik – iqtisodiy rivojlantirish hududlari tashkil etilgan bo’lib, mohiyati jihatdan erkin iqtisodiy hududlarga yaqin turadi. Bundan tashqari muhim ahamiyatga ega bo’lgan “Pudun – yangi iqtisodiy rivojlantirish hududi” SHanxay rayonida 1990 yil sentyabr oyida Xitoy xukumatining qaroriga asosan tashkil etildi. Erkin iqtisodiy hududlar va texnik iqtisodiy rivojlanish hududlari bir – biridan faqatgina mahalliy joylashashishga qarab va xuquqiy jihatdan o’zaro farq qilishi mumkin. Bu 5 ta erkin iqtisodiy hududlar Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2007 yilda bu hududlarda 480 mlrd. AQSH dollarlik operatsiyalar o’tkazildi. Bu miqdor Xitoy Xalq Respublikasi tashqi savdo oborotining 20 foizdan yuqoriroq qismini tashkil etadi. Bu Erkin iqtisodiy hududlarda 100 mingdan ortiq chet el investitsiyasi bilan korxonalar tashkil etilib, shulardan faqat 15 foizi Xitoy Xalq Respublikasi kompaniyalari xisoblanadi. Jalb qilingan investitsiyalar miqdori 40 mlrd. AQSH dollariga yaqin bo’lib Xitoy Xalq Respublikasiga kiritilgan investitsiyalarning 12 foizini tashkil etadi.
    6.3.1 – jadval Xitoy Xalq Respublikasi Texnik – iqtisodiy rivojlantirish hududlari



    Hududlar nomlanishi

    Joylashgan joyi

    1

    Yangi tajribali texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    Pekin sh.

    2

    Eksportga mo’ljallngan yuqori texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    Uxan sh.

    3

    Yangi sanoat – texnologiyalarini rivojlantirish hududi

    Nankin sh.
    TSukou rayoni

    4

    Fan va texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    SHenyan sh. Nanxu rayoni

    5

    Yangi sanoat texnologiyalari hududi

    Tyantszin sh.

    6

    Eksportga mo’ljallangan yuqori texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    Sian sh.

    7

    Yuqori industrial – texnologiyalarini rivojlantirish zonasi

    CHendu sh.

    8

    “VEYXAY” yuqori industrial texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    Veyxay sh.

    9

    “CHjunshan” yuqori industrial – texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    CHjunshan sh.

    10

    Yangi sanoat texnologiyalari hududi

    CHanchun sh.

    11

    Yuqori texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    Xarbin sh.

    12

    Fan-texnika yutuqlarini tajribadan o’tkazish hududi

    CHansha sh.

    13

    Fan – texnika hududi

    Fuchjou sh.

    14

    Yuqori industrial – texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    Guanchjou sh.



    15

    Fan va texnikani rivojlantirish hududi

    Xeyfey sh.

    16

    Yuqori industrial texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    CHuntsin sh.

    17

    Yuqori industrial texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    CHanchjou sh.

    18

    Yangi texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    Guylin sh.

    19

    Yuqori texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    CHjenjou sh.

    20

    Yangi texnologiyalar tajribasini rivojlantirish zonasi

    Lanchjou sh.

    21

    Yuqori industrial texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    SHitszyachjuan sh.

    22

    Yuqori industrial texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    TSzinan sh.

    23

    Yangi texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    SHanxay sh.

    24

    Yuqori texnologiyalar sanoat hududi

    Dalyan sh.

    25

    Fan va tnexnikani rivojlantirish hududi

    SHenchjen EIX

    26

    Yuqori industrial texnologiyalarni rivojlantirish hududi

    “Syamin”
    EIX

    27

    Xalqaro fan – texnika rivojlantirish hududi

    Xaynan EIX

    Manba: Capital Access Index. Milken Institute, Policy Brief. Santa Monica, USA, May 2006.
    Xitoyda tashkil etilgan texnik iqtisodiy rivojlanish zonalarida esa chet el investitsiyalari bilan birgalikda tashkil etilgan korxonalar soni 30 mingni tashkil etgan (shulardan 4 mingtasi Pudunda tashkil etilgan), jalb qilingan chet el investitsiyalari esa qarib 25 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan (shu jumladan 2 mlrddan oshiqrog’i – Pudun maxsus hududiga to’g’ri keladi). Eksport miqdori bu hududlarda 90 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib butun Xitoy Xalq Respublikasi eksportining 7 foizini tashkil etadi. SHundan 36 mlrd. AQSH dollari Pudun maxsus hududidan eksport qilingan, demak 3 foiz eksport qilingan tovar va xizmatlar Pudun erkin iqtisodiy hududdiga to’g’ri kelmoqda.
    Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy rivojlanishining asosi bo’lib 1979 yilda xukumat tomonidan o’tkazilgan va iqtisodiyotni integratsiyalash, tashqi iqtisodiy aloqalarni yuksaltirish va chet el investitsiyasini jalb etish borasida “ochiq eshiklar” siyosatining o’tkazilishi bo’lib xizmat qiladi. Bu siyosat o’z o’rnida bir necha davrlardan tashkil topgan.3
    Tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar asosan mamlakatning janubiy – sharqida joylashganligi uchun bu hududda sanoat ishlab chiqarish va savdo faoliyati, tashqi savdoni rivojlantirish xalqaro iqtisodiy va texnologik kooperatsiya jarayonlarida qatnashishni yo’lga qo’yish uchun xizmat qiladi. Biz yuqorida Xitoy Xalq Respublikasiga jalb qilingan investitsiyalar faoliyati va ularning iqtisodiyotga ta’sirini ko’rib o’tgan bo’lsak, endi o’sha investitsiyalarning erkin iqtisodiy hududlarga qanchalik ta’sir etishini ko’ramiz.
    Bu erkin iqtisodiy hududlarga iqtisodiy boshqaruv tizimidan qatiy nazar xuquqlar berilgan. Investorlar uchun bu yerda kamaytirilgan soliq stavkalari, kirish va chiqish uchun maxsus qoidalar amal qiladi. Bu hududlardagi barcha sanoat ishlab chiqarish va savdo koxonalari chet el investitsiyasi xisobiga, bir qismi esa Xitoy Xalq Respublikasi mehnat resurslari xisobiga tashkil etilgan. Bu hududlarda ishlab chmqarilgan mahsulotning teng yarmi xalqaro bozorlarda realizatsiya qilinadi. Erkin iqtisodiy hududlarda mehnatni tashkil qilish va muxofazasi masalalarida mamlakatning boshqa korxonalariga qaragnda bir muncha farqlanadi. CHet el texnikasi va texnologiyasini ishlab chiqarishga jalb etish borasida SHenjen iqtisodiy hududi qo’shma korxonalarida mehnat unumdorligi 5-6 barobar, kapital qo’yilmalarining samaradorligi esa davlat sektoriga qaragnda ikki barobar yuqoridir.
    Ishchilarning yashash sharoiti va xizmat ko’rsatish darajasi yuqoriligi va yangi xo’jalik usullarining qo’llanilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgandir. CHet el investorlari uchun mehnat unumdorligini oshirish – foyda normasining oshishi uchun xizmat qilganligi bois kuchli xuquqiy va iqtisodiy asoslangan bo’lishi lozim. Erkin iqtisodiy hududlar iqtisodiyotining rivojlanish dinamikasi shuni ko’ratmoqdaki 2006 yil ma’lumotlariga ko’ra – YaMM ning o’sishi Pekinda 11,3 foizga, SHanxayda 21,4 foizga, Guandunda 31,5 fizga va SHandunda 33,4 foizga o’sgan. Ichki yalpi mahsulot esa bu 5 erkin iqtisodiy hududlarda 180 mlrd. yuanni tashkil etgan bo’lib, eksport va import xajmi oxirgi besh yillikda 3 barobar o’sgan. Uning xajmi esa 55 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Qolgan 30 ta erkin iqtisodiy va texnologik rivojlanish hududlarida ishlab chiqarilgan YaIM esa 76 mlrd. yuanga teng bo’lib, ularning eksporti esa 3,8 mlrd. AQSH dollariga tengdir. Jami erkin iqtisodiy hududlar va erkin rivojlanish hududlariga jalb qilingan chet el kapitali – sanoatda 60 foiz qo’shma qiymat va nodavlat sektorlarida sanoatdagi qo’shimcha mulk asosida 61 foiz qayta ishlab chiqarilgan qo’shimcha qiymatning tashkil topishiga olib keldi. Qo’shimcha qiymat chet kapitali bilan tashkil etilgan korxonalarda 48,8 foizga o’sgan bo’lsa, chet el investorlari jalb qilinmagan jamoa korxonalarida 28,5 foizga, davlat korxonalarida esa 14,4 foizga o’sdi xolos. Erkin iqtisodiy hududlar rivojlanish dinamikasini taxlilidan ko’rinib turibdiki bu hududlarning tashkil etilishi xaqiqatdan ham iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Buni Pudun iqtisodiy hududi misolida isbotlash mumkin.
    Pudun iqtisodiy hududining rivojlanish asoslarini yuqorida aytib o’tdik. Qo’shimcha sifatida shuni takidlash joiz – ki, 1996 yildan boshlab bu iqtisodiy hudud uchun yangi imtiyozlar belgilangan me’yoriy xujjatlar ishlab chiqildi. Bu me’yoriy xujjatlar asosida hududlarda korxonalarning faoliyat ko’rsatishi uchun litsenziyalar berish Pudun rayoni ma’muriyatining o’zida amalga oshiriladigan bo’ldi. Rayon ma’muriyatiga shu bilan birga 30 mln. AQSH dollarigacha bo’lgan loyixalar taqdirini mustaqil xal etish xuquqi ham berildi. SHu bilan bir qatorda bu rayonda chet ellik tadbirkolar ko’chmas mulklarni, yerni ijaraga olish xuquqiga egadirlar.Bu yerda o’zlari uchun ofislar va boshqa qurilish ishlarini amalga oshirishlari mumkin. Qishloq xo’jaligi uchun kerakli bo’lgan ishlab chiqarish vositalari, ko’mir, metallar va qimmat baho qog’ozlar savdosi uchun 10 mlrd. AQSH dollari xajmigacha bo’ladigan jarayonlar uchun umumiy asosdagi forvrd birjalari tashkil etildi. Bir yil davomida 4 mlrd. AQSH dollari xajmidagi jarayonlar uchun valyuta markazi va valyuta jarayonlarini sug’urta qilish kompaniyalari, chet ellik tadbirkolar uchun
    Xitoy Xalq Respublikasidagi kompaniyalar aktsiyalarini tarqatuvchi qo’shma banklar faoliyat ko’rsatmoqda. Tashkil etilgan ko’pchilik korxonalar eksport maxsulotlari ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan bo’lib, chet ellik investorlarni xizmat ko’rsatish sohasiga, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarini va uning infrastrukturalarini tashkil etish uchun sarflamoqdalar.
    Pudun iqtisodiy hududining faoliyat ko’rsatayotgaligi sababli SHanxay rayoni xalqaro iqtisodiy-savdo va bank markaziga aylanib, yirik kompaniyalarning 130 tasi faoliyat ko’rsatmoqda. YaIMning o’sish sur’atlari esa 1980 yildagiga nisbatan 1990 yilda 15 fiozga o’sgan bo’lsa, chet el investitsiyalarining salmog’i 2 barobarga o’sib 3.5 mlrd. AQSH dollarin tashkil etdi. 1995 yilda bu rayonda YaIM 41.2 mlrd yuanni tashkil etib, 1994 yilga nisbatan 22 foizga o’sgan. SHu bilan birga 3.5 ming dona chet el investitsiyasi bilan ishlaydigan korxonalar tashkil etilgan bo’lib, jalb etilgan investitsiyalar salmog’i 1995 yilda 14.2 mlrd.AQSH dollarni tashkil etdi. Bu korxonalardan eksport qilingan mahsulot xajmi esa 2.5 mlrd. AQSH dollari miqdoridadir.
    Erkin iqtisodiy hududlar bilan bir qatorda Xitoy Xalq Respublikasida yuqori texnologiyalar zonasi ham muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.Bunday zonalarning tashkil etilishi, fan – texnika yutuqlarini sanoat ishlab chiqarishga tezroq jalb etish uchun muhim ahamiyatga ega omillardan biridir. Bunday zonalarning tashkil etilishi 1985 yilda Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Akademiyasi rayosati tomonidan Pekin shahriga yaqin bo’lgan CHjunguantsunda “Elektron ko’chalar” deb atalgan zona va SHenchjenda ilmiy – texnik sanoat zonasining tashkil etilishi bilan asos solindi.
    Erkin yuqori texnologiyali rivojlanish zonasi mamalakat hududida bir tekisda taqsimlanmagan. Bu taqsimlanish mamlakatda fan – texnika yutuqlarini barcha erkin iqtisodiy rivojlanish hududlarida tajribadan o’tkazish imkonini beradi. Bu hududlarning barchasi o’z – o’zini mablag’ bilan ta’minlash, iqtisodiy mustaqillik tamoyillari asosida tashkil etilgan. Bu zonalarga chet el investitsiyalarining kiritilishi ham muhim ahamiyatga egadir. SHu bilan bir qatorda bu zonalarda joylashgan korxonalar soliq va bojxona imtiyozlariga egadir. Bu korxonalarda boshqaruv apparatining ratsional formalaridan foydalanish va ishlab chiqarishning turli xil usullaridan barcha mulk ko’rinishlarida foydalanish loyixalari sinovdan o’tkaziladi. Davlat tomonidan moliyalashtirish miqdori ko’p emas, shuning uchun bu korxonalar ko’pchilik xollarda bank kreditlaridan foydalaniladi. Albatta bu tashkil etilgan zonalarda o’ziga xos muammolar mavjud. Bu muammolar majmuasini 1997 yilda Xitoy Xalq Respublikasiga qaytarib berilgan – Gonkong iqtisodiy offshor hududi faoliyatini taxlil qilish orqali olish mumkin.

    Download 38.04 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 38.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    § 6.3. Xitoy EIH modeli xususiyatlari

    Download 38.04 Kb.