• Tarbiya texnologiyalarining mohiyati
  • Tarbiya texnologiyalarining mohiyati




    Download 92.5 Kb.
    bet1/7
    Sana19.05.2023
    Hajmi92.5 Kb.
    #62162
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    foydali fayllar uz tarbiya-texnologiyalari-va-ularning-o0ziga-xos-xususiyatlari
    санжар макола, 22.09.1994 (1), O‘RQ-764 15.04.2022 (1), 4-МАВЗУ tarbiyaviy ishlar, РУС-ТИЛИ-МИЛЛИЙ-9-СИНФ-2023, Бумеранг таркатма рус, 4 maruza, Firma foydasini aniqlash va maksimallashtirish Reja Firma darom, 5-Mavzu JIXIM, 6, result, ruxsatnoma, InVxQCoCJC7mTnKFpaPco0PybWVaSvbz (2), 777777

    Tarbiya texnologiyalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari

    Reja:


    1.Tarbiya texnologiyalarining mohiyati
    2.Tarbiya texnologiyalarining muhim belgilari va o’ziga xos xususiyatlari.
    3.Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish.
    Tarbiya texnologiyalarining mohiyati
    Pedagogika innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash jarayonida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
    Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
    -axborotlarni saqlash, qayta ishlash, tarqatish va namoyish qilish tamoyillarini bilishi;
    -tarbiyaviy jarayonda qo‘llashi mumkin bo‘lgan texnik vositalar va ularning tavsiflarini bilishi;
    -ta’lim-tarbiya jarayoni va ilmiy izlanishlarda Internetdan foydalanishi;
    -tarbiya jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish metodologiyasini bilishi;
    -multimediali hujjat va loyihalarni yaratishni bilishi;
    -kompyuter tarmoqlari orqali olinadigan axborot xizmatlari turlarini tavsiflashi
    -elektron pochta ishining asosiy tamoyillarini tushunishi;
    tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda tarbiya texnologiyalaridan foydalanishi;
    tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda tarbiya texnologiyalarini joriy etishning maqsadi, mazmuni va vazifalarini bilishi;
    tarbiyaviy jarayonni tashkil etishning didaktik tamoyillarini bilishi;
    tarbiya texnologiyalaridan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishi va uning mazmunini yarata olishi;
    ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va ulardan tarbiya jarayonida foydalanishi;
    o‘z-o‘zini takomillashtirish, rivojlantirish, nazorat qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
    tarbiya jarayonida innovatsion tarbiya texnologiyalaridan samarali foydalana olishi.
    Innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashda doimiy o‘zgarib turadigan, jamiyat talablaridan kelib chiqib, to‘ldirilib boriladigan bir butun tizimga ega. Uning bir-biri bilan bog‘liq quyidagi tarkibiy qismlari o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyatida muhim yo‘nalishlar bo‘lib doimo, mazmunan boyitilib boriladi:
    Innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashda maqsadning aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiyaviy maqsad aniq belgilab olingan va o‘qituvchi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra o‘qituvchiga jamiyatimiz tomonidan qo‘yilayotgan maqsad - erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa-bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlarini, ya’ni, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.
    Texnologik tizim yoki tarbiya texnologiyasi bu pedagogik metod, usul va vositalarni rejali va kutilgan iatijalarga erishishga imkon beradigan, shaxsga va jamoaga aniq tasir ko‘rsatadigan jihatlarini tanlash tizimidir. Bu tarbiyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar amaliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil qila olishi va boshqarishining ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishidir. Texnologik jarayon natijalaridan asosiy maqsad, tarbiyachi ijodiy izlanishlar tufayli, o‘quvchilar tashabbuskorligini ta’minlaydi. Tarbiyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish uyushmalari bilan hamkorlikda ishlashi bilan murakkab masalalarni hal qilish uchun vaqt ajratadi. Texnologik tizimda tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirlarni muvaffaqiyatli uyushtirish o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. Uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan tadbirlar o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini, bilish tafakkurini, kasb tanlashga nisbatan qiziqishini, erkin fikrlashlarini, o‘z fikr mulohazalarini cho‘chimasdan to‘g‘ri tasavvur bilan bayon etish tushunchalarini shakllantiradi.
    Tarbiyachi-o‘qituvchining innovatsion faoliyatida har bir o‘quvchiga alohida yondashuvni topish, o‘quvchi iste’dodida namoyon bo‘ladigan holatlarda uning faolligini oshirishga karatiladi. Tarbiyachi-o‘qituvchi tomonidan uyushtiriladigan tarbiyaviy tadbirlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: tarbiyaviy tadbirlar hech qachon tasodifiy bo‘lmasligi va har bir tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi lozim.
    O‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi mahorati – bu tarbiyalanuvchilarni ma’lum bir maqsadga muvofiq tarbiyalash uchun mo‘ljalga olish san’atidir. O‘quvchilar har kuni quvonchli daqiqalarni, katta va kichik ko‘ngilsizliklarni birgalikda boshdan kechiradilar. Ular tarbiyachi o‘qituvchining o‘zlariga nisbatan yaxshi va yomon, yoki insoniy munosabatlarini tez ajrata oladilar va bunga darhol o‘z “javoblarini” qaytaradilar. Ijtimoiy va psixologik bilim va malakaga ega bo‘lish tarbiyachi-o‘qituvchida uddaburonlikni va sezgirlikni shakllantiradi. U o‘quvchilar jamoasini uyushtira oladi, o‘quvchilar qalbiga yo‘l topadi. Chunki o‘quvchilar jamoasi umumiy maqsad asosida tashkil topgan, yuqori darajada uyushtirilgan birlashma bo‘lib, shaxs shakllanishining yetakchi omili sifatida ijtimoiy munosabatlar ichida muhimi hisoblanadi.
    Bolalar orasidagi munosabatlarga mohirona rahbarlik qilish uchun tarbiyachi jamoaning ichki va jamoalararo ziddiyatlarni ham bilishi kerak. Bu ziddiyatlarning barham topishi tarbiyachi shaxsi, uning tarbiyalanuvchilar bilan yaqin munosabatlariga bog‘liq. Haqiqiy mohir tarbiyachi-o‘qituvchi bu ziddiyatlarni bartaraf etishda o‘quvchilar jamoasi, o‘quvchilar o‘zaro munosabatlarining kuchidan foydalanadi. Har bir o‘quvchi o‘zining ijtimoiy va psixik olamiga ega. Uni bilish, o‘rganish o‘qituvchidan psixologik nuqtai nazardan yondashishni talab qiladi.

    Download 92.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 92.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarbiya texnologiyalarining mohiyati

    Download 92.5 Kb.