§ 6.4. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish imkoniyatlari va mavjud istiqbollar tahlili




Download 38.04 Kb.
bet4/5
Sana25.07.2023
Hajmi38.04 Kb.
#77272
1   2   3   4   5
Bog'liq
санжар макола, 22.09.1994 (1), O‘RQ-764 15.04.2022 (1), 4-МАВЗУ tarbiyaviy ishlar, РУС-ТИЛИ-МИЛЛИЙ-9-СИНФ-2023, foydali fayllar uz tarbiya-texnologiyalari-va-ularning-o0ziga-xos-xususiyatlari, Бумеранг таркатма рус, 4 maruza, Firma foydasini aniqlash va maksimallashtirish Reja Firma darom, 5-Mavzu JIXIM, result, ruxsatnoma, InVxQCoCJC7mTnKFpaPco0PybWVaSvbz (2), 777777
§ 6.4. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish imkoniyatlari va mavjud istiqbollar tahlili
Erkin iqtisodiy hududlarini tashkil etishda mamlakatimizda ham bir qator ishlar olib borilmoqda. Eng asosiylari sifatida 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan “erkin iqtisodiy hududlari” to’g’risidagi qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni (02.12.2008 y. N PF-4059) kabilarni keltirish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Navoiy shahri xalqaro aeroporti hududida MDH mamlakatlarida birinchi bo’lgan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etilmoqda. Erkin industrial-iqtisodiy zonaning muvaffaqiyatini belgilovchi eng muhim jihatlardan biri – bu uning yonida joylashgan transkontinental intermodal xab bo’lib, u 2009 yil yanvaridan buyon yuk tashish bo’yicha dunyoda yetakchi sanalgan “Korean Ayr” kompaniyasi tomonidan boshqarilmoqda.
Jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to’g’ridanto’g’ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transporttranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida, "Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zona hududida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining asosiy yo’nalishi - zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko’lamda ishlab chiqarishdan iborat etib belgilandi.4
Hamda, “Navoiy” EIIH uchun quyidagi talablar hukumat tomonidan asosiy ustuvorliklar sifatida belgilab olindi:
-"Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zonaning faoliyat ko’rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi, va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
-EIIZ faoliyati davomida uning hududida alohida bojxona, valyuta va soliq rejimlari, O’zbekiston Respublikasi norezident fuqarolarining uning hududiga kirish, hududda bo’lish va chiqib ketishning, shuningdek ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi; -alohida huquqiy tartib, shu jumladan, soliq, valyuta va bojxona tartibi faqat EIIZ hududida faoliyat ko’rsatayotgan va EIIZ direktsiyasi tomonidan ro’yxatga olingan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun amal qiladi;
-"Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatini muvofiqlashtirish va tezkor boshqarish tegishli ravishda davlat organlari vakillaridan tashkil etiladigan Ma’muriy kengash va EIIZ direktsiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ma’muriy kengashning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
-"Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etilgan barcha hudud EIIZ faoliyat ko’rsatadigan butun davr mobaynida foydalanish va boshqarish uchun Ma’muriy kengashga beriladi;
-"Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zona direktsiyasi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga EIIZ hududida yer uchastkalarini subijaraga topshirish, o’z huquq va majburiyatlarini ijara shartnomasi bo’yicha boshqa shaxsga berish, ijara huquqini garovga qo’yish, ularni ulush sifatida ustav kapitaliga qo’shish huquqisiz ijaraga beradi. EIIZ hududida yer uchastkalarini sotish va boshqacha tarzda o’zgaga berish taqiqlanadi.
O’z navbatida "Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zonada ro’yxatdan o’tgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga bir qator imtiyozlar taqdim etilgan, xususan - ularga kiritilgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lgan taqdirda yer solig’i, mulk solig’i, daromad solig’i, obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona soliq to’lovi (kichiq korxonalar uchun), Respublika yo’l jamg’armasi va Respublika maktab ta’limini rivojlantirish jamg’armasiga majburiy to’lovlardan ozod etilsin:

  • 3 million yevrodan 10 million yevrogacha - 7 yilga;

  • 10 million yevrodan 30 million yevrogacha - 10 yilga. Keyingi 5 yil davomida foyda solig’i va yagona soliq to’lovi hajmi amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi;

  • 30 million yevrodan ortiq bo’lganda - 15 yilga. Keyingi 10 yil davomida foyda solig’i va yagona soliq to’lovi hajmi amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi.

EIIZda ro’yxatga olingan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar EIIZ faoliyat ko’rsatadigan butun muddatga eksportga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish maqsadida mamlakatga olib kelinayotgan asbob-uskunalar, shuningdek xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar bojxona to’lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig’imlardan tashqari) ozod qilinadi. O’zbekistonning ichki bozorlarida sotish uchun mo’ljallangan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida mamlakatga olib kiriladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to’lovlari, agar qonun hujjatlarida boshqa imtiyozli tartib ko’zda tutilmagan bo’lsa, belgilangan stavkalarning 50 foizi miqdorida (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig’imlardan tashqari) undiriladi, bunda ularni to’lash muddati 180 kungacha kechiqtirilishi mumkin. Qayd etilgan imtiyozlardan foydalangan holda EIIZ hududiga olib kirilgan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar sotilgan yoki bepul berilgan taqdirda, bojxona to’lovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda byudjetga to’liq hajmda undiriladi.
SHuningdek, "Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zonada ro’yxatdan o’tgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga quyidagilar ruxsat etildi:
ular o’rtasida tuzilgan shartnomalar va kontraktlar bo’yicha hisob-kitob va to’lovlarni EIIZ hududida xorijiy valyutada amalga oshirish;
O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ish va xizmatlarning haqini erkin almashtiriladigan valyutada to’lash;
eksport va import qilinadigan tovarlar uchun haq to’lash va hisob-kitob qilishning ularga qulay shartlari va shakllaridan foydalanish.
Umuman “Navoiy” EIIZ O’zbekistonda faoliyatini boshlagan dastlabki tajriba bo’lib, uning qanday rivojlanishi albatta mamlakatimiz iqtisdiyotida juda katta rol o’ynaydi.

Download 38.04 Kb.
1   2   3   4   5




Download 38.04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 6.4. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish imkoniyatlari va mavjud istiqbollar tahlili

Download 38.04 Kb.