|
12-amaliy mashg’ulot Yer osti gaz omborlarini ishlashini nazoratga olish
|
Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 27,97 Kb. | | #108554 |
Bog'liq 12 amaliy (1)
12-amaliy mashg’ulot
Yer osti gaz omborlarini ishlashini nazoratga olish
GYOS qurilmalari va uskunalaridan foydalanish, nazorat- profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda yer osti boyliklari va atrof-muhitni muhofaza qilish, favvoraga qarshi xavfsizlik va GYOSni texnik ishlatish qoidalari talablariga majburiy tarzda rioya kilinishi shart.
GYOSni barpo etish ishlari buyurtmachining topshirig‘i bo‘yicha loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan texnologik sxema hamda jihozlashga doir texnik hujjatlarga muvofiq bajariladi. Ular ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Texnologik sxemalar dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, qidiruv tashkilotining dastlabki kon-geologiya ma’lumotlari asosida, qo‘shimcha burg‘ilash ishlari, kon-geofizik, gazogidrodinamik va quriladigan GYOS maydonida o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlarning qo‘shimcha materiallaridan foydalangan holda ishlab chiqiladi.
GYOSni jihozlashga doir texnik hujjatlar strukturaviy tutgich yoki umuman ishlab bo‘lingan kon bo‘yicha, shuningdek suvli qatlamlar (gorizontlar) yoki ishlab bo‘lingan uyumlar bo‘yicha alohida-alohida ishlab chiqilishi mumkin.
Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar yordamida yangi obyektlarni o‘zlashtirish, shuningdek maydonni yanada kengaytirish hisobiga GYOSni kengayish imkoniyatlarini hisobga olgan holda gorizontlar yoki qatlamlarni o‘zlashtirish ketma-ketligi asoslab beriladi.
Texnologik sxemada g‘ovak hajmdan samarali foydalanish, quduqlar va texnologik uskunalarning maksimal unumdorligi, sun’iy gaz uyumini bevaqt suv bosishini oldini olish, chuchuk suv gorizontlarini saqlanishi, havo basseynining tozaligi, olinadigan va haydaladigan gazning yetarliligini ta’minlovchi barcha zarur tadbirlar hisobga olinadi.
Texnologik sxemalar ushbu GYOS tasarrufida bo‘lgan neft-gaz kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Qabul qilingan ko‘rsatkichlar asosida buyurtmachi gaz-transport tashkiloti (GYOS balansida bo‘lgan) tomonidan loyiha tashkiloti bilan birgalikda o‘rnatilgan tartibda saqlash inshootini texnik loyihalash va uni jihozlashga topshiriq tuziladi va tasdiqlanadi.
GYOSni barpo etish muddatlarini qisqartirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan, lekin tasdiqlangan texnologik sxemaning asosiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etmaydigan to‘ldirishlar va qisman o‘zgartirishlarni texnologik sxemani ishlab chiqqan muallif-tashkilot va "Sanoatgeokontex-nazorat" DI bilan kelishilgan holda kiritishga ruxsat beriladi.
Tasdiqlangan texnologik sxemaga tub o‘zgartirishlar kiritish zaruriyati tug‘ilganda u loyiha tashkiloti tomonidan aniqlashtirilgan sxema sifatida kayta ishlab chiqiladi, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
GYOSni barpo etish va ishlatishning texnologik sxemasi uni jihozlashning texnik loyihasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Unda g‘ovak hajm va qatlam energiyasidan samarali foydalanish, quduqlar va yer usti uskunalarining optimal ish unumdorligini ta’minlash, gazni tayyorlash, haydash va olishning texnologik jarayonlari samaradorligini oshirish, shuningdek haydalgan gaz yo‘qotilishlari, saqlash inshooti konturidan gaz chiqishi, saqlash inshootini suvlanishi va yuqorida joylashgan suvli gorizontlarning ifloslanishini oldini olish, havo basseynining tozaligini saqlash va zarur gaz miqdorini ta’minlash bilan bog‘liq asosiy texnologik va texnik-iqtisodiy vazifalarning prinsipial yechimlari keltiriladi.
Texnologik sxema quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
I-bo‘lim – dastlabki kon-geologiya ma’lumotlari GYOS uchun ajratilgan maydon (struktura)dagi barcha burg‘ilangan quduqlarning texnik holatini hisobga olgan holda obyektning GYOSni barpo etish uchun yaroqliligini asoslash;
II-bo‘lim – faol va bufer gaz hajmlari, gazga to‘yingan zonaning maksimal tarqalish konturi, gazni haydash va olish sur’atlari, saqlash inshootini barpo etish davomiyligi, quduqlar soni va ularning mahsuldorligi, maksimal gaz haydash bosimi va minimal gaz olish bosimi hamda GYOSni barpo etish va ishlatishning optimal variantini tavsiflovchi boshqa texnologik ko‘rsatkichlarni asoslash;
III-bo‘lim – GYOSni barpo etish va ishlatishning optimal variantini, uning faoliyatini bosqichlarga ajratib hamda quduqlarni burg‘ilash, gaz saqlash inshootini jihozlash va obyektni ishga tushirish navbatlarini belgilagan holda, detallashtirish;
IV-bo‘lim – GYOSning texnologik imkoniyatlarini, sun’iy gaz qatlamining shakllanishi, kollektor-qatlam va quduqlar qopqoq-qatlamining germetikligini tekshirish hamda kuzatishni tashkil qilishga qaratilgan tajriba, kon-tadqiqot va boshqa ishlarning hajmi va ketma-ketligi;
V-bo‘lim – barpo etilayotgan GYOSning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari.
Texnologik sxemaning birinchi bo‘limi quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
a) qidiruv ishlari o‘tkazilgan struktura yoki ishlatib bo‘lingan konning geologik o‘rganilganligi to‘g‘risida burg‘ilangan quduqlar soni va ularning texnik holati ko‘rsatilgan qisqacha ma’lumotlar;
b) qatlam (uyum) va berkituvchi qatlam (qopqoq)lar o‘rtasidagi oraliq va ularning joylashish chuqurligi ko‘rsatilgan qisqa stratigrafiya;
v) suvli struktura yoki ishlatib bo‘lingan konning tektonik tuzilishi;
g) gorizont (qatlam)larning kisqacha fizik-litologik tavsifi, fatsial o‘zgaruvchanlik haritalari;
d) quduqlarning suv yoki gaz bo‘yicha maxsuldorligi, birlik bosimning o‘zgarishiga to‘g‘ri keladigan ishchi va maksimal debiti, tubning holati ko‘rsatilgan quduqlarni sinash natijalari;
e) ishlatib bo‘lingan konning ishlash yoki suvli qatlamiga sinov tariqasida havo haydash natijalari;
j) suv va gaz tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar;
z) tugatilgan quduqlar fondining holati;
i) neft, kondensat va gazning qoldiq zahiralari, qoldiq gazga to‘yinganlik (BKZ, BK, PS, KS va boshqa ma’lumotlar bo‘yicha), strukturaviy tutgich sig‘imi to‘g‘risida ma’lumotlar;
k) qatlam suvlarining gidrogeologik tavsifi, harakatlanish darajasi, uyumning ish rejimi;
l) maydonda qo‘shimcha qidiruv ishlarini o‘tkazish, saqlash inshootining germetikligini nazorat qilish, sanoat oqovalarini tashlash, suv ta’minoti va boshqa ehtiyojlar qatlamlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar, yutuvchi quduqlarni ishlatishda yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar ro‘yxati.
Sxemaning ikkinchi bo‘limi quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
a) faol va bufer gaz hajmlarini, maydon bo‘ylab gaz yoyilish konturini strukturaviy qurilmalar va tegishli gidrogazodinamik hisob-kitoblar yordamida asoslash, bu hajmlarni gaz iste’molining notekisligi, gaz uzatish tizimining o‘tkazuvchanlik qobiliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar va mazkur mintaqadagi gaz ta’minoti holatini ifodalovchi boshqa ma’lumotlar bilan bog‘lash;
b) gaz haydashni oxirida GYOSdagi maksimal bosim va gaz olishni oxirida minimal bosimni, gaz haydash va olish sur’atlarini, saqlash inshootini barpo etish bosqichlarining davomiyligini asoslash, haydalayotgan va olinayotgan gazning sifat tavsifi;
v) quriladigan saqlash inshootlari maydonidagi ishlatish, kuzatuv, nazorat, yutuvchi va bo‘shatish quduqlarining miqdorini tanlash, ularning joylashishi va konstruksiyalarini asoslash;
g) ishlatish quduqlarining o‘rtacha va maksimal mahsuldorligini baholash;
d) ishlatish quduqlari sonini, kompressor stansiyasi (KS)ning quvvati, faol va bufer gaz hajmlari hamda inshootning samaradorligini ta’minlovchi boshka texnologik ko‘rsatkichlarni optimallashtirish.
Sxemaning uchinchi bo‘limi GYOSni barpo etish va ishlatishning optimal variantini mufassal ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga oladi. Unda texnologik hisob-kitoblarni bajarishda olingan jadval va grafik ma’lumotlar majmuasi keltiriladi.
Jamlangan ma’lumotlar asosida quduq konstruksiyalarini burg‘ilab o‘tish ketma-ketligi, qo‘llaniladigan quduq uskunalari, maydon (uyum)lar, KS va konni jihozlash hamda GYOSning gazni tayyorlash uchun boshqa kurilmalari belgilanadi.
Sxemaning to‘rtinchi bo‘limi kuyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
a) qidiruv ishlarining hajmi va bajarish tartibi;
b) GYOSni barpo etish va ishlatish davrida bajariladigan nazorat-kuzatuv usullari va vositalari.
Sxemaning beshinchi bo‘limi quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
a) saqlash inshootini barpo etish uchun sarflanadigan kapital mablag‘lar va ishlatish harajatlarining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlarini baholash;
b) saqlash inshootini barpo etishningturli variantlari bo‘yicha yoki tarmoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash yo‘li orqali solishtirma va keltirilgan harajatlar, gazni saqlash tannarxi, saqlash inshootining o‘zini oqlashini baholash;
v) GYOSni barpo etish va ishlatishning texnik-iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar.
Texnologik sxemaga quyidagi grafik materiallar ilova qilinadi:
a) hududning unda joylashgan gaz transporti tizimi, konlar, faoliyat ko‘rsatayotgan va loyihalanayotgan saqlash inshootlari, shuningdek asosiy iste’molchilar ko‘rsatilgan tahliliy haritasi;
b) kollektor-qatlam (uyum)ning usti va osti, yuqorida joylashgan suvli qatlamlar bo‘yicha strukturaviy haritalar;
v) kon (maydon)ning geologik-geofizik (gidrogeologik) kesimi;
g) suvli gorizont (uyum)lar bo‘yicha bo‘ylama va ko‘ndalang kesimlar;
d) maydonni geokimyoviy tasvirga olish haritasi;
e) yer usti inshootlarining joylashish rejasi belgilangan holdagi barcha burg‘ilab bo‘lingan va burg‘ilashga mo‘ljallangan quduqlarning joylashish sxemasi;
j) gazni tayyorlashning prinsipial sxemasi;
z) yer osti uskunalari jamlamasi va h.k. lar ko‘rsatilgan turli texnologik maqsadlar uchun mo‘ljallangan quduqlar konstruksiyasi;
i) GYOSni barpo etish va ishlatishning taqqoslanayotgan variantlarini grafik va jadval ko‘rsatkichlari.
Saqlash inshootlarini jihozlash loyihasida uning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan barcha qurilmalar ko‘zda tutilgan, barcha ishlarning hajmi va narxlari aniqlangan, jamlama texnik-iqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlar tuzilgan bo‘lishi kerak. Kompressor agregatlari, gaz-kon va yordamchi uskunalar yuqori samarali, ishlatishda ishonchli va zamonaviy talablarga javob berishi lozim. Uzellar va birikmalarning germetikligiga, chiqindi mikdorlarini kamaytirishga, barcha operatsiyalarda resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etilishiga, ishlab chiqarish chiqindilarini atmosfera va yer yuzasiga chiqarish, suv havzalariga tashlashning ruxsat etilgan meyorlari ishlab chiqiladi.
Bir nechta texnologik jarayon, masalan gazni yer ostida saqlash va ikkilamchi neft qazib olish, qisman saykling-jarayon va boshqalar bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan holatlarda, texnologik sxemada yordamchi jarayonlarni gazni yer ostida saqlash, GYOSning faoliyati va yordamchi ishlab chikarishlar (neft-gaz sanoati, tutash saqlash inshooti va h.k. lar) bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ham hal qilinadi.
GYOSni qurish jarayoni obyektlarning tuzilish murakkabligiga va sun’iy qatlamlar shakllanishining geologik-fizik xususiyatlariga karab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Bosqichlarning maqsadga muvofligi va davomiyligi, shuningdek ayrim gorizont (uyum)larni tajriba-sanoat miqyosida ishlatish zaruriyati GYOSni barpo etishning texnologik sxemasida belgilanadi.
GYOSni barpo etishga doir ishlarning yakunlovchi bosqichida butun saqlash inshootining, alohida quduqlarning germetikligini aniqlash, siqilgan va erigan gaz miqdorini baholash, yer usti uskunalarining ish samaradorligini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar kompleksi bajariladi.
Yangi texnologik yechimlar va yuqori samarador uskunalar joriy etilganda, yer usti va yer osti uskunalarini qisman yoki to‘liq almashtirish, qo‘shimcha apparatlar, shuningdek avtomatik boshqarish vositalarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan saqlash inshootini jihozlash loyihasi ishlab chiqilishi mumkin.
Nazorat savollari
GYOS qurilmalari va uskunalaridan foydalanish nima?
Texnologik sxema qanday bo‘limlarni o‘z ichiga oladi?
Texnologik sxemaga qanday grafik materiallar ilova qilinadi?
Kompressor agregatlari nima?
|
| |