Qiyosiy adabiyotshunoslik docx




Download 3.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana26.04.2023
Hajmi3.51 Mb.
#53955
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Qiyosiy adabiyotshunoslik(1)
PERSONALNING MEHNATGA QIZIQISHINI OSHIRISH, Geometrik optika test, 2-ma\'ruza, 655a8e9e-ae97-47ea-ba57-c7814fe24abf, Temir yo, Методы идентификации, jahon mustaqil


1


2


3
Oquv fanining dolzarbligi va oliv kasbiy ta’limdagi orni
Talaba yoshlarning adabiy-estetik dunyo qarashlarini boyitish, ularda
go‘zallik tuyg‘ularini shakllantirish davrimizning eng dolzarb masalalaridan
biridir. Shujihatdan olib qaraganda, bugungi kunda Sharq va G‘arb adabiyotining
о‘zaro ta’siri va aloqalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero,
о‘zlikni anglash, о‘z tarixini mukammal o‘rganish davr taqozosi. Ming yillik
tariximizning guvohlik berishicha, qadimgi Sharq G‘arb madaniyati, ilm-fanining
shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Jumladan, G‘arb madaniyati falsafasi, ma’
naviyatining shakllanishida bizning ulug‘ ajdodlarimiz Forobiy. Beruniy, Ibn
Sinolaming ta’siri benihoya katta bo‘lgan. Qiyosiy adabiyotshunoslik fani
talabalarni jahon adabiyoti va adabiyotshunosligining uniumiy va xususiy
jihatlarini qiyosiy jihatdan о‘rganishga tayyorlaydi va o‘zbek adabiyotining ilg‘or
tomonlarini targ‘ib qilib, tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Oquv fanining maqsadi va vazifasi
Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy, adabiy aloqalar qadimdan mavjud.
Bunday aloqalar tufayli adabiy hayotda bir xalqning adabiyoti ikkinchisini to‘ldirib
kelgan. Ushbu jarayonni o‘rganish orqali adabiyot tarixi, nazariyasi bilan bog‘liq
muhim xulosalar chiqarish mumkin.
“Qiyosiy 
adabiyotshunoslik” 
fanini 
o‘zlashtirish 
jarayonida 
amalga
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
– “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining predmeti, obyekti, maqsadi, ahamiyati
haqidagi ma’lumotlarni bilishi kerak;
– badiiy asarga estetik baho berish, jahon xalqlari adabiyoti durdonalarini,
jumladan, Sharq va G‘arb adabiyoti namunalarini taqqoslash, baholash kabi bilim
va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
– badiiy asarni nazariv jihatdan tahlil va talqin qila bilish malakasiga ega
bo‘lishi kerak.
Jahonning turli xalqlari adabiyotiga xos bo‘lgan eng muhim xususiyatlar,
ulaming boshqa xalqlar adabiyotiga ta’siri, turli xalqlaming jahon adabiyoti
rivojiga qo‘shgan hissasini ilmiylik asosida baholash ko‘nikmalarini hosil qilishi
zarur.

Download 3.51 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 3.51 Mb.
Pdf ko'rish