11- mavzu: Texnologiya darslarida baholash mezonlari Tayanch so‘zlar




Download 10.65 Kb.
bet1/2
Sana04.03.2024
Hajmi10.65 Kb.
#166353
  1   2

11- mavzu: Texnologiya darslarida baholash mezonlari Tayanch so‘zlar

11- Mavzu: Texnologiya darslarida baholash mezonlari
Tayanch so‘zlar: Baholash turlari, bilim, ko‘nikma, malakalarni baholash, baholashning ob’yektivligi, baholashning differensialligi, baholashda hisobga oladigan omillar, reyting tizimi.
Texnologiya fanida baholash turlari. Texnologiya fani darslari jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini baholash mezoni Baholash turlari. Baholash o‘tkazilish vaqtiga ko‘ra uch turga ajratiladi:  Boshlang‘ich baholash  Joriy, ya’ni shakllantiruvchi baholash  Yakuniy, ya’ni umumlashtiruvchi baholash Boshlang‘ich baholash-ta’lim jarayoni boshida ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bunday baholash natijalari ta’lim jarayonining mazmuni, usullari va shakllarini tanlash imkonini beradi. Joriy (shakllantiruvchi) baholash muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. U ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini tezkor (operativ) aniqlab borish, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi qaytar aloqani ta’minlash imkonini beradi. Yakuniy (umumlashtiruvchi) baholash – ta’lim oluvchining ta’lim jarayonining ma’lum davridagi o‘zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga javob berishini aniqlaydi. Yakuniy baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichi yakunida o‘tkaziladi. U joriy baholash natijalarini jamlaydi. Umumlashtiruvchi baholashni o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor berish lozim: Ta’lim oluvchi umumlashtiruvchi baholash nima uchun o‘tkazilishihaqida ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Buuni baholashga tayyorgarlik ko‘rishga olib keladi. Baholashni o‘tkazish shartlari unga jiddiy yondashishiga, diqqatni chalg‘itadigan yoki tasodifiy uzilishlardan o‘zini chetga olishga hamda ta’lim oluvchini o‘z qobiliyatini namoyish qilishiga imkon beradi. Baholash o‘tkazish sharoitida o‘quvchi o‘zini erkin tutishi va noxushlik his qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak. Baholovchi va ta’lim oluvchi baholash nima berishi, u qachon, kim tomonidan va qanday o‘tkazilishini bilishlari muhim ahamiyatga egadir. Qo‘yilgan baho o‘quv natijasini tushunish va uni mujassamlashtirish uchun ahamiyatlidir1 . Ta’lim oluvchi oldindan belgilangan natijalar mezoni yordamida baholanishi lozim. Rejalashtirilmagan baholashni o‘tkazish maqsadga muvofiq emas. Baholash va uning ahamiyati. Ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv materiallari o‘zlashtirilganligini, ko‘nikma va malakalar hosil bo‘lganligini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o‘qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o‘quv jarayonining turli bosqichlarida ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir. Baholash – ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishda iborat jarayondar.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
Nima uchun baholash kerak?
 O‘quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun;
 keyingi bosqichga o‘tishdan oldin avvalgi o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun;
 natijaga erishganligini tasdiqlash uchun; o‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun;  yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun;
 o‘qituvchi o‘z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun;
 yalpi o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun;
 ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun;
 o‘quvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun;
 tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota-onalarga ma’lumot berish uchun.

Download 10.65 Kb.
  1   2




Download 10.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11- mavzu: Texnologiya darslarida baholash mezonlari Tayanch so‘zlar

Download 10.65 Kb.