• Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
  • Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida Magistrlar bilim, konikma va malakalar tizimini baholashning o‘ziga xosligi. Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi




    Download 17.43 Kb.
    Sana29.05.2023
    Hajmi17.43 Kb.
    #66423
    Bog'liq
    11. m
    ikkinchi tartibli egri chiziqlar., bellashuv uz - 4-sinf-2022-2023-ktp, talabnoma 1 son, 10-ma\'ruza Ma’lumotlar turlari. Ma’lumotlarning abstrakt tuzilma, Elektromantiyor Varyant, илова 10-9, Yadroning planetar modeliga oid kompyuter eksperimenti-fayllar.org, Qurilish materiallari texnologiyasi, Электр машиналари (2), .Ismatova Muhabbat. Ona tilini o‘qitishda rivojlangan xorijiy davlatlar slayd., 1.Hamza Hakimzoda Niyoziy asarlar tahlili, Ismatova Muhabbat, rfr, 546-548, Elatov Farrux HFX Mustaqil ishi

    Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida Magistrlar bilim, konikma va malakalar tizimini baholashning o‘ziga xosligi. Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi. Pedagogik kvalimetriya.
    Reja:
    1.Maxsus fanlarni oqitish jarayonida talabalar bilim, konikma va malakalarini baholashning oziga hosligi.
    2.Maxsus(pedagogika) fanlarni oqitish jarayonida joriy, oraliq va yakuniy nazoratni tashkil etish.
    3.Pedagogik kvalimetriya .

    Zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashda talabalar bilimini nazorat qilish, sinash va baholashning -ahamiyati katta. Agar uni yaxshi yolga qoyilmasa, turli-tuman metodlarni qollashimiz, qiziqarli dars otish uchun turli topshiriqlar tayyorlashimizdan qat'i nazar, kutilgan natijaga erishib bolmaydi. Chunki inson ongida har doim oz mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon roy berib turadi. oz ishini natijasi baholanmasa yoki baholanishidan, taqdirlanishidan kongli tolmasa faolligi susayadi, oxir-oqibat «hafsalasi pir» bolishi mumkin.


    Qoyilgan ta'lim maqsadidan kelib chiqib erishilgan natijani nazorat qilish alohida muhini aharaiyatga ega va u pedagogik tex-nologiyaning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. oquvchi, talabalarning bilimi va konikmalarini tekshirish, sinash (olchash) va baholash nazorat deb ataladi.
    Nazoratning asosiy didaktik funksiyasi oqituvchi va talaba ortasida qaytuvchan aloqani ornatish, oquvchi, talabalar tomonidan oquv materialini ozlashtirish darajasi togrisida xolisona axborotga ega bolish va ular bilimi, konikmalaridagi kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf qilish uchun chora-tadbirlar korishdir.
    Talabalar bilimini, muntazam tekshirish va baholash ularni predmetni chuqur organishga undaydi. Baho pedagog uchun oqishni ragbatlantirish, ijobiy oquv natijalarini shakllantirish, shaxsga ta'sir etishning asosiy vositasi bolib hisoblanadi.
    Baholashning adolatli bolishi va bilimiga kora tabaqalanishi, predmetni puxta ozlashtirish uchun intilishga olib keladi.
    Baholash faqatgina ozlashtirish darajasini aniqlash emas, balki pedagog uchun oqishni ragbatlantirish, ijobiy oquv motivlarini shakllantirish, shaxsga ta'sir etishning yagona vositasi bolib hisoblanadi. Xolisona baholash ta'sirida talabalarda unga muvofiq bolgan o'z-o'zini baholash, oz muvaffaqiyatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bolish hissi paydo boladi.
    Oqituvchi talabalar bilimini sinash va baholash orqali:
    * ularning fan boyicha nimalarni bilishi, qanday savollarni chuqurroq organishi zarurligi, zaif jihatlari aniqlanadi;
    * nimalarni, qanday savol, masalalarni ozlashtiigani haqida axborotga ega boladi;
    * ota-onalar farzandlarining muvafaqqiyatlari haqida axborot olishadi;
    * oqituvchi va oquv yurti ma'muriyati tomonidan oquvchi- talabalar bilimini baholash orqali ularni kursdan kursga kochirish haqida qaror qabul qilinadi.
    Talabalar bilimini sinash va baholash nihoyatda katta ahamiyatga ega bolib, uni amalga oshirishning qator tamoyillari mavjud. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari:
    barcha talabalarni jalb etish;
    dastur materiallarini tola qamrab olish;
    talabalarga oshkora yondashish;
    talabalar bilimini adolatli baholash;
    muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga rioya qilish, ularni oz ustida tinimsiz ishlash, oqish, organishga undaydi.
    Oliy ta'limda joriy nazoratda fanning har bir mavzusi boyicha talabaning ozlashtirishi aniqlanib, baholab boriladi. U odatda, seminar darslari, amaliy mashgulotlar, laboratoriya ishlari jarayonida amalga oshiriladi. Joriy baholash boyicha amaliy mashgulotlar uchun ajratilgan har bir mavzu boyicha talabaning adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikr-mulohazalari, dars otish metodlari boyicha berilgan topshiriqlarai bajarishi, mustaqil ishi natijalari va amaliy konikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy mashgulotlarda amalga oshiriladi, semestr davomida 2 davrada otkaziladi.
    Oraliq nazorat semestr, oquv yili davomida fanning bir necha mavzusi, qismi, bolimi boyicha nazariy mashgulotlar otib bolingandan song otkaziladi. Unda muayyan savol, muammo, test, masala-mashq va boshqalar yordamida talabaning mavzuni ozlashtirish darajasi, qobiliyati, mahorati aniqlabadi va baholanadi.
    Oraliq baholash ham semestr davomida 2 davrada otkaziladi. Talabalarning bilimi birinchi va ikkinchi davrada fanning texnologik xaritasida korsatilgan mavzularini qamrab olgan hold baholanadi. Oraliq baholashda talabalarning ozlashtirish korsatkichi ma'ruzalar, unda talabaning faolligi, otilgan mavzular boyicha ogzaki, yozma ish, test va talabaning mustaqil ishi nazarda tutilgan holda baholanadi.
    Mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqlar reyting jadvaliga muvofiq joriy va oraliq baholashga qoshiladi.
    Yakuniy nazoratga, fanning semestr yoki oquv yili davomida otilgan hajmi doirasida talabaning fanni ozlashtirish darajasi baholanadi. Yakuniy baho turiga ajratilgan ballar miqdori, oquv rejasida fanga semestr yoki oquv yili uchun ajratilgan soatning 30 foizi miqdorida belgilanadi. Yakuniy baholash semestrp yakunida otkazilib, yakuniy baholashda talabaning bilim, konikma va malakalari ishchi oquv dasturidan kelib chiqqan holda, fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy baholash ogzaki sorash, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish, suhbat, yozma ish, masala-mashq yechish yoki test otkazish usulida amalga oshiriladi.
    Talabalar bilimini reyting tizimi boyicha baholashning yozma ish usuli talabalarda mustaqil, ijodiy fikrlash, oz fikrini yozma ifodalash konikmalrini rivojlantiradi. Yozma ish oraliq baholash, yakuniy baholash, yakuniy Davlat attesttsiyasi kurslarida amalga oshirilishi mumkin.
    Yozma ish yakuniy baholash shaklida otkaziladigan bolsa, savollar kafedra tomonidan ishlab chiqilib, oquv yili boshlanishida kafedra majlislarida muhokama etiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Yozma ish hajmi talabaning fan boyicha tasawuri, bilimi va amaliy konikmasini baholash uchun yetarli bolishi zarur. Uning hajmi kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet kengashida tasdiqlanadi. Yozma ishlarni baholash mezonlari kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi.
    Fan boyicha JB va OB turlarida talaba toplashi mumkin bolgan maksimal reyting ballning miqdori, oquv rejasida fanga semestr yoki oquv yili uchun ajratilgan soatning 85 foizi miqdorida belgilanadi: JB - ball, OB - 42 ball. Talaba organayotgan fani boyicha har bir nazorat boyicha maksimal ballning kamida 56 foizini toplagan bolishi kerak. Undan kam ball toplagan talabaning fanni ozlashtirishi qoniqarsiz deb hisoblanadi.
    Yakuniy nazorat yozma ish shaklida tayanch tushuncha va iboralar mazmunini yoritib berish darajasi yoki talabaning fanni ozlashtirganligi darajasiga qarab baholash asosida amalga oshiriladi va unga maksiraum 15 ball ajratiladi.
    Semestr davomida fanlar boyicha toplagan ballar maksimal ballning:
    86 100 foizini tashkil etsa, «a'lo»;
    71 85 foizini tashkil etsa, «yaxshi»;
    56 70 foizini tashkil etsa, «qoniqarli»;
    55 foiz va undan kam bolsa, «qoniqarsiz» baholanadi. Bilimini sinash va baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi.

    Ball

    Baho

    Talabaning bilim darajasi




    85 - 100

    A'lo

    Xulosa va qaror qabul qilish; Ijodiy fikrlay olish;










    Mugtaqil mushohada yuritish; Amalda qo‘llay










    bilish; Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish;










    Tasavvurga ega bo‘lish.






















    Mustaqil mushohada yuritish; Amalda qo‘llay




    71 -85

    Yaxshi

    bilish; Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish;










    Tasavvuiga ega bo‘lish.
















    56-70

    Qoniqarli

    Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish;




    Tasavvurga ega bo‘lish.

























    0-55

    Qoniqarsiz

    Aniq tasavvuiga ega emaslik; Bilmaslik.















    Talabalar bilimini sinash va baholashda qanday usulni tanlash, otilayotgan fan, qoyilgan maqsad, oqituvchining tanlovi kabilarga bogliq.


    Dars jarayonida metodlarni qollash boyicha joriy va oraliq nazorat ballar qanday belgilanishi va ularni mavzuga ajratilgan vaqt va balldan kelib chiqib qanday moslashtirishni korib chiqqanmiz. Masalan, amaliyot darsini modellashtiruvchi oyin metodini qollab otildi, deylik, eng yuqori ball 10 bolsin. Joriy nazorat boyicha amaliy mashgulotda maksimal 2 ball berish kozda tutilgan bolsa, demak, 10 ball olgan talabaga jurnalga 2 ball, 9 ball olganga esa 1,8 ball, oyinda 7 ball olganga 1,4 ball, agar maksimal ball 5 bolsa, 910 ball, 7-8 ball bolgani 4 va hokazo tarzda moslashtirib baho quyib chiqamiz. Oraliq baholash ham metodlar boyicha alohida baholash kozda tutilgan bolsa, shunday moslashtiriladi.
    Keng qollaniladigan nazorat uslublaridan ogzaki metodlardir. Ogzaki nazoratning afzalliklariga shaxsiy munosabat, oqituvchining talaba bilan jonli muloqoti, uning fikrlarini nutq shaklida ifodalashga mashq qildirish, bilimlarni yanada chuqurroq tekshirish maqsadida pedagog tomonidan qoshimcha savollar berish imkoniyatlari kiradi. Bunda talaba bilan jonli muloqot olib boriladi. Talaba oz fikrini ortoqlashish, boshqalarning nuqtayi nazarini tahlil qilish uchun katta imkoniyatga ega. Pedagog tomonidan qoyilgan savolga ogzaki javob berishga tayyorlanish doimo talabaning faol fikrlashi bilan boglangan.
    Ogzaki javob yaxshi tayyorlangan talabaga ozining iqtidorini,qoshimcha egallagan bilimlarini namoyish etishga imkon beradi. Bevosita muloqot tufayli pedagogda savol-javob davomida talabaning bilimlari togrisidagi taassurot vujudga keladi, e'tirozlarni, barcha gumonlarni bartaraf etish imkoni boladi. Lekin bu usulda subyektiv omil asosiy orinda turadi.
    Talabalar bilimini baholashda testlar muhim orin tutadi. Testlar talabalar bilimini baholash, bilim olishga komaklashishdan tashqari masala yechish, referat yozish, savolga og'zaki yoki yozma javob yozish kabilardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi.
    Testlar talabalar bilimini nazorat qilishning obyektiv usuli hisoblanadi, sababi unda oqituvchi bilan talaba ortasida vujudga kelgan munosabatlar hech qanday rol oynamaydi va talaba bilimini baholashga ta'sir etmaydi.
    Testlarni yakuniy nazoratdan tashqari mavzuni boshlashdan avval ham, joriy va oraliq nazoratda ham qollash mumkin.
    Mavzu boyicha dars otishdan avval qollanilgan pre-testlar talabalar diqqatini shu testdagi asosiy xatolarga, organilayotgan kategoriyalarga qaratish imkonini beradi. Pre-testda unga tanish bolmagan goya, tushuncha, gohida alohida soz bilan toqnash kelib, ularni mustaqil organishga harakat qiladi. Ular talabani mustaqil ishlashga undaydi, yollanma beradi.
    Oraliq testlar darsni ozlashtirish jarayoni qanday kechayotganini nazorat qilish imkonini beradi. Oraliq testlaraing natijasini muhokama qilish jarayonida fandagi asosiy tushunchalarni samarali takrorlash va xotirada saqlash imkoni vujudga keladi.
    Testlar talabalar bilimini butun dastur boyicha, shuningdek, tor tanlash doirasida yoki alohida ahamiyatga ega, yoxud an'anaviy ozlashtirish qiyin tushuncha, mavzular boyicha nazorat qilish, baholash imkonini beradi.
    Testlar talabalar bilimini tez tekshirish imkonini beradi. Bu ayniqsa, oraliq testlar otkazish uchun qulay, chunki test javoblariga kora oqituvchi dastur boyicha oz ishini, dars otiladigan savollarni korib chiqadi, kelgusida dars otishda qaysi savollarga ahamiyat berishni moljallaydi.
    Testlar talabalar bilimini sinash va baholashda qator afzalliklarga ega bolish bilan birgalikda, kamchiliklari ham bor. Test savollarini tuzish kop mehnat, vaqt talab qiladi. Shuning uchun keyingi paytlarda oqituvchilar koproq tayyor test savollaridan foydalanishmoqda. Testning yana bir kamchiligi, tavakkal qilib javob topishning mumkinligidir.
    Talabalar bilimini sinash va nazorat qilishda masala, mashqlardan ham keng foydalanish mumkin. Masala - mashqlar talabaning bilimini keng kolamda tekshirish, olgan nazariy bilimini real hayotda qollay bilish imkonini ochib beradi. organilayotgan savolni mohiyatini talaba tushunganr yoki tushunmaganini aniqlaydi.
    Bu usulning ham oziga xos kamchiliklari bor. Birinchidan, talabani hisoblash bilan birga keng mushohada yuritishga yonaltiruvchi masala-mashqlar tuzish oson emas. Ikkinchidan, talabalar hisob-kitobga haddan ziyod berilib ketib, nazariy jihatdan tahlil qilishga kam e'tibor qaratishadi. Uchinchidan, masala-mashqlar tor doiradagi savollarni qamrab oladi.
    Talabalar bilimini sinash va baholashning keyingi paytda keng qollanilayotgan usullaridan biri yozma ish yozishdir. Uning afzalligi shundaki, yozma ish uchun savollar oson tuziladi. Ularni oz fikrlarini ijodiy ravishda bayon qilishlari uchun katta imkoniyat mavjud. Undan' tashqari tavakkal qilib, javob berib bolmaydi.
    Talabalar bilimini sinash va baholashda yozma ish yoki esse yozishdan foydalanish mumkin. Yozma ishning kamchiligi uni oqib chiqish uchun kop vaqt talab qilinadi. Baholash qiyin. Kop savollarni qamrab olmaydi. U esse tarzida yoki tayanch ibora, atamalar asosida yozma topshiriq tarzida bolishi mumkin.
    Esse yoki yozma topshiriq berilar ekan, har bir talabaning ishini obyektiv baholash uchun baholashning mezonlarini ishlab chiqish kerak. Bu mezonlarda talabalarning ishi ball boyicha qanday baholanishi korsatiladi.
    Yozma ishni baholashda ikki xil yondashish mayjud. Birinchisi, reyting usulidan foydalanish. Bu usulda ishning umumiy sifati qiziqtirib, ayrim tomonlariga e'tibor berish zaruriyati yoq bolsa, qo'l keladi. Odatda, bu usul koproq tayanch iboralaiga asosida yoziladigan yakuniy nazorat ishida qollaniladi. Yozma ish sifatiga kora ish 3-5 kategoriyaga bolinadi. Songra ular ishning sifatiga kora tabaqalashtirib baholanadi. Oqituvchi yozma ishni talabalarga qanday mezonga kora baholanishini tushuntirishi kerak.
    Yozma ish oquv yilining oxirida yakuniy baholash uchun otkazilib, kop variantli usulda qollaniladi. Har bir variantda asosiy savol va tayanch tushunchalar bolib, ularga alohida javob yoziladi.
    Ikkinchi yondashishdagi baholash mezonida, ishning sifati avvaldan ishlab chiqilgan baholash standarti boyicha amalga oshiriladi. Bu usul rubrikatsiyalash deyiladi. Buda mezonlar alohida rubrikatlarga bolinib, har biri qancha ball bilan baholanishi korsatiladi. Ishni baholashda rubrikatsiya jadvalidan foydalaniladi. Bundy yondashish koproq esselarni baholashda qollaniladi.
    Taljjbalarni avvaldan ularning ishi qanday baholanishi bilan tanishtirib chiqish mumkin. Bu ularga ishni yozishda moljal boladi. Yuqori ball olish uchun nima qilish kerak, ishni qanday yozish zarurligini avvaldan chamalash imkonini beradi.
    Jahon tajribasida oqituvchi yuqori darajada darsni tashkil qilishi, bilimi, talabalarni oz faniga qiziqtira olishi, shu fanning tayyorlanayotgan mutaxassislik boyicha naqadar zarurligi jihatidan raqobat qila olishiga katta e'tibor beriladi.
    Oqituvchining asosiy vazifasi:
    1. Talabalarni mustaqil ishini tashkil etish, ularni semestr davomida oz ustida ishlashga orgatish.
    2. Turlicha dars berish metodlarini qollab, talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta'minlash.
    Talabalarni mustaqil ishini tashkil qilish va oz ustida uzluksiz ishlashi, izlanishini ta'minlashda jahon tajribasida «Sillabus (Sylla-bus)» muhim orin tutadi. Sillabus bu oqituvchi bilan talaba ortasidagi shartnomadir.
    Sillabusda kafedra tomonidan: a) fan boyicha albatta, organilishi zarur bolgan mavzular korsatilishi mumkin; oqituvchilar dasturda korsatishlari shart bolgan komponentlarni aniqlab berishi mumkin. Boshqa topshiriqlarni oqituvchining ozi belgilaydi.
    Har bir talaba yil boshidan oz faoliyatini sillabus asosida tashkil etadi.
    Hozir Ozbekistonda ham jahon tajribasidan kelib chiqqan holda oquv jarayoniga uning ayrim elementlarini tatbiq etishga harakat qilinayapti. USAID CAR dasturi boyicha seminar qatnashchilari bolgan oqituvchilar bu borada oz tajribalari bilan ortoqlashmoqdalar. Albatta talabalar faoliyatini «Sillabus oqituvchi bilan talaba ortasida shartnoma» asosida tashkil etish ularni chuqur bilim olishlari, puxta malakaga ega bolishlariga yordam beradi. Lekin uni tom ma'noda qollash talabalarda tanlov asosida otiladigan fanlar, kurslarni, dars beradigan oqituvchilarni ozlari tanlash imkoniyatiga ega bolishlarini taqozo qiladi. Lekin hozircha buning uchun imkoniyat yetarli emas.
    Talabalarga dars berar ekanmiz, ularning individual xislatlarini yanada boyitib, oz bilimlarini oshirish uchun ozlari harakat qilishlari lozimligini orgatishimiz, togri yolga yonaltirishimiz kerak. Ular oz oldiga ozi maqsad qoyib, unga erishish uchun harakat qilishi kerak. Ana shuning uchun ham oqituvchi bor mahoratini ishga solib, talabalarni individual xislatlariga maksimal darajada ta'sir etib, ularni ana shu maqsadni tanlash va buning uchun oz kuchlarini togri yonaltirishlariga yordam berishi kerak.
    Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
    1.Тожибоева Д.Махсус фанларни ўқитиш методикаси.-Т.: Фан ва технолгия. 2007.-541 бет.
    2.D.Tojiboeva, Yo’ldoshev. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. Darslik.-T.: Aloqachi, 2009.-568 bet.
    3.Файзуллаева Д. Мутахассислик фанларини ўқитиш методикаси.- Т.: Иқтисодиёт, 2013.
    4.Хакимова М.Ф., Файзуллаева Д., М. Лутфуллаева Н.Х. Махсус фанларни ўқитиш услубиёти. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2014.
    5.Хўжаева Н., Хасанбоев Ж., Мамажонов И., Мусахонова Г. Янги педагогик технологиялар. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2007.-180 б.
    Download 17.43 Kb.




    Download 17.43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida Magistrlar bilim, konikma va malakalar tizimini baholashning o‘ziga xosligi. Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi

    Download 17.43 Kb.