Kompyuterda Web-sahifalarni ko‘zdan kechirish




Download 348,1 Kb.
bet72/81
Sana17.01.2024
Hajmi348,1 Kb.
#139448
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi

11.4. Kompyuterda Web-sahifalarni ko‘zdan kechirish.
Internet Explorer dasturi.
Kompyuterni Internet tarmog‘iga ulaganimizdan keyin albatta internetda
biz biron-bir axborotni ko‘rishga urinib ko‘ramiz. Internet tarmog‘ida ma’lumot
asosan web-sahifa (sayt) shaklida tasvirlanadi.
Bunday web-sahifalarni ko‘rish uchun maxsus dasturlar – brauzerlar (browser
so‘zi browse – “ko‘rish”dan olingan) ishlab chiqilgan. Ular web-sahifani ko‘rish,
saqlash, chop etish va boshqa bir qator imkoniyatlarga ega. Hozirgi kunda bunday
dasturlarning turlari juda ham ko‘p. Ular asosan bitta yoki bir nechta websahifani ochish, undagi ma’lumotni tasvirlash kabi amallarni bajaradi. Websahifani ochish uchun biz uning URL-manzilini kiritishimiz kerak bo‘ladi. URLmanzil odatda quyidagidek shaklga ega bo‘ladi:
www.gov.uz;
www.mail.ru;
www.yahoo.com.
Bu yerda WWW World Wide Web – mashhur xizmat nomi; gov, mail, yahoo
server (sahifa) nomlari; uz, ru, com – domen (hudud) nomlari.
Windows 95 (OSR 2.1) operatsion sistemasidan boshlab, operatsion sistema
tarkibiga Microsoft Internet Explorer 3.0 internet brauzer dasturi kiritila
boshladi. Hozirgi kunda qo‘llaniladigan Windows 98SE, Windows ME, Windows
2000
, Windows XP operatsion sistemalari tarkibida uning 4.0, 5.0 va 6.0
versiyalari kiritilgan. Bundan tashqari, u Microsoft Office 2000, Microsoft Office XP
dasturlar majmuasi tarkibiga ham kiritilgan.
Windows operatsion sistemasida Internet Explorer (IE) dasturiga kirishning
bir nechta usuli mavjud:
Pusk (Boshla) menyusiga kirib, dasturni tanlash kerak;
Ish stolida joylashgan yorliqqa sichqon bilan 2 marta chertish;
Tez yuklanish satridan tanlash (u odatda Pusk (Boshla) menyusining yonida
joylashadi)
.
Dasturga kirib, Adres (manzil) satriga biron-bir manzilni kiritamiz,
masalan www.gov.uz va klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz. Shuni ta’kidlash
joizki, mazkur dasturga kirishdan oldin Internet tarmog‘iga ulanishni tashkil
etish kerak. Aks holda biz Internet-sahifalarini ocha olmaymiz.
Natijada taxminan quyidagidek oyna hosil bo‘ladi:
Internet Explorer dasturining asosiy ish vositasi va uskunalar panelida
joylashgan uskunalar quyidagi rasmda aks ettirilgan:
125
- oldingi web-sahifaga o‘tish;
- keyingi web-sahifaga o‘tish;
- web-sahifa ochilishini (yuklanishini) bekor qilish;
- web-sahifa mazmunini yangilash;
- boshlang‘ich web-sahifaga o‘tish;
- ochilgan web-sahifada zarur ma’lumot, so‘z yoki jumlani izlash;
- elektron pochta dasturiga o‘tish (kirish);
- joriy web-sahifadagi ma’lumotlarni chop etish;
- holat satrida joylashgan bo‘lib, oxirgi web-sahifani yuklanish
darajasini namoyon etadi.

Download 348,1 Kb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




Download 348,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuterda Web-sahifalarni ko‘zdan kechirish

Download 348,1 Kb.