• Bo‘lim nomi Vazifasi
  • 12.3. Qidiruv tizimlari va bepul xizmatlar to‘g‘risida tushuncha.
  • Kompyuter savodxonligi




    Download 348,1 Kb.
    bet75/81
    Sana17.01.2024
    Hajmi348,1 Kb.
    #139448
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81
    Bog'liq
    Kompyuter savodxonligi

    1 2 3 4
    5
    7
    6
    8
    9
    1

    128
    12.2. Microsoft Outlook dasturining ishchi oynasi va tuzilmasi.




    Bo‘lim nomi


    Vazifasi

    1



    Dastur sarlavhasi

    Dastur va hujjat nomini aks ettiradi


    2



    Bosh menyu

    Barcha buyruq, dastur imkoniyatlari va


    sozlashlarni o‘ziga olgan

    3



    Uskunalar paneli

    Keng qo‘llaniladigan va tez-tez murojaat


    etiladigan uskunalarni o‘ziga olgan

    4



    Navigatsiya tugmalari

    Oldingi yoki keyingi hujjatga o‘tish tugmalari


    5



    Adres (manzil)

    Veb-sahifa, «Moy kompyuter», «Moi dokumentы»


    kabi internet manzillarni kiritish satri

    6



    Adresnaya kniga (kontaktы)

    Manzillar kitobi


    7



    Soobщenie

    Statistika qismi, yaratilgan, yuborilgan va qabul


    qilingan elektron pochta hujjatlari sonini
    ko‘rsatadi

    8



    Zadachi

    Masalalar ro‘yxati


    9



    Moi yarlыki

    Boshqa vazifalar bo‘limiga o‘tish, masalan, kelgan,


    yuborilgan, o‘chirilgan kabi hujjatlarni shu yerda
    batafsil ko‘rish mumkin.

    10



    Ish maydoni

    Hujjatlar mazmunini qisqacha yoki to‘liq


    tasvirlash maydoni



    Windows operatsion sistemasi tarkibidagi Outlook Express dasturiga kirish
    uchun Pusk (Boshla) menyusiga, undan Programmы (Dasturlar)ga kirib, mazkur
    dasturni tanlaymiz va natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
    Microsoft Outlook Express dasturining ish oynasi va tuzilmasi
    Yangi elektron pochta hujjatini yaratish uchun Bosh menyuning Fayl
    bo‘limidan Sozdat (Yaratish) farmoyishini yoki uskunalar panelidagi Sozdat
    soobщenie
    (Xat yaratish) tugmasini bosish kerak.
    129
    Hosil bo‘lgan oynada xatni kiritib, Komu: (Kimga) satriga xatni kimga
    yuborayotgan bo‘lsak, uning elektron pochta manzilini, agar kerak bo‘lsa ikkinchi
    manzilini ham ko‘rsatib, Otpravit (Jo‘natish) tugmasini bosamiz. Agar zarur
    bo‘lsa, xat bilan birgalikda boshqa matn bo‘lmagan ixtiyoriy faylni (arxiv, dastur,
    rasm, audio, video va hokazoni) yuborish mumkin. Buning uchun Vlojit (Joylash)
    tugmasini bosib, ularni ko‘rsatish kerak.
    12.3. Qidiruv tizimlari va bepul xizmatlar to‘g‘risida tushuncha.
    Internet tarmog‘ida har xil turdagi ma’lumotlarni topish mumkin. Lekin
    ma’lumotning aksariyat qismi ingliz yoki rus tilida bo‘ladi. Shunga qaramasdan,
    dunyodagi voqealardan, ob-havo, qimmatbaho qog‘ozlar narxlari, valyutalarning
    kurslari, so‘nggi yangiliklar va boshqa ma’lumotlarni aynan internetdan olgan
    afzalroq. Internet tarmog‘ida ma’lumotlar veb-sahifa shaklida bo‘ladi va har bir
    ma’lumotlar to‘plamidan iborat sayt yoki sahifa o‘ziga xos takrorlanmas manzilga
    ega. Masalan siz biron-bir mavzu bo‘yicha ma’lumot topmoqchisiz (Amir Temur
    to‘g‘risida). Internet tarmog‘ida aynan Amir Temur kabi sayt mavjud emas. Shuning
    uchun bizni qiziqtirayotgan ma’lumotni maxsus qidiruv (izlash) tizimlari
    (poiskovыy server) lardan foydalangan holda topamiz. Ularning asosiy vazifasi
    kiritilgan so‘rov asosida unga to‘liq va qisman javob beradigan veb-sahifalar
    ro‘yxatini topish va ro‘yxatini ekranga chiqarishdan iborat.
    Bunday izlash-qidiruv tizimlariga Rossiya va xalqaro serverlardan
    quyidagilarini (ular mashhur bo‘lganligi uchun) alohida ta’kidlab o‘tish mumkin:
    www.rambler.ru;
    www.lupa.ru;
    www.aport.ru;
    www.yandex.ru;
    www.yahoo.com;
    www.altavista.com.
    Ular yordamida Siz siyosat, iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, ilm, moda, dunyo
    yangiliklaridan xabardor bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun siz yuqorida
    ko‘rsatilgan qidiruv serverlarining biriga kirib, sizni qiziqtirayotgan so‘rovni
    ingliz yoki rus tilida kiritib, Nayti (Qidiruv) tugmasini bosasiz. Natijada
    aniqlangan veb-saytlar ro‘yxati hosil bo‘ladi va siz keraklisini tanlab, izlagan
    ma’lumotni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
    130
    Misol tariqasida quyida mashhur qidiruv tizimlari veb-sahifalarining
    oynalari ko‘rsatilgan:

    Download 348,1 Kb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81




    Download 348,1 Kb.