|
Kompyuter savodxonligi
|
bet | 74/81 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 348,1 Kb. | | #139448 |
Bog'liq Kompyuter savodxonligiTopshiriqlar
Internet tarmog‘iga ulaning va Microsoft (www.microsoft.com)
korporatsiyasining saytiga kirib, Windows XP to‘g‘risida qisqacha ma’lumotni
saqlang;
Internet tarmog‘iga ulaning va O‘zbekiston (www.gov.uz) saytiga kirib, gerb
va bayroq rasmlarini Word dasturi hujjatiga saqlang.
127
12. ELEKTRON POChTA BILAN IShLASh ASOSLARI.
12.1. Microsoft Outlook, Outlook Express dasturlarida ishlash asoslari.
Microsoft Windows 98 2000, Me, XP operatsion sistemasi tarkibida elektron
pochta hujjatlari bilan ishlashga mo‘ljallangan Microsoft Outlook Express dasturi
ko‘zda tutilgan. Ushbu dasturning bir nechta versiyalari mavjud:
Microsoft Outlook Express 4.0 – Windows 98SE tarkibiga kiradi;
Microsoft Outlook Express 5.0 – Windows Me, 2000 tarkibiga kiradi;
Microsoft Outlook Express 6.0 – Windows XP tarkibiga kiradi;
Bundan tashqari, u Microsoft Office 97, 2000, XP dasturlari majmuasi
(paketi) tarkibiga kiritilgan bo‘lib, bir nechta kerakli va foydali xususiyatlarga
ega. Jumladan, MS Outlook dasturi MS Office tarkibidagi Word, Excel kabi
dasturlar bilan integratsiyalashgan bo‘lib, ulardagi ma’lumotlarni o‘zi orqali
yuborish va qabul qilish imkonini beradi.
Shuni ta’kidlash joizki, MS Outlook dasturi ma’lum Internetprovayderning elektron pochta qutichasi bilan ishlashi mumkin, agar sizning
elektron pochta qutichangiz Internetdagi bepul servis serverlarida (masalan,
www.mail.ru) joylashgan bo‘lsa, siz ular bilan Internet Explorer kabi brauzer
dasturi yordamida ishlashingiz mumkin bo‘ladi.
Microsoft Outlook Express dasturi Microsoft Outlook dasturiga nisbatan bir
qator imkoniyat va servislarni o‘ziga olmagan, lekin yuklatilgan asosiy
vazifalarni bajarish imkoniga ega. Albatta, ularning ishchi oynalari tashqi
ko‘rinishi ham har xil.
|
| |