• Server
  • Ishchi stantsiya
  • Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar tarmoqka ulangan kompterlar ruyxati bilan tanishish




    Download 31,07 Kb.
    bet2/4
    Sana09.02.2024
    Hajmi31,07 Kb.
    #153853
    1   2   3   4
    Stantsiya – axborot uzatish va qabul qilish bilan bog‘lik vazifalarni bajaruvchi apparatura. Abonent va stantsiya majmuini abonent tizimi deb atash qabul qilingan. Shaxsiy kompyuterlar fan va texnika, ishlab chikarishning turli tarmoqlarida kullash amaliyoti shuni kursatdiki, xisoblash texnikasini tatbik kilishda aloxida ShK emas, balki lokal xisoblash tarmoqlari kuprok samara beradi.
    Har qanday kommunikatsiya tarmog’i albatta qo’yidagi asosiy komponentlarni: uzatish (peredatchik), xabar, uzatish vositasi, qabul kilish (priyomnik)ni uz ichiga oladi.
    Har qanday kompyuter tarmog’ining asosiy vazifasi foydalanuvchiga axborot va xisoblashresurslarini taqdim etishdir. Shu nuktai nazardan lokal xisoblash tarmog’ini serverlar va ishchi stantsiyalar majmui deb qarash mumkin.
    Server – tarmoqqa ulangan va undan foydalanuvchilarga ma`lum xizmatlar kursatuvchi kompyuter.
    Serverlar ma`lumotlarni saqlashi, ma`lumotlar bazasini boshqarishi, masalalarni masofadan qayta ishlashi, masalalarni bosib chiqarishi va boshqa bir kator vazifalarni bajarishi mumkin.
    Ishchi stantsiya – tarmoqqa ulangan shaxsiy kompyuter, foydalanuvchi shu orqali axborot resurslariga kirib boradi. Tarmoqning ishchi stantsiyasi xam tarmoq, xam lokal rejimida ishlaydi. U shaxsiy operatsiontizim (MS-DOS, Windows va xokazo) bilan ta`minlangan amaliy vazifalarni xal etish uchun foydalanuvchini barcha zarur vositalar bilan ta`minlaydi. Server turlaridan biri – fayl-serverga (File Server) aloxida e`tibor berish kerak.
    Fayl-server tarmoqdan foydalanuvchilarning ma`lumotlarini saqlaydi va ularning ushbu ma`lumotlarga kirishini ta`minlaydi. Bu kompyuter katta xajmdagi tezkor xotiraga, kata xajmdagi kattik diskka ega.
    U maxsus operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi. Fayl-server qo’yidagi vazifalarni bajaradi: ma`lumotlarni saqlash, ma`lumotlarni arxivlash, ma`lumotlar uzgarishini sinxronlash, ma`lumotlarni uzatish.
    Kupgina vazifalarni bajarishda bitta fayl-serverdan foydalanish kamlik kiladi. Bu paytda tarmoqqa bir qancha fayl-serverlar qushilishi mumkin.

    Download 31,07 Kb.
    1   2   3   4




    Download 31,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar tarmoqka ulangan kompterlar ruyxati bilan tanishish

    Download 31,07 Kb.