) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq: - LAN




Download 85,91 Kb.
bet2/3
Sana27.05.2024
Hajmi85,91 Kb.
#255425
1   2   3
Bog'liq
KOMPYUTER TARMOQLARI

2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga
muvofiq:
- LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
- CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;
- MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
- WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
- GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;
3) tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida
elementlari ulangan joyi).
Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, alohida
tarmoq ham kiradi.
Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar
(boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi.
Unchalik katta bo’lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi.
4) tugunlar munosabatiga ko’ra:
- bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy
foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin).
Masalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;
-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir.
Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar).
Server- tarmoq abonenti bo`lib, u o`z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin o`zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqqa ishlaydi.
Tarmoqda server bir nechta bo`lishi mumkin, server uchun eng quvvatli kompyuter bo`lishi shart emas.
Ajratilgan server – bu server faqat tarmoq masalalari uchun hizmat qiladi. Ajratilmagan server tarmoqqa hizmat ko`rsatishdan tashqari, boshqa masalalarni
ham hal qilishi mumkin.
Mijoz - faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o`z resurslarini ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya’ni tarmoq unga xizmat qiladi. Kompyuter – mijoz ham ko`pincha ish stansiyasi, deyiladi. Odatda, har bir kompyuter bir vaqtning o`zida ham mijoz va shuningdek, server bo`lishi mumkin. Ko`pincha server va mijozni kompyuterni o`zi, deb tushunilmaydi, bu kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa o`z
resurslarini berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa, mijozdir.

Download 85,91 Kb.
1   2   3




Download 85,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq: - LAN

Download 85,91 Kb.