|
Kompyuter tarmoqlari texnologiyasi
|
bet | 5/7 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,59 Mb. | | #248454 |
Bog'liq Maruza. TARMOQ TEXNOLOGIYALARI Yulduzsimon topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so’ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi. Yulduzsimon topologiya LHT uzellarining bir-biri bilan o’zaro ta’sirini osonlashtiradi. Ayni paytda LHTning yulduzsimon topologiya bilan ishlash qobiliyati markaziy uzelga bog’liq. Mavjud hisoblash tarmoqlarida nisbatan murakkab topologiyadan foydalanilishi mumkin. KOMPYUTER TARMOG’I APPARAT TA’MINOTI Kontsentrator (HUB yoki SWITCH) KOMPYUTER TARMOG’I APPARAT TA’MINOTI TARMOQ ADAPTERI KOMPYUTER TARMOG’I APPARAT TA’MINOTI SIMSIZ ALOQA VA UZATISH MUHITLARI KOMPYUTER TARMOG’I PROTOKOLLARI Ochiq tizimlarning tavsiflari va vositalarini aniqlaydigan kontseptual asosi sifatida OSI (Open System Interconnection) etalon modeli ishlatiladi. U ochiq tizimlarning turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan tizimlarning bir tarmoqda ishlashini ta’minlovchi o’zaro bog’lanishini aniqlaydi va quyidagilarni muvofiqlashtiradi: - qo’llanish jarayonlarning o’zaro bog’lanishini;
- ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini;
- ma’lumotlar saqlanishi bir xilligini;
- tarmoq resurslarini boshqarish;
- ma’lumotlar xavfsizligi va axborot ximoyasini
- dasturlar va texnik vositalarning tashxisini.
KOMPYUTER TARMOG’I PROTOKOLLARI Protokol - qurilma, dastur va ma’lumotlarga ishlov berish tizimlariga hamda jarayonlar yoki foydalanuvchilarning o’zaro ishlashiga oid algoritmni belgilovchi jami qoidalar. Masalan, aloqa liniyasi protokoli – bu ma’lumotlar ulushining tuzilmasi va kodlash usullarini hamda uning aloqa liniyalari orqali uzatish jarayonini tartibga soluvchi qoidalaridir. KOMPYUTER TARMOG’I PROTOKOLLARI Har xil firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan protokollarning bir nechta standart steklari mavjud bo’lib, ular o’zlarining pog’onalaridagi maxsus ishlarni amalga oshiradi. Ammo tarmoqda bajariladigan kommunikatsion topshiriqlar protokollarni uchta turga ajratadi.
|
| |