Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari. Tarmoqlarning texnik vositalari




Download 23,28 Mb.
bet3/12
Sana17.01.2024
Hajmi23,28 Mb.
#139378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
55-56 mavzu









TARMOQLARNING TEXNIK VOSITALARI
LOCAL TARMOQLAR
Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo bo'lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyu-terlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bir masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, har bir kompyuterni ma'lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish hamda ko'pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo'ladi.
Keyingi paytda axborotlarni almashish usullari va vositalarining ko'p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiy fayllarni disketlar yordamida kompyuterdan kompyuterga o'tkazishdan tortib to butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog'igacha.
Ko'pincha «mahalliy tarmoqlar» (локальные сети, LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta bo'lmagan, mahalliy o'lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya'ni mahalliy tarmoq, deb tushuniladi. Lekin ba'zi mahalliy tarmoqlarning texnik ko'rsatkichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Misol uchun, ba'zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha o'n kilometr masofadan oson aloqani ta'minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shahar doirasidagi o'lchamdir. Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda, global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network yoki CAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq, deb atamaydi. Yaqin joylashgan ikkita kompyuterni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel yordamida bog'lash mumkin yoki hatto, kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham kompyuterlarni bog'lash mumkin. Lekin bunday bog'lanish ham mahalliy tarmoq deb atalmaydi. Balki mahalliy tarmoq ta'rifi xuddi kichik tarmoq kabi bo'lib, ko'p bo'lmagan kompyuterlarni bog'lashdir. Haqiqatan mahalliy tarmoq ko'p hollarda ikkitadan to bir necha o'nlab kompyuterlarni o'z tarkibiga oladi. Lekin ba'zi bir mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bo'lib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoqdeb atash balki noto'g'ridir.





Download 23,28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 23,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari. Tarmoqlarning texnik vositalari

Download 23,28 Mb.