• 2-§ SHINALI, YULDUZSIMON VA HALQALI TOPOLOGIYALAR Tarmoqning uch xil topologiyasi mavjuddir: • «Shina» (bus)
  • «Yulduz» ( звезда , star)
  • MAHALLIY HISOBLASH TARMOQ TOPOLOGIYASI




    Download 23,28 Mb.
    bet5/12
    Sana17.01.2024
    Hajmi23,28 Mb.
    #139378
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    55-56 mavzu

    MAHALLIY HISOBLASH TARMOQ TOPOLOGIYASI
    Kompyuter tarmog'ining topologiyasi (joylashtirilishi, tuzilishi, tarkibi) deganda, odatda, biz bir-biriga nisbatan kompyuterlar tarmoqda joylashganligi va aloqa yo'llarini ulash usullarini tushunamiz. Muhimi shundaki, topologiya tushunchasi, avvalambor, mahalliy tarmoqlargagina tegishlidir, chunki bu tarmoqlarda aloqaning tuzilishini osongina kuzatish imkoni mavjud. Global tarmoqlarda esa, aloqaning tuzilishi foydalanuvchidan berkitilgan va bilish juda ham muhim emas, chunki har bir ulanish o'zining alohida yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo'yiladigan talablarni, ishlatiladigan kabel turini, axborot almashishning bo'lishi mumkin bo'lgan va eng qulay boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash imkoniyati bo'lmasada, asosiy topologiyalarning xususiyatlarini, afzallik va kamchiliklarini, balki hamma bilishi kerakdir.
    2-§ SHINALI, YULDUZSIMON VA HALQALI TOPOLOGIYALAR
    Tarmoqning uch xil topologiyasi mavjuddir:
    «Shina» (bus), hamma kompyuterlar bitta aloqa yo'liga parallel ulangan va axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o'zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi.
    «Yulduz» (звезда, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan hamma tashqi kompyuterlar ulanadi, har bir kompyuter alohida o'z aloqa yo'llaridan foydalanadi.
    «Halqa» (кольцо, zing), har bir kompyuter har doim axborotni faqat bitta zanjirda joylashgan keyingi kompyuterga uzatadi, axborotni esa, zanjirda bitta oldinda joylashgan kompyuterdan oladi va bu zanjir yopiq, ya'ni halqasimondir.
    Amalda ba'zi hollarda asosiy topologiyalarning kombinatsiyasi ham ishlatilishi mumkin, lekin ko'pchilik tarmoqlar sanab o'tilgan uch turdagi topologiyadan foydalanadi. Endi sanab o'tilgan tarmoq turlarining xususiyatlarini qisqacha ko'rib chiqamiz.



    Download 23,28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 23,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAHALLIY HISOBLASH TARMOQ TOPOLOGIYASI

    Download 23,28 Mb.