|
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies
Hosted online from Moscow, Russia
Date:
11
th
February, 2024
ISSN: 2835-5733
Website:
econferenceseries.com
23 |
P a g e
jarayonidir.
Seleksiyalash— tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo'yicha ikki sinfga
ajratiladi.
Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga
uzatishni ta'minlaydi.
Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar,
modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma'muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent
tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni
kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.
Mintaqaviy
tarmoq
— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi
kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi)
juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa
kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
Bunday tarmoqqa davlat tashkilotlari, harbiy tashkilotlar va faqat bir davlat yoki
shahar ichida ishlovchi tizimlarni misol qilib keltirish mumkin.
Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuter-larni o'zida
birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet
(Internet)
deb ham
yuritiladi.
Internet bilan birga «intranet» tushunchasi ham ishlatiladi.
Internet— bu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti va bayonnomalari asosida
tashkil etilgan, ma'lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo'lib ishlash
imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini
tash-kil etuvchi kompyuter tarmog'idir.Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan
quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq
mijozi undagi ma'lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi
katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini
bilishi zarur bo'ladi.
Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo'lib, uning foydalanuvchisi
bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog'ida
mavjud
bo'lgan
barcha
elek-tron
hujjatlar
va
ma'lumotlar
omborini
giperbog'lanishlar yor-damida o'zaro bog'lab, yagona axborot muhiti qurish, unda
qulay
axborot
qidiruv
tizimlarini
tashkil
etish
mumkin
bo'ladi.
|
| |