|
Kompyuter tizimining tuzilishini tashkil etish
|
bet | 2/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #231561 |
Bog'liq 1-amaliy ishPrinter - ma’lumotlarni qog’oz yoki plyonkali material tashuvchisiga o‘tkazadigan raqamli tasvir nusxasini chiqaradigan qurilma. Odatda, matritsa, purkovchi va lazer printerlari ma’lumotni qog’ozga chiqarish uchun ishlatiladi.
Ovoz karnaylari - nutq, musiqa va boshqa audio ma’lumotlarni tinglash uchun ovoz chiqaradigan qurilmalar.
Odatda tizim platasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Quvvatni ulash uchun ulagichlar.
Protsessorni ulash uchun ulagich (socket).
Operativ xotira qurilmasini o‘rnatish uchun slotlar.
Qattiq disklar va optik disklarni (IDE, SATA) ulash uchun ulagichlar.
USB ulagichlari.
PCI ulagichlari (Peripheral component interconnect–periferik qurilmalarning o‘zaro aloqasi).
Video kartani ulash uchun ulagich (PCI – EXPRESS).
Shimoliy ko‘prik (Northbridge) - «Markaziy protsessor – Operativ xotira-grafik adapter»to‘plamida ma’lumotlarni uzluksiz uzatishni ta’minlaydi.
Janubiy ko‘prik (Intel platalarida ICH - I/O Controller Hub deb nomlanadi) USB portlari, optik disklar va qattiq disklar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi, shuningdek kirish moslamalari uchun javobgar hisoblanadi: klaviatura, sichqoncha.
SATA II va SATA III interfeyslari optic qurilmalar va qattiq disk uchun
1.1-rasm. Tizim platasi
7
1.Kompyuter elementlari
|
| |