|
using System;
namespace
|
bet | 24/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmuausing System;
namespace ConsoleApplication1
{
class Program
{
static void Main(string[] args)
{
const double pi = 3.1415926535897932384626433832795;
const double g = 9.81; //gravitatsiya doimiysi
Console.WriteLine("Pi soni: {0}" , pi);
Console.WriteLine("gravitatsiya doimiysi: {0}", g);
Console.ReadKey();
}
}
}
Dastur ishining natijasi quyidagicha:
Pi soni: 3.1415926535897932384626433832795
gravitatsiya doimiysi: 9.81
Simvolli o‘zgarmaslar literalli o‘zgarmaslar kabi bir xil vazifani bajaradi, faqat ulardan farqi u nomga ega bo‘lib, nomidan qanday maqsadda ishlatilayotganini aniqlash mumkin.
To‘plam o‘zgarmaslar
To‘plam o‘zgarmaslar kuchli alternativ o‘zgarmaslar hisoblanadi. U bir nechta nomlangan o‘zgarmaslardan iborat. Faraz qilaylik, bizda bir necha kishining tug‘ilgan yili haqida ma’lumot bor. Dasturda ularni o‘zgarmas sifatida e’lon qilish uchun quyidagicha yozish kerak:
const int Abbos = 1990; const int Nodir = 1989; const int Oybek = 1991;
O‘zaro bog‘lanmagan 3 ta o‘zgarmas hosil bo‘ldi. Ular orasida mantiqiy bog‘lanishni hosil qilish uchun to‘plam o‘zgarmaslardan foydalaniladi. U quyidagicha bo‘ladi:
enum Dustlar
{
Abbos = 1990,
Nodir = 1989,
Oybek = 1991
}
Har bir to‘plam o‘zgarmasning o‘z turi bo‘ladi. Bu turlar butun sonli turlar (int, short, long,…), char turi bundan mustasno. Bu ko‘rsatilgan tur har bir o‘zgarmas uchun tegishli bo‘ladi. Agar tur ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda int deb qabul qilinadi. Yuqoridagi misolda shunday qilingan.
enum Dustlar : long
{
Abbos = 1990,
Nodir = 1989,
Oybek = 1991
}
Agar to‘plam o‘zgarmasning o‘zgarmaslar qiymati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda ular mos ravishda 0 dan boshlab qiymat qabul qiladi va qiymat bittadan oshib boradi:
|
| |