|
Kompyuter tizimlari kafedrasi
|
bet | 20/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq MajmuaKalit so‘zlar va nomlar
C# tili identifikatorlarining bir qismi kalit so‘zlar lug‘ati tarkibiga kiradi. Bu identifikatorlar kalit so‘zlarning to‘plam ostini tashkil qiladi. Identifikatorlar e’lon qilingandan keyin ular nom hisoblanadi. Bu nomlar o‘zgaruvchilarni, funksiyalarni, berilganlar turini nomlash uchun ishlatiladi. Quyida kalit so‘zlar jadvali keltirilgan. Bu so‘zlarni sinflar, funksiyalar, o‘zgaruvchilar va boshqa til strukturalarini hosil qilish yoki nomlashda ishlatilmaydi.
2.2.1-jadval. C# da ishlatiladigan kalit so’zlar
abstract
|
as
|
base
|
bool
|
break
|
by
|
byte
|
case
|
catch
|
char
|
checked
|
class
|
const
|
continue
|
decimal
|
default
|
delegate
|
do
|
double
|
descending
|
explicit
|
event
|
extern
|
else
|
enum
|
false
|
finally
|
fixed
|
float
|
for
|
foreach
|
from
|
goto
|
group
|
if
|
implicit
|
in
|
int
|
interface
|
internal
|
into
|
is
|
lock
|
long
|
new
|
null
|
namespace
|
object
|
operator
|
out
|
override
|
orderby
|
params
|
private
|
protected
|
public
|
readonly
|
ref
|
return
|
switch
|
struct
|
sbyte
|
sealed
|
short
|
sizeof
|
stackalloc
|
static
|
string
|
select
|
this
|
throw
|
true
|
try
|
typeof
|
uint
|
ulong
|
unchecked
|
unsafe
|
ushort
|
using
|
var
|
virtual
|
volatile
|
void
|
while
|
where
|
yield
|
|
Izohlar // kommentariya
Ba’zan dastur kodida shunday matnlarni yozishga to‘g‘ri keladiki, bu matnlar dastur kodini o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u kompilyator tomonidan inobatga olinmaydi. C# da buni ikki yo‘l bilan bajarish mumkin:
/* simvollari izohni boshlaydi. */ simvollari izohni tugatadi. Bu ko‘p qatorli izohlarni hosil qilishda, dasturning bir qismini tahrir qilishda foydalanish mumkin. /* */ izohlar ichma-ich bo‘lmaydi.
// simvollari izohni boshlaydi. Izoh o‘zi boshlangan qator oxirida tugaydi. Bu usul qisqa izohlarni hosil qilishda foydali.
Literallar
C# da quyidagi turdagi literallar mavjud:
butun sonli(целочисленный) literal;(integer-literal)
haqiqiy sonli(вещественный) literal; (real-literal)
simvolli(символьный) literal; (character-literal)
satrli(строковый) literal; (string-literal)
mantiqiy(логический) literal;(boolean-literal)
bo‘sh literal (null-literal);
Literallar tilning o‘zgacha so‘z kategoriyasi hisoblanadi. Har bir literallar to‘plam osti uchun o‘zining so‘z hosil qilish qoidasi mavjud. Quyida har bir literal turi strukturasining umumiy tasnifini ko‘rib chiqamiz.
Butun sonli literallar: butun sonli qiymatlarni yozish uchun xizmat qiladi. Bunday literallar raqamlar ketma-ketligidan iborat. “-” belgisi ham ishlatilishi mumkin. Agar butun sonli literal 0x yoki 0X bilan boshlansa, bu 16 lik sanoq sistemasidagi butun son deb qabul qilinadi. Bunda butun sonli literal A yoki a dan boshlab F yoki f gacha bo‘lgan simvollardan o‘z ichiga olishi mumkin. 16 lik sanoq sistemasidagi bu simvollar mos ravishda 10 lik sanoq sistemasidagi 10 dan 15 gacha sonlar bilan ekvivalent. Literaldan keyin bevosita Uu, Ll, UL, Ul, uL, ul, LU, Lu, lU, lu butun son turi suffiks8 lari joylashgan bo‘lishi mumkin.
Butun sonli literallar turi quyidagicha aniqlanadi:
agar butun sonli literal suffiksga ega bo‘lmasa, unda literalning turi uning qiymatini o‘z ichiga olgan quyidagi turlardan birinchisi hisoblanadi: int, uint, long, ulong. Misol: 2147483 literali int turiga, 2247483647 uint turiga tegishli bo‘ladi;
agar literal U yoki u suffiksiga ega bo‘lsa, unda literalning turi uning qiymatini o‘z ichiga olgan uint, ulong turlaridan biri hisoblanadi;
agar literal L yoki l suffiksiga ega bo‘lsa, unda literalning turi uning qiymatini o‘z ichiga olgan long, ulong turlaridan biri hisoblanadi;
agar literal UL, Ul, uL, ul, LU, Lu, lU yoki lu suffiksiga ega bo‘lsa, unda literalning turi ulong hisoblanadi;
“l” simvoli o‘rnida “L” simvolidan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki “l” harfi bilan “1” raqamini chalkashtirib yuborishning oldini oladi.
Haqiqiy sonli literal: haqiqiy sonlarni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Bu literal float, double va decimal turi qiymatlarini yozish uchun ishlatiladi. Literal quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi.
mos ravishda raqamlar ketma-ketligi, nuqta yana raqamlar ketma-ketligi, eksponenta qismi va haqiqiy son turi suffiksidan iborat;
mos ravishda nuqta, raqamlar ketma-ketligi, eksponenta qismi va haqiqiy son turi suffiksidan iborat;
mos ravishda raqamlar ketma-ketligi, eksponenta qismi va haqiqiy son turi suffiksidan iborat;
mos ravishda raqamlar ketma-ketligi va haqiqiy son turi suffiksidan iborat;
Eksponenta qismi mos ravishda e yoki E, + yoki - va raqamlar ketma-ketligidan iborat. Masalan: e-13, E10.
Haqiqiy son turi suffikslari: float – F va f (majburiy); double D va d (majburiy emas); decimal M va m (majburiy).
Haqiqiy sonli literal turi quyidagicha aniqlanadi:
agar literal suffiksga ega bo‘lmasa, literal double turiga tegishli.
agar literal F yoki f suffiksiga ega bo‘lsa, literal float turiga tegishli. Masalan: 1f, 1.5f, 1e10f, 123.456F
agar literal D yoki d suffiksiga ega bo‘lsa, literal double turiga tegishli. Masalan: 1d, 1.5d, 1e10d, 123.456D, 124.36, 1456.0245
agar literal M yoki m suffiksiga ega bo‘lsa, literal decimal turiga tegishli. Masalan: 1m, 1.5m, 1e10m, 123.456M
|
| |