• Eslab qoling
  • Obyektlarni nomlash Nomlar
  • Kompyuter tizimlari kafedrasi




    Download 5,29 Mb.
    bet19/154
    Sana08.01.2024
    Hajmi5,29 Mb.
    #131939
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   154
    Bog'liq
    Majmua

    Identifikatorlar
    C# da o‘zgaruvchilar, metodlar, sinflar, obyektlar yoki foydalanuvchi tomonidan aniqlangan elementlarga beriladigan nomlar identifikatorlar hisoblanadi.
    Identifikatorlar bitta yoki bir nechta belgilardan iborat bo‘lishi mumkin. Identifikatorlar ixtiyoriy harfdan yoki pastki chiziqcha belgisidan boshlanib ikkinchi va qolgan belgilari harf, tag (pastki chiziqcha) chiziq belgisi yoki raqam bo‘lishi mumkin. Pastki chiziqcha belgisi identifikatorning o‘qilishini yaxshilash uchun ishlatiladi. (masalan: avto_tezlik). Kompilyator yuqori va quyi registr belgilarini farqlaydi ( ya’ni myvar va MyVar - har xil nomlar). Quyida bir nechta mumkin bo‘lgan identifikatorlar keltirilgan.
    Test, х, V_2, _test, _top, my_Var, sample23;
    Eslab qoling: identifikator raqamdan boshlanishi mumkin emas. Demak, 12x identifikatorning nomi bo‘la olmaydi. Garchi C# da identifikatorning nomi sifatida kalit so‘zlarni ishlatib bo‘lmasa-da, ularning oldiga @ belgisini qo‘yish bilan, uni ham identifikatorning nomi sifatida kalit so‘zlarni ham ishlatish mumkin bo‘ladi. Masalan, @for identifikator hisoblanadi. Aslida bu holatda for identifikator hisoblanadi, @ belgisi esa hisobga olinmaydi. Istisno tarzida maxsus maqsadlar uchun zarur bo‘lmasa, kalit so‘zlarni boshlang‘ich @ belgisi bilan ishlatish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, @ belgisini ixtiyoriy identifikator nomidan oldin qo‘yish mumkin, lekin uni ishlatish tavsiya etilmaydi.
    Identifikatorlarni alfavit harflaridan hosil qilish qoidasini qarab chiqamiz:

    • identifikatorning birinchi simvoli harf yoki “_” simvoli bo‘lishi kerak;

    • keyingi simvollar harf, raqam va “_” simvolidan iborat bo‘lishi mumkin;

    • identifikator uzunligi (simvollar soni) chegaralanmagan;

    C# da “_” simvolini identifikatorning birinchi simvoli sifatida ishlatish mumkin.
    Obyektlarni nomlash
    Nomlar - bu identifikatorlar. Har qanday harf, raqam va “_” simvollaridan tuzilgan va birinchi simvoli harf bo‘lgan ketma-ketlik til grammatikasi bo‘yicha har qanday obyektning nomi bo‘la oladi. Lekin har qanday simvollar ketma-ketligidan hosil qilingan nom ma’nosiz va dastur kodini tushunishga qiyin holatga olib kelishi mumkin. Shuning uchun obyekt nomi sifatida shu obyekt haqida biror ma’noni anglatuvchi simvollar ketma-ketligidan foydalanish maqsadga muvofiq.

    Download 5,29 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   154




    Download 5,29 Mb.