Microsoft Visual Studio 2008 dan foydalanish




Download 5,29 Mb.
bet17/154
Sana08.01.2024
Hajmi5,29 Mb.
#131939
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   154
Bog'liq
Majmua

Microsoft Visual Studio 2008 dan foydalanish
Microsoft Visual Studio 2008 dan foydalanib C#-dasturini tahrirlash, kompilyatsiya qilish va ishga tushirish uchun siz quyida sanab o‘tilgan harakatlarni amalga oshirishingiz zarur bo‘ladi.
(Agarda sizning kompyuteringizda Microsoft Visual Studio ning boshqa versiyasi installyatsiya qilingan bo‘lsa, harakatlar tartibi boshqacha bo‘lishi mumkin.)
1. File|New| Project menyu punktlarini tanlash orqali yangi bo‘sh C#-loyiha yarating. Keyin 1-rasmda ko‘rsatilganidek Visual C#| Windows papkasini, undan so‘ng Empty Project piktogrammasini tanlang.

2. Loyihaga nom berib yaratilganidan keyin Project menyusidan Add New Item punktini tanlang. Sizning monitoringiz ekranida quyidagicha oyna hosil bo‘ladi.


3. Add New Item dialog oynasidan C# Code File piktogrammasini tanlang va Faylga nom bering masalan Misol.cs deb Add tugmasini bosing.
4. Dastur kodini kiriting va faylni.
5. Build menyusidagi Build punktini tanlash orqali dasturni kompilyatsiya qiling.
6. Debug menyusidagi Start Without Debugging punktini tanlash orqali dasturni ishga tushiring. Qachon dastur ishga tushsa rasmda ko‘rsatilgan darcha paydo bo‘ladi.

Birinchi dasturni qadamma-qadam tahlil qilib chiqamiz:
/*
Бу С# да ёзилган оддий дастур.
Дастур кодини ўз чига олувчи Misol.cs файли
*/
Bu satrlarda ko‘psatrli izoh keltirilgan. C# dasturlash tilida ham boshqa dasturlash tillari kabi dastur kodi orasiga izoh kiritish imkoniyati mavjud. Izoh kiritishning C# da 3 ta turi mavjud bo‘lib, /* va */ belgilari orasiga ko‘p satrli izohlar kiritiladi, // belgidan keyin esa bir satrli izoh keltiriladi, 3-tur izoh kiritish xml teglari yordamida bajariladi.
Dasturning keyingi satrida
using System;
keltirilgan. Bu tuzilgan dastur System nomlar fazosidan foydalanilgan ekanligini anglatadi.
Keyingi satrni qaraymiz
class Misol {
bu yerda class kalit so‘zi yangi sinf(klass) ochilayotganligini bildiradi. Klasslar ({) ochish figurali qavs bilan ochilib (}) yopish figurali qavs bilan yopiladi. Misol klass nomi sifatida berilgan.
// C# dasturi Main() metodini chaqirish bilan boshlaydi
Bu satrda 2-tur bir satrli izoh yozilgan.
public static void Main() {
S#da qism dasturlar usul(metod) deb yuritiladi. Xamma S# dasturlari Main() metodini chaqirish bilan ishlashni boshlaydi. Keltirilgan satrdagi public kalit so‘zi modifikator bo‘lib, modifikatorlar shu klass a’zosiga qanday tartibda murojat qilish turini aniqlaydi. Masalan public yozilsa ushbu klass a’zosiga boshqa klasslardan turib murojat qilish ochiq, agarda private yozilsa yopiq ekanligini bildiradi. Metodlar ham ({) ochish figurali qavs bilan ochilib (}) yopish figurali qavs bilan yopiladi
Console.WriteLine("Бу С# да ёзилган оддий дастур");
Bu operator bajarilganda "Bu C# da yozilgan oddiy dastur" yozuvni chiqaradi va yangi satrga o‘tadi. Yozuvni chiqarishni WriteLine() metodi bajaradi, bu yerda Console shu metod tegishli bo‘lgan klass nomi. Klassning metodlariga murojat qilish (.) nuqta amali bilan bajariladi.

Download 5,29 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   154




Download 5,29 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Visual Studio 2008 dan foydalanish

Download 5,29 Mb.