• Internet va Java tilining vujudga kelishi
  • OYD ning vujudga kelishi va C++ tilining yaratilishi




    Download 5,29 Mb.
    bet14/154
    Sana08.01.2024
    Hajmi5,29 Mb.
    #131939
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   154
    Bog'liq
    Majmua
    004 4mavzu 2 kurs Yusuf Xos Hojib Qutadg\'u bilig, kurs ishi, qarmiii, Mustaqil ish (1), ac3fe854-8259-4552-8861-10a82719053c, 1-Maruza, 3-Лаб Умаров Ш, SUYUNOVELYOR, 80 yillardan, M U N D A R I J A, 111 Abdisalomova Malika ma\'lumotnoma, Qunut duosi - Vikipediya, 5-sinf 7-mavzu.Save tugmasi. Matnni qulay nom bilan saqlash, 013, 5-laboratoriya mashg\'ulot
    OYD ning vujudga kelishi va C++ tilining yaratilishi
    1970 yillar oxirida ko‘plab loyihalar C strukturaviy dasturlash tili yordamida qayta ishlash uchun oson bo‘lgan eng yuqori hajmga erishgan. Endi bularga yangicha munosabat talab qilina boshlandi va ushbu muammoni hal etish uchun dastur tuzuvchiga katta hajmdagi dasturlar bilan ishlash imkonini beruvchi obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) yaratildi. Hamonki, o‘sha vaqtda C eng ommabop til bo‘lishiga qaramasdan OYD ni qo‘llab-quvvatlamadi, uning obyektga yo‘naltirilgan (keyinchalik C++ deb atalgan) versiyasini yaratish zarurati tug‘ildi.
    Bu versiya o‘sha Bell Laboratories kompaniyasining xodimi Byarn Straustrap tomonidan 1979 yil boshida ishlab chiqilgan. Dastlab yangi til “C sinflar bilan” degan nom oldi, lekin 1983 yilda C++ deb qayta nomlangan. U o‘zida C tilini to‘la qamrab oladi (ya’ni, C, C++ uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi) va obyektga yo‘naltirilgan dasturlashni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan yangi imkoniyatlarni namoyon qiladi. Aslida C++ C tilining obyektga yo‘naltirilgan versiyasi hisoblanadi, shuning uchun C ni biluvchi dastur tuzuvchi uchun C++ da dasturlashga o‘tishda yangi tilni emas, balki faqatgina OYD ning yangi konsepsiyasini o‘rganish kifoya qiladi.
    C++ tili uzoq vaqt mobaynida sifatga etibor bermay, faqat miqdor oshirish, hajmni kengaytirish jihatidan rivojlandi va soya ostida qolib ketdi. 1990 yillar boshida u ommaviy ravishda qo‘llanila boshlandi va katta yutuqlarga erishdi, o‘n yillikning oxirida esa dasturiy ta’minotni qayta ishlashda eng keng foydalaniladigan va bugungi kunda ham peshqadamlik qilayotgan tilga aylandi.
    Shuni anglash muhimki, C++ ni ishlab chiqilishi yangi dasturlash tilini yaratishga intilish hisoblanmaydi, balki faqatgina yetarli darajada muvaffaqiyatli tilni takomillashtirayapti va to‘ldirayapti. Bunday qarash, hozirda ham kompyuter tillarini rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarida qo‘llanilayapti.
    Internet va Java tilining vujudga kelishi
    Dasturlash tillarini rivojlantirishdagi keyingi katta muvaffaqiyatlardan biri Java tili bo‘ldi. Dastlab Oak deb atalgan Java ustida ishlash 1991 yilda Sun Microsystems kompaniyasida boshlandi. Djeyms Gosling, Patrik Noton, Kris Vort, Ed Frank va Mayk Sheridan mazkur tilning asosiy ishlab chiquvchilari bo‘lgan.
    Java C++ tilidan olingan sintaksis va strategiya bilan strukturaviy obyektga yo‘naltirilgan til hisoblanadi. Java innovatsiyalari axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi va Internet foydalanuvchilari sonining tez sur’atlarda o‘sishi, shuningdek dasturlash texnologiyalarining takomillashtirilishini ta’minladi. Internet ning keng tarqalishigacha yozilgan ko‘plab dasturlar aniq protsessorlar va muayyan operatsion tizimlar uchun kompilyatsiya qilindi. Garchi dastur tuzuvchilar muvaffaqiyatli dasturlarni yozishda deyarli har doim koddan takroriy foydalanish savolini bergan bo‘lsalar-da, bu savol birinchi navbatdagisi emas edi. Biroq, Internet ning (ya’ni kompyuter tarmog‘i orqali turli xildagi protsessorlar va operatsion tizimlarni birlashtirish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi) rivojlanishi bilan aynan dasturni bir platformadan boshqasiga oson o‘tkazish muammosi birinchi rejaga chiqdi. Bu vazifalarni hal etish uchun yangi til zarur edi va u Java bo‘ldi.
    Ta’kidlash kerakki, dastlab Java nisbatan oddiy rol o‘ynadi, u til platformasiga bog‘liq bo‘lmagan, o‘rnatilgan kontrollerlar uchun dasturiy ta’minotni yaratishda qo‘llash mumkin bo‘lgan tarzda yaratildi. 1993 yilda kichik miqyosda (o‘rnatilgan kontrollerlar uchun) o‘tkazuvchanlik muammolarini hal qilish uchun foydalaniladigan texnologiyalar katta miqyosda (Internet uchun) foydalanilishi mumkinligi ravshan bo‘ldi. Java ning eng asosiy imkoniyati – platformalararo o‘tkazish kodini yaratish qobiliyati ushbu tilni tez tarqalishiga sabab bo‘ldi.
    Java da o‘tkazuvchanlik dasturning boshlang‘ich kodlarini bayt-kod deb ataladigan oraliq tilga keyinchalik Java (Java Virtual Machine, JVM) virtual mashinasi tomonidan bajariladigan translyatsiya qilish vositasi yordamida erishiladi. Shunday ekan, Java-dasturi JVM ga ega bo‘lgan ixtiyoriy platformada ishga tushirilishi mumkin. JVM nisbatan oson tatbiq etilishi sababli, u ko‘p sonli platformalar uchun mo‘ljallangan.
    Bayt-koddan Java da foydalanish amalda har doim mashina kodlari tomonidan kompillyatsiya qilinadigan C va C++ tillarida kodlarni qo‘llashdan keskin farq qiladi. Mashina kodi muayyan protsessorlar va operatsion tizimlar bilan bog‘liq, shunga ko‘ra, C/C++-dasturlarini boshqa platformalarda ishga tushirish uchun dasturning dastlabki kodini bu platformalarning (ya’ni dasturning bir nechta ijrochi versiyalari bo‘lishi kerak) har birini mashina kodiga qayta kompillyatsiya qilish zarur. Bu ko‘p mehnat talab qiladigan va qimmat jarayon ekanligi tushunarli. Java da esa elegant va samarali qaror – oraliq tillardan foydalanish taklif qilingan. Va bu qaror keyinchalik C# ga tatbiq etilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, Java mualliflari yangi qarashlari bilan uni C va C++ (Java sintaksisi C ga asoslanadi, obyekt modeli esa C++ dan shakllantirilgan ) negizida yaratishdi. Garchi Java-kod C yoki C++ bilan o‘zaro muvofiq bo‘lmasada, uning sintaksisi mazkur tillar sintaksisidan kelib chiqqan, shuning uchun C va C++ dan foydalanuvchi dastur tuzuvchilarning katta qismi Java ga ortiqcha qiyinchiliklarsiz o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi. C++ ishlab chiqishda Straustrap kabi Java mualliflariga ham mutlaqo yangi tilni yaratish zarurati bo‘lmadi, ular asos sifatida oldin ma’lum bo‘lgan tillardan foydalanishdi va diqqatlarini innovatsion elementlarga jamlay oldilar. Ta’kidlash joizki, Java yaratilganidan keyin C va C++ tillari yangi kompyuter tillarini yaratish uchun umumqabul qilingan poydevor bo‘lib qoldi.

    Download 5,29 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   154




    Download 5,29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    OYD ning vujudga kelishi va C++ tilining yaratilishi

    Download 5,29 Mb.