|
Javaning ustunlik tomonlari
|
bet | 11/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq MajmuaJavaning ustunlik tomonlari
To‘liq har bir Java kodlari detallarigacha tushuntirib berilgan.
Dasturchilarning ma’lum bir qismini Java mutaxasislari tashkil etadi.
Java bir vaqtning o‘zida ko‘plab vazifalarni bajarishga imkon beradigan ko‘p tarmoqli muhitga ega.
Kutubxonalarni boshqarish juda oson.
C# ning ustunlik tomonlari
Tegishli lambda va genericlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Microsoft Corporation tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Avtomatik tarzda keraksiz kodlarni ajratadi va warning deb chiqadi.
Maydonlar get va set bloklari bilan birga keladi. Bu esa C# da kod yozishni yanada osonlashtiradi.
Xotirani avtomatik boshqarish imkoni bor.
Javaning kamchiliklari
JIT kompilyatori dasturni nisbatan sekinlashtiradi.
Java yuqori xotira va ishlash talablariga ega. Bu esa katta xotira kerak degani.
Pointers kabi past darajadagi dasturiy strukturalarni qo‘llab-quvvatlamaydi.
Javada keraksiz kodlar ustida hech qanday nazorat yo‘q, chunki Java delete(), free() kabi funksiyalarni o‘z ichiga olmaydi.
C# ning kamchiliklari
C# .NET Frameworkning internal qismidir, shuning uchun dasturni ishlaydigan server Windowsga asoslangan bo‘lishi kerak.
C# moslashuvchan emas, chunki u asosan .NET Frameworkiga bog‘liq.
C# tarixi
C# ning kelib chiqishi 2000-yillarga borib taqaladi. O‘sha yillarda Microsoft ushbu dasturlash tilini o‘zlari uchun yaratishdi. Dastlab C#, JavaScript bilan raqobatlashayotgan Java tillariga javob sifatida, ya’ni Microsoftning talabiga Java javob bera olmagani uchun Microsoft Visual Studio 2002 bilan birgalikda ishlab chiqilgan til edi. C# va Java ham dastlabki davrlardan raqobatlashayotgan edi. Shundan so‘ng C# kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro standart sifatida tasdiqlandi va umumiy til infrastrukturasi bilan ishlatiladi.
C# ning juda ko‘p versiyalari mavjud, ularning barchasi dasturiy ta’minotga yanada ko‘proq yangilanishlar kiritdi.
1-versiya oddiy, ko‘p maqsadli umumiy dasturlash tili sifatida ishlab chiqarilgan.
2-versiya 2005-yilda ishlab chiqarilgan. Bir vaqtning o‘zida ma’lumotlarning katta qismini ko‘rib chiqishga imkon beruvchi iteratorlardan foydalanish imkoniyatlarini o‘z ichiga oldi.
3-versiya 2007-yilda ishlab chiqilgan. Yangi iboralar (kodlar) yaratildi; Aynan ushbu versiyasidan boshlab C# Java tiliga qaraganda trendda yuqori o‘rinlarni egallay boshladi.
4-versiya 2010-yilda ishlab chiqildi. Mutaxassislar dinamik kalit so‘zlarini yaratdi va boshqa tillarda bo‘lmagan nafislikni berdi.
5-versiya 2012-yilda ishlab chiqilgan. Asinxronizatsiyalash imkoniyati paydo bo‘ldi.
6-versiya 2013-yilda ishlab chiqarilgan. Yangi filtrlar va initsializator7 ni taqdim etdi, kod yozish avvalgidan ham osonlashdi.
7-versiya 2017-yilda ishlab chiqarilgan. Yangidan yangi imkoniyatlar, xususan .NET Core va operatsion tizimlardan foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘ldi.
|
| |