Kompyuter tizimlari kafedrasi




Download 5,29 Mb.
bet7/154
Sana08.01.2024
Hajmi5,29 Mb.
#131939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154
Bog'liq
Majmua

.NET tillari: .NET ilovalarini ishlab chiqish uchun C#, F#, Visual Basic tillaridan foydalanish mumkin.
.NET ni yuklash
Barchaga ma’lumki, .NET Frameworklarining 3 turi eng ko‘p ishlatiladi.

  • .NET Framework;

  • .NET Core;

  • .NET5.

Uchala Frameworkda ham SDK5 va Runtime bor. .NET SDK - dasturning qurilishi va ishga tushishini ta’minlaydi. .NET Runtime - dasturning ishga tushishini ta’minlaydi, xolos, SDK o‘zining ichiga Runtimeni ham oladi.
Barchaga ma’lumki, .NET platformasida yozilgan ilovalarni ishga tushirish uchun .NET Runtimelari kerak bo‘ladi. C++ tilidagidek istalgan kompyuterda ishga tushirib bo‘lmaydi, ya’ni Windows tizimi kompyuterga yangi o‘rnatilgan paytda C++ Runtimelari bo‘ladi. Shuning uchun C++ da yozilgan ilovalarni ishga tushirishda hech qanday so‘rov bo‘lmaydi. Endilikda Windowsning yangi versiyalarida .NET Framework o‘rnatilmoqda.
Aytaylik men dasturchiman va .NET (C#) da biror dastur ishlab chiqdim, yoki biror bir messenjerga o‘xshagan dastur yaratdim. Uni do‘stimni kompyuteriga o‘tkazdim. Do‘stim esa dasturchi emas. Shu bilan birgalikda .NET SDK ham o‘rnatmaydi, SDK esa shunchaki dasturchiga kerak, xolos. Chunki yozgan kodini yuklash (build) kerak bo‘ladi. Oddiy odam esa kod yozmaydi. Dasturchi bo‘lmagan oddiy odamga .NET Runtime beriladi. Ya’ni Runtime dasturini kompyuteriga o‘rnatadi (install), bizning dasturni ochishda muammo bo‘lmaydi. Aks holda .NET Frameworkni o‘rnating deydi.
Ushbu Frameworklarning farqlarini ko‘rib chiqamiz.
Ushbu framework orqali .NET ilovalarini faqat Windows operatsion tizimi uchun ishlab chiqish mumkin. .NET Frameworklarning turli versiyalari bor va bular hozirgi vaqtda 4.8 gacha yaratilgan.
.NET Core: .NET trendga chiqayotgan bir paytda, Java va .NET dasturchilari o‘rtasida muzokaralar kelib chiqdi, chunki C# bu Microsoftning Javasi. C# orqali faqat Windows OS ga ilova yozish mumkin edi. Ushbu muammolardan keyin Microsoft ham o‘zining Kross6 platformali Frameworkini ishlab chiqdi. Uning nomi .NET Core edi. Bu Framework orqali Windows, Linux, MacOS, Docker OSlariga ham ilovalar yaratish imkoni bor edi. Keyinchalik ko‘p dasturchilar .NET Core ga o‘tishdi. .NET Frameworkdagi kodlarni .NET Core ga olish da esa muammolarga duch kelish mumkin edi. Agar faqat Windows da ishlovchilar bo‘lsa, unda muammo yo‘q.
.NET5: Ko‘p dasturchilar .NET Core da ishlaydi, qolganlari esa .NET Frameworkda. Qaysidir servislar, paketlar yoki kutubxonalar .NET Frameworkda yozilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi hali .NET Core ga olinmagan edi. Kutubxonadan foydalanishda biroz muammo kelib chiqishi mumkin. Chunki ularning qurilishi bir biriga to‘g‘ri kelmaydi. Uning bitta yo‘li bor bo‘lib, .NET Framework loyihasini .NET Core ga konvertatsiya qilish kerak edi. Konvertatsiya qilish ham baribir optimal emas. Keyin ular .NET5 ni ishlab chiqishga kirishishdi. Bu uchun tashqaridan ko‘plab kontributerlar (ko‘ngilli dasturchilar) ham jalb qilingan edi. Hozirda hali ham uning ustida ish olib borilmoqda. Bu Fameworkni oddiy qilib tushuntirganda .NET Framework + .NET Core ham deyish mumkin. Ya’ni endi ishlar yana ham standartlashdi. .NET5 da loyiha yozilsa, istalgan Frameworkdagi servislarni qabul qila oladi. Kimdir Core da yoki Frameworkda kutubxonalarni yozsa, .NET5 orqali ularni bemalol import qilib ishlatish mumkin. Hozirda ba’zi injiqlarni hisobga olmaganda barcha dasturchilar (C#) .NET5 ga o‘tyapti.

2.1.2-rasm. .Netning asosiy platformalari
Quyida .NET Framework uchun SDK va Runtime ni yuklab olish havolalari keltirilgan bo’lib, buning uchun QR kodni skanerlash kifoya qiladi.


Download 5,29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154




Download 5,29 Mb.