|
Reja:
1. C# dasturlash tilining NET Framework platformasi bilan aloqasi
|
bet | 5/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq MajmuaReja:
1. C# dasturlash tilining NET Framework platformasi bilan aloqasi
2. C# va .Net Core platformasi
3. C# dasturlash tilining tuzilishi
Dasturlash tillari har xil maqsadlarga – murakkab matematik masalalarni yechish, iqtisodiy-matematik hisob-kitoblarni amalga oshirishdan tortib musiqa partituralari1 va kompyuter grafikasini yaratishgacha bo‘lgan ishlarni bajarish uchun ishlatiladi. Zamonaviy dasturlash tillarini yaratish masalasidagi tadqiqotlar dasturlashning o‘zi mavjud bo‘lgan vaqtdan boshlab olib boriladi. Microsoft kompaniyasi tomonidan bu izlanishlar natijasida dasturlashning zamonaviy standartlariga mos keladigan va .NET Framework texnologiyasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan C# tili ishlab chiqildi. Oxirgi yillarda C# tili va u bilan bog‘liq bo‘lgan muhit, ya’ni .NET platformasi dasturiy ta’minot yaratuvchilar uchun asosiy yangi texnologiya bo‘lib kelmoqda. .NET platformasi orqali Windows muhitida hosil qilish mumkin bo‘lgan ixtiyoriy dasturlarni yaratish mumkin. C# tili esa yangi til hisoblanib, ushbu muhit uchun maxsus ishlab chiqilgan. C# tilidan foydalanib, dinamik WEB – sahifalarni, bir nechta texnologiyalar asosida yaratilgan dasturlarni, berilganlar bazasi bilan ishlovchi komponentlarni yoki oynali Windows dasturlarini yaratish mumkin. C# tili yordamida tarmoq yoki Internet dasturlaridan tashqari, Windows platformasida ishlovchi ixtiyoriy dasturni yaratish mumkin. C# va .NET platformasi orqali Windows muhitida dasturlar yaratish metodikasini mukammallashtirish ko‘zda tutilgan.
C# ning .NET Framework bilan aloqasi: Garchi C# - dasturlash tili sifatida alohida o‘rganilishi mumkin bo‘lsa-da, lekin uni o‘zi ishlaydigan .NET Framework muhiti bilan o‘zaro aloqasini ko‘rib chiqish afzalroqdir. Chunki birinchidan, C# dastlab Microsoft kompaniyasi tomonidan .NET Framework kodini yaratish uchun ishlab chiqilgan, ikkinchidan, .NET Framework C# tili tomonidan foydalaniladigan kutubxonani aniqlab beradi. Modomiki, ular bunday chambarchas bog‘liq ekan, .NET Frameworkning umumiy konsepsiyasini va uning C# uchun ahamiyatini tushunish muhimdir.
|
| |