Kompyuter tizimlari kafedrasi




Download 5,29 Mb.
bet6/154
Sana08.01.2024
Hajmi5,29 Mb.
#131939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Majmua

.NET Framework – bu platforma mustaqil izohlarni rivojlantirish va bajarishni qo‘llab-quvvatlovchi muhitni talqin qilsa bo‘ladi. U dasturlashning turli tillari izohlarida birgalikda ishlash imkonini beradi, shuningdek, Windows uchun umumiy dasturlash modellari va dasturlar yaratilishini ta’minlaydi.
Ta’kidlash kerakki, .NET Framework Windows platformasi tomonidan chegaralanmagan va ushbu platforma uchun yozilgan dasturlar kelajakda boshqa platformaga o‘tkazilishi mumkin.
C# tili .NET Frameworkning ikki muhim tashkil etuvchilaridan foydalanadi:
Birinchisi – bu tilning ijro etish muhitiga bog‘liq bo‘lmagan (Common Language Runtime - CLR), dastur ijrosini boshqaruvchi va .NET Framework texnologiyasining bir qismi hisoblanuvchi tizim, dasturlarga o‘tish imkonini beradi, bir qancha tillardan foydalanish bilan dasturlashni qo‘llab-quvvatlaydi va ma’lumotlarni uzatish xavfsizligini ta’minlaydi.
Ikkinchisi – tashkil etuvchi dasturlarga ijro muhitiga kirish imkonini beruvchi .NET sinflar kutubxonasidir, masalan, berilganlarni kiritish/chiqarish uchun foydalaniladi. Agar siz dasturlashni o‘rganishni endigina boshlagan bo‘lsangiz, unda sizga sinf tushunchasi notanish bo‘lishi mumkin. Sinflar to‘g‘risida keyingi boblarda batafsil to‘xtalib o‘tamiz, hozir shunchaki eslatib o‘tamiz, ya’ni sinflar dasturlarni tashkillashtirishga yordam beruvchi obyektga yo‘naltirilgan konstruksiya hisoblanadi. Hozircha dastur xossalari, .NET sinflarining muayyan kutubxonasi bilan chegaralangan bo‘lsa, u .NET ijro muhiti qo‘llab-quvvatlanadigan barcha joyda ishlatilishi mumkin.
.NET kodi bajarilishini tilga bog‘liq bo‘lmagan bajarilish muhiti (Common Language Runtime - CLR) boshqaradi. C# dasturini kompilyatsiya2 qilganda, biz bajariladigan kodni emas, Microsoftning oraliq tili deb ataluvchi (Microsoft Intermediate Language, MSIL) maxsus psevdokoddan3 tashkil topgan faylni olamiz. MSIL tili protsessorga bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalar to‘plamini aniqlaydi, ya’ni mohiyati bo‘yicha, MSIL assembler tilini aniqlaydi. Oraliq Microsoft tili mazmunan Java bayt kodiga o‘xshash bo‘ladi, ammo ularning orasida farq bor.
CLR tizimi oraliq kodni bajariladigan kodga dastur ishga tushirilgan vaqtda translyatsiya qiladi. MSILda kompilyatsiya qilingan ixtiyoriy dastur CLR muhiti realizatsiya4 qilingan ixtiyoriy operatsion tizimda ishga tushirilishi mumkin.
Oraliq Microsoft tili Just In Time (JIT) kompilyatoridan foydalanilganda bajariladigan kodga aylanadi (ingl. Just In Time – kerakli vaziyatda). Jarayon quyidagicha ishlaydi: .NET dasturi bajarilganda CLR tizimi JIT kompilyatorini faollashtiradi, qaysiki u MSIL ni mazkur protsessorning ichki kodiga aylantiradi, u ham bo‘lsa dastur qismlarining kodlari ehtiyoj bo‘lgandagina imkon darajasida aylantiriladi. Shunday qilib, C# dasturi aslida ichki kod sifatida ijro etiladi, garchi u azaldan MSIL da kompilyatsiya qilingan bo‘lsa-da. Bu degani, dasturni ishga tushish vaqti amalda xuddi uning birdaniga ichki kodga kompilyatsiya qilinganiday bo‘lib tuyilishi mumkin.
MSIL ning ustunligi - dasturning tashuvchanligi paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, C# dasturini kompilyatsiya qilganda MSILga qo‘shimcha berilganlarni tasvirlaydigan, dastur tomonidan ishlatiladigan va kodga boshqa kod bilan o‘zaro ta’sir qiladigan metama’lumot komponentani oladi. Metama’lumotlar MSIL joylashgan fayllarda saqlanadi.

2.1.1-rasm. .NET platformasi asosida C# da tuzish mumkin bo‘lgan dasturlar ro‘yxati
Aslida bu CLR muhiti, MSIL va metama’lumotlar to‘g‘risidagi bilimlar C# tilida dasturlash masalasining asosiy qismini realizatsiyasi uchun yetarli, qaysiki bu til ishni kerakli tarzda mustaqil ravishda tashkil qiladi.

Download 5,29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Download 5,29 Mb.