|
C# dasturlash tilining tuzilishi quyidagi rasmda aks ettirilgan
|
bet | 13/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq MajmuaC# dasturlash tilining tuzilishi quyidagi rasmda aks ettirilgan.
Boshqariladigan va boshqarilmaydigan kodlar
C# dasturida kod yozganda boshqariladigan kod deb ataladigan, bajarilishi bilan tilga bog‘liq bo‘lmagan bajarilish muhiti (CLR) nazoratida bajariladigan kod hosil qilinadi. Dastur CLR nazoratida ishga tushirilar ekan, boshqariladigan kod bajarish jarayonida xotirani zamonaviy boshqarish, ma’lumotlarni uzatishdagi xavfsizlikning yuqori darajasi, versiyalar nazoratini qo‘llab-quvvatlash va dasturiy ta’minot komponentlarini o‘zaro munosabatlari kabi ko‘plab afzalliklarga ega bo‘ladigan ma’lum bir talablarga mos kelishi kerak. Boshqarish kodi muvofiq bo‘lishi kerak bo‘lgan talablar quyidagilardir: kompilyator CLR uchun mo‘ljallangan MSIL faylini yaratishi va .NET Framework kutubxonasidan foydalanishi kerak.
Boshqariladigan kodning muqobili bo‘lib CLR bajarmaydigan boshqarilmaydigan kod hisoblanadi. .NET Framework vujudga kelishiga qadar barcha Windows dasturlar boshqarilmaydigan koddan foydalanishgan, hozir esa yuqorida ta’kidlangan ikkala kod birgalikda ishlashi mumkin va C# tili boshqariladigan kodni umumlashtirish barobarida oldin yaratilgan dasturlar bilan o‘zaro munosabatga kirishi mumkin.
3-mavzu. C # tiliga kirish.
Reja:
1. C# tili tarixi
2. Konsole rejimida ishlash.
3. C# da birinchi programma.
4. C# dasturi tuzilishi, yozish, yozish usullari, Consoleda kiritish-chiqarish.
Kompyuter tillari o‘z-o‘zidan emas, balki o‘zaro bir-biriga bog‘liqlikda mavjud bo‘ladi. Har qanday yangi til u yoki bu shaklda oldingi yaratilgan tillarning xossalarini o‘ziga meros qilib oladi, ya’ni ketma-ketlik prinsipi amalga oshiriladi. Natijada bitta tilning imkoniyatlari boshqalari tomonidan foydalaniladi (masalan, yangi xususiyatlar mavjud kontekstga birlashtiriladi, tilning eski tuzilishlari esa o‘chirib yuboriladi). Kompyuter tillarining evolyutsiyasi shunday tarzda ro‘y beradi va dasturlash mahorati takomillashtiriladi.
C# tili yuqoridagilardan istisno emas, u boshqa dasturlash tillarining ko‘plab foydali imkoniyatlarini meros qilib oldi va dunyoda eng ko‘p qo‘llaniladigan ikkita kompyuter tillari – C, C++, shuningdek Java tili bilan uzviy bog‘liqdir. C# ni tushunish uchun mazkur bog‘liqlik tabiatini aniqlab olish kerak, shuning uchun oldin biz ushbu uch tilning rivojlanish tarixi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
S tili 1972 yilda Nyu-Djersi shtatining Myurrey-xill shahrida Bell Laboratories kompaniyasining tizimli dastur tuzuvchisi Dennis Richi tomonidan yaratilgan. Bu til o‘zini shunchalik yaxshi ko‘rsatdiki, oxir oqibatda unda Unix operatsion tizimlarining 90% yadro kodlari yozildi (oldin quyi darajadagi til assemblerda yozilgan). S ning vujudga kelishidan oldinroq yaratilgan tillardan, Pascal ulardan eng mashhuri hisoblanadi, yetarli darajada muvaffaqiyatli foydalanilgan, lekin aynan S tili dasturlashning zamonaviy davri boshlanishini belgilab berdi.
1960 yillarda dasturlash texnologiyalaridagi strukturaviy dasturlashlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan inqilobiy o‘zgarishlar S tilini yaratish uchun asosiy imkoniyatlarni belgilab berdi. Strukturaviy dasturlashlarning paydo bo‘lishiga qadar katta dasturlarni yozish qiyin bo‘lgan, satr kodlari miqdorining oshishi sababli dasturlarning o‘tish joylari chalkash massalariga aylanib ketishiga olib keladi. Strukturaviy tillar dastur tuzuvchi instrumentariysiga shartli operatorlarni, lokal o‘zgaradigan tartiblarni va boshqa mukammallashtirishlarni qo‘shib bu muammoni hal qildi. Shunday tarzda nisbatan katta dasturlarni yozish imkoniyati vujudga keldi.
Aynan C tili kuch, elegantlik va ma’nodorlikni o‘zida muvaffaqiyatli birlashtirgan birinchi strukturaviy til bo‘ldi. Uning bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar mas’uliyatini tilga emas dastur tuzuvchi zimmasiga yuklaydigan prinsiplar bilan inobatga olgan holda sintaksisdan foydalanishdagi qisqalik va osonlik kabi xususiyatlari tezda ko‘plab tarafdorlarini topdi.
Bugungi kunda biz mazkur sifatlarni o‘z o‘zidan anglashiladigan deb hisoblaymiz, lekin C da birinchi marotaba dastur tuzuvchiga zarur bo‘lgan ajoyib yangi imkoniyatlar mujassamlashtirilgan. Natijada 1980 yillardan boshlab S strukturaviy dasturlash tillari orasida eng ko‘p foydalaniladiganlaridan biri bo‘lib qoldi.
Biroq, dasturlashning rivojlantirish choralariga ko‘ra bundanda kattaroq dasturlarni qayta ishlash muammosi kelib chiqmoqda. Loyiha kodi ma’lum bir hajmga yetgan zahoti (uning raqamli ahamiyati dastur, dastur tuzuvchi, foydalanilgan instrumentlarga bog‘liq bo‘ladi, lekin taxminan 5000 satr kodlari nazarda tutilayapti) C-dasturlarini tushunish va kuzatib borishda qiyinchiliklar yuzaga keladi.
|
| |