• Shovqinbardosh kod. Shovqinbardosh kod
  • Shovqinbardosh kodlar klassifikatsiyasi
  • Blokli kodlar.
  • Reja: Shovqinbardosh kodlarning tavsiflari. Chiziqli kodlar Blokli kodlar Shovqinbardosh kod




    Download 80,26 Kb.
    bet1/3
    Sana22.12.2023
    Hajmi80,26 Kb.
    #126895
      1   2   3

    Muhammad Al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
    Texnologiyalari universiteti
    Axborot va kodlash nazariyasi fanidan

    2-Mustqail ish



    Bajardi :Ibrohimov Zayniddin


    Tekshirdi : Djabbarov Shuxrat Yuldashevich

    Toshkent-2023


    Mavu : Xatoliklarni aniqlash va tuzatish uchun shovqinbardosh kodlarni qo‘llash
    Reja:

    1. Shovqinbardosh kodlarning tavsiflari.

    2. Chiziqli kodlar

    3. Blokli kodlar



    Shovqinbardosh kod. Shovqinbardosh kod deb – xato qabul qilingan razryadlarni aniqlaydigan va to‘g‘rilaydigan kodga aytiladi.
    Bunday kodlar quyidagi prinsipga asoslanib tuziladi: n razryadli kodli kombinatsiyalar soni N ta bo‘lsin.
    Lekin axborot uzatish uchun esa faqatgina ulardan Nr tasi ishtirok etadi va ular ruxsat etilgan kombinatsiyalar deyiladi.
    N – Nr tasi esa man qilingan kodli kombinatsiyalar deyiladi.
    Agar uzatish tomonidan ruxsat etilgan kodli kombinatsiya uzatilsa va unga xalaqit ta’sir qilsa, buning natijasida qabul qilish tomonidan boshqa man qilingan kodli kombinatsiya qabul qilinadi. Bu esa uzatilgan kodli kombinatsiyaning xato qabul qilinganligini ko‘rsatadi.
    Masalan, ruxsat etilgan kodli kombinatsiyalar bir – biridan ikkita razryadga farq qilsin. Ya’ni kod masofasi d = 2: 0011, 0110, 1001, 1010, 1100, 0101 va xokazo 0111 – bu kombinatsiya man qilingan kodli kombinatsiyani xato qabul qilinganligidan dalolat beradi.
    Ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, shovqinbardosh kodlarni xosil qilish uchun ortiqcha razryadli kodlar ishlatiladi. Masalan 8 ta kombinatsiyali kod uchun 4 ta razryadli kod ishlatiladi. Aslida oddiy kod orqali kodlashtirishda 8 ta kombinatsiya uchun atigi 3 ta razryad (23= 8) yetarlidir.


    Shovqinbardosh kodlar klassifikatsiyasi
    Shovqinbardosh kodlar taqsimlangan va taqsimlanmagan kodlarga bo‘linadi. Agar kodli kombinatsiyalarda kombinatsiyadagi razryadlar soni bir xil bo‘lsa, bunday kodlar teng taqsimlangan kodlar deyiladi.

    Agarda kodli kombinatsiyalardagi razryadlar soni xar xil bo‘lsa, bunday kodlar teng taqsimlanmagan kodlar deyiladi.


    Teng taqsimlangan kodlar ikki turga bo‘linadi:



    1. Blokli;

    2. Uzluksiz.

    Blokli kodlar uzatilayotgan axborotli ketma-ketlik aloxida kodli kombinatsiyalarga bo‘linadi va ular bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan xolda kodlanadi va dekoderlanadi.
    Bu xolat uzatilayotgan xabarga n ta elementlardan tashkil topgan blok yoki xar xil elementlardan iborat bo‘lgan blok mos keladi.
    Uzluksiz kodlar esa axborotli razryadlarning uzluksiz ketma-ketligidan iborat va ularni bo‘laklarga bo‘lib bo‘lmaydi. Bunday kodlarda informatsion razryadlar orasiga ortiqcha razryadlar ma’lum tartibda joylashtiriladi.
    Blokli kodlar. Blokli kodlar o‘z navbatida bo‘linuvchi va bo‘linmaydigan kodlarga ajraladi. Bo‘linuvchi kodlarda axborot va tekshiruvchi razryadlar bo‘lib, ular aniq bir - biridan ajratilgan xolda bo‘ladi. Bunday kodlar (n,k) kabi belgilanadi,
    n - blokli kodli kombinatsiyadagi umumiy razryadlar soni;
    k – axborot razryadlar soni;
    r = n - k tekshiruvchi razryadlar soni.
    Tekshiruvchi razryadlar (r) yordamida kodli kombinatsiyadagi xato qabul qilingan razryadlarni aniqlash va ularni to‘g‘rilash mumkin.
    Bo‘linmaydigan kodlardagi razryadlarning qaysi birlari axborot, qaysi birlari tekshiruvchi ekanligini ajratib bo‘lmaydi.

    Download 80,26 Kb.
      1   2   3




    Download 80,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Shovqinbardosh kodlarning tavsiflari. Chiziqli kodlar Blokli kodlar Shovqinbardosh kod

    Download 80,26 Kb.