|
C# tilida Konsol va Windows dasturlarini yaratish
|
bet | 16/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmua1. – rasm. C# ning genealogik tasnifi
C# tilining detallarini chuqur o‘rganishdan oldin C# da yozilgan qisqa va oddiy dasturni kompilyatsiya qilish va ishga tushirishni ko‘rib chiqamiz.
Konsol dasturlari
C# tilida DOS oynasida ishlovchi konsol dasturlarini ham yaratish mumkin. Bunday dasturlar biblioteka klasslarini modulli testdan o‘tkazish va oddiy jarayonlarni tekshirishda hosil qilinadi.
/*
Бу С# да ёзилган оддий дастур.
Дастур кодини ўз чига олувчи Misol.cs файли
*/
using System;
class Misol {
// С# дастури Main() методини чақириш билан бошлайди
public static void Main() {
Console.WriteLine("Бу С# да ёзилган оддий дастур");
}
}
C# - dasturni kompilyatsiya qilish, ishga tushirish va tahrirlashning ikkita usuli mavjud. Birinchisi siz kompilyatsiyani buyruqlar satridan csc.exe dasturini ishga tushirish orqali bajarishingiz mumkin. Ikkinchisi Microsoft Visual Studio muhitidan foydalanishingiz mumkin. Bu ikkala usullar quyida berilgan.
Buyruqlar satrida kompilyatsiya qilish
Buyruqlar satridan kompilyatsiya qilish va ishga tushirish uchun sizga uchta bosqichni amalga oshirish zarur bo‘ladi.
Dasturlar kodi mavjud bo‘lgan fayllarni yaratish.
Dasturni kompilyatsiya qilish.
Dasturni ishga tushirish.
Dastur kodini ixtiyoriy matn redaktori (masalan, Notepad)dan foydalangan holda faylga yuklang. Matnli ASCII-fayllari formatlashtirish elementlarisiz yaratilishi kerak, modomiki bunday axborot kompilyatsiya qilishda xatoga olib kelishi mumkin. Masalan yuqorida keltirilgan dasturni kiritganingizdan keyin faylga Misol.ss degan nom bering.
Dasturni kompilyatsiya qilish uchun C# csc.exe kompilyatorini buyruqlar satridagi boshlang‘ich faylning nomini ko‘rsatgan holda ishga tushirish zarur:
C:\>csc Example.cs
csc kompilyatori MSIL-versiya dasturi mavjud Misol.exe faylini yaratadi. Garchi MSIL ijro etiladigan kod bo‘lmasa ham, unda (yexe) ijro etiladigan fayl mavjud. Misol.exe faylini ishga tushirishga urinishda ijro muhiti (CLR) tiliga bog‘liq bo‘lmagan holda JIT-kompilyator avtomatik tarzda harakatga keladi. Agarda siz kompyuterda installyatsiya qilinmagan .NET Framework da Misol.exe faylini (yoki MSIL mavjud boshqa ixtiyoriy faylni) bajarishga harakat qilsangiz, dastur CLR yo‘qligi sababli ishlamaydi.
Eslatma
css.exe kompilyatorini ishga tushirish oldidan sizga odatda C:\Program Files\Microsoft Visual Studio 9.0\VC\bin katalogida joylashgan vcvars32.bat buyruq faylini ishga tushirish kerak bo‘lishi mumkin, yoki masalalar panelidagi Pusk/Programmi/Microsoft Visual Studio 2008/Visual Studio Tools/ Microsoft Visual Studio 2008 Command Prompt elementini tanlash orqali buyruqlar satridan kompilyatsiya jarayonlarini harakatga keltirish mumkin.
Dasturlarni ishga tushirish uchun uning nomini quyidagi ko‘rsatilganidek buyruqlar satriga kiriting:
C:\>Misol.exe
Qachonki dastur ishga tushsa, ekranda quyidagi satr paydo bo‘ladi:
Bu C# da yozilgan oddiy dastur.
|
| |