• 4-mavzu. C tilining tashkil etuvchilari. Reja: 1. C alfaviti 2. Identifikatorlar 3. Literallar va ularning qo’llanilishi
  • 5 tur dagi leksemalar
  • Kompyuter tizimlari kafedrasi




    Download 5,29 Mb.
    bet18/154
    Sana08.01.2024
    Hajmi5,29 Mb.
    #131939
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154
    Bog'liq
    Majmua

    Windows formali dasturi
    Xozir biz bu bo‘limda Visual Studio muhitida Windows oynali dasturlar qanday yaratilishini ko‘rib chiqamiz.
    1. File|New|Project menyu punktlarini tanlash orqali yangi C# loyiha yarating va hosil bo‘lgan oynadan (1-rasm) Visual C#| Windows papkasini, undan Windows Forms Application piktogrammasini tanlang. Oynaning Name qismiga loyiha nomi beriladi, Location qismiga loyiha saqlanadigan papkasi (Browse… tugmasi orqali) ko‘rsatiladi va OK tugmasi bosiladi.
    2. Ekranda quyidagicha VS muhiti hosil bo‘ladi. Bu yerda oynaning chap qismida komponentalar, o‘ng qismida aktiv komponentaning xossalari joylashgan. Formaga Button komponentasini qo‘yamiz va xossalar qismining Text bo‘limiga kerakli matn kiritamiz masalan OK.


    3 . Button tugmasi ustida sichqoncha ikki marta bosilsa kod kiritish joyi ochiladi. Bu yerga OK tugmasi bosilganda nima bajarilishi kerak bo‘lsa shuning kodi kiritiladi. Masalan:
    private void button1_Click(object sender, EventArgs e){
    MessageBox.Show("C# даги биринчи Windows дастур", "Ойна сарлавхаси");
    }
    Dasturni ishga tushiramiz (paneldan / tugmasi yoki klaviaturadan F5 bosiladi)
    4-mavzu. C# tilining tashkil etuvchilari.
    Reja:
    1. C# alfaviti
    2. Identifikatorlar
    3. Literallar va ularning qo’llanilishi
    4. C# da ma`lumotlar tipi. O’zgaruvchilar

    Har qanday zamonaviy dasturlash tili inson tiliga o‘xshaydi. Ammo dasturlash tili, inson tilidan farqli o‘laroq, ancha sodda va qat’iy qoidalarga bo‘ysunadi. Bu kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan bog‘liq: kompyuter - bu odam emas, u hech narsani o‘ylay olmaydi va faqat buyruqlar to‘plamini bajaradi.


    Til alifbosi - ma'lum bir tilda yozilgan belgilar (belgilar) to‘plami. C# tilining alifbosiga quyidagilar kiradi:

    • lotin alifbosining katta va kichik harflari

    • 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar

    • “_” simvoli

    • " { } , | [ ] + - % / \ ; ' : ? < > = ! & # ~ . ^ * maxsus simvollar

    • ko‘rsatilmaydigan belgilar, ular leksemalarni bir-biridan ajratish uchun ishlatiladi (probel, tabulyatsiya, yangi satr).

    Barcha sonlar, lotin tilining katta va kichik harflari va “_” simvoli C# alfavitining harflari hisoblanadi. Kattaroq dastur bloklari til alifbosining alohida belgilaridan tuzilgan: leksema, preprotsessor, direktiva va izohlar.
    Leksema - muayyan ma’noni ifodalovchi bir yoki bir nechta belgilar ketma-ketligi. Odam tilidagi leksemalar so‘z tushunchasiga mos keladi. C# alfaviti leksemalarni hosil qilish uchun xizmat qiladi. Leksemalar bu dasturlash tilida ishlatiladigan so‘zlar hisoblanadi. 5 turdagi leksemalar mavjud:

    • identifikatorlar(идентификаторы);

    • kalit so‘zlar(ключевые слово);

    • operatsiya belgilari (simvollar) (знаки (символы) операций);

    • literallar(литералы);

    • ajratuvchi simvollar(разделители);

    Barcha leksema turlari (kalit so‘zlar va identifikatorlardan tashqari) o‘zining so‘z hosil qilish qoidasiga va o‘zining maxsus alfavitiga, ya’ni C# alfaviti to‘plamining bir qismiga ega.
    Leksemalar ajratuvchi simvollar orqali bir-biridan ajratiladi. Bu simvollar probel (bo‘sh joy)lar ketma-ketligi, bitta probel, yangi satr simvoli, tabulyatsiya(табуляция) va izohlar(комментария) hisobladi.

    Download 5,29 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154




    Download 5,29 Mb.