|
Kompyuter tizimlari kafedrasi
|
bet | 55/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmuaforeach(string s in sort)
Console.WriteLine(s);
Bunday siklning sintaksisi quyidagicha ko‘rinadi:
foreach (Sikl_ozgaruvchisi_turi, ozgaruvchi_nomi, in qiymatlar_toplami)
Bu ko‘pincha yangi boshlovchilarga tushunarsiz ko‘rinishi mumkin, lekin barcha qiymatlar to‘plami bilan ishlashda ushbu siklning osonligini tushunasiz.
Xodimlar orasidan Axmedov familiyasiga teng bo‘lganlarining sonini topish dasturini ko‘rib chiqamiz.
using System;
public class EnumTest
{
public static void Main()
{
string[] sort = {"Berdiyev", "Choriyev", "Axmedov", "Turdiyev", "Soliyev", "Axmedov" };
int k = 0; //Hisoblagich
foreach (string s in sort)
{
if (s == "Axmedov")
{
k++;
}
Console.Write(s+ " ");
}
Console.WriteLine("\nSizda {0} ta Axmedov bor", k);
Console.ReadKey();
}
}
Dastur natijasi:
Berdiyev Choriyev Axmedov Turdiyev Soliyev Axmedov
Sizda 2 ta Axmedov bor
Siklda massiv elementi berilgan familiyaga mos kelishini tekshiramiz, agar u mos kelsa, hisoblagichni oshiramiz va keyingi iteratsiyaga o‘tamiz. Barcha xodimning familiyasini ko‘rsatamiz.
Umuman olganda, hayotda bunday holatlar tez-tez uchraydi, lekin ular biroz boshqacha tarzda hal qilinadi. Bu shunchaki misol sifatida xizmat qiladi.
Sort() funksiyasi yordamida massivni o‘sish tartibida tartiblash
using System;
class ArrayErr
{
static void Main()
{
var people = new string[] {"Ali", "Vali", "Abbos", "Nodir", "Salohiddin", "Oybek" , "Bekmurod" };
Array.Sort(people, 1, 3);
foreach (var v1 in people)
Console.Write(v1+" ");
Console.WriteLine();
Array.Sort(people);
foreach (var person in people)
Console.Write(person+" ");
Console.ReadKey();
}
}
Dastur natijasi:
Ali Abbos Nodir Vali Salohiddin Oybek Bekmurod
Abbos Ali Bekmurod Nodir Oybek Salohiddin Vali
|
| |