|
using System;
class StringDemo
{
static void Main
|
bet | 58/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmuausing System;
class StringDemo
{
static void Main()
{
char[] charray = {‘B’,’u’,’’,’s’,’a’,’t’,’r’,’.’} ;
string str1 = new string(charray) ;
string str2 = "Yana bitta satr.";
Console.WriteLine(str1);
Console.WriteLine(str2);
Console.ReadKey();
}
}
Ushbu dasturning natijasi quyidagicha bo‘ladi.
Bu satr.
Yana bitta satr.
Belgili o‘zgaruvchilar. char toifasidagi satrlar
Belgini (simvolni) saqlash uchun mo‘ljallangan o‘zgaruvchilarga belgili o‘zgaruvchilar deyiladi. C# tilida bu o‘zgaruvchilar uchun char toifasi keltirilgan. char toifasidagi o‘zgaruvchi Unicode kodidagi belgilaridan ixtiyoriy birisi bo‘lishi mumkin.
4.3.2-jadval. ASCII kodi jadvali
Belgili o‘zgaruvchilarni e’lon qilish quyidagicha bo‘ladi:
char c, s;
belgili o‘zgaruvchilar apostraf ichida yoziladi. a= 'q '; c= '* '; s= '/ '; char toifasini oshkor ravishda butun toifaga o‘tkazish orqali, berilgan belgiga mos Unicode kodini aniqlash mumkin.
Yuqorida keltirilgan ASCII kodi jadvaliga e’tibor bering. Katta va kichik lotin harflari alifbo tartibida joylashtirilgan. Bu esa sikl orqali char toifasini tashkil qilish imkoniyatini beradi.
Sikl orqali lotin harflarini chiqarish
|
| |