|
Kompyuter tizimlari kafedrasi
|
bet | 82/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq MajmuaQiymat qaytarish: void turiga ega bo‘lgan metodlar ko‘pincha dasturlashda qo‘llaniladi, ammo ko‘pchilik metodlar ma'lum bir qiymatni qaytaradi. Aslida, qiymat qaytarish metodning eng kerakli xossalaridan biridir.
Qiymat qaytarish dasturlashda turli maqsadlarda qo‘llaniladi. Ba'zi hollarda, Math.Sqrt() metodida bo‘lgani kabi qiymat ba'zi hisob-kitoblarning natijasini o‘z ichiga olishi mumkin, metodning bajarilishini ko‘rsatishi mumkin. Qiymat qaytarishdan foydalanish C# tilida dasturlashning ajralmas qismi hisoblanadi.
Metoddan dasturning chaqirish qismiga qiymatni qaytarish uchun return operatorining quyidagi shaklidan foydalaniladi:
return qiymat;
bu yerda, qiymat – metodning qaytarish qiymati.
Masala: a va b sonlari ustida bitta arifmetik amal bajaruvchi metod yaratamiz va unda return operatori orqali qiymat qaytaramiz.
public static double Hisoblash(double a, double b, char op)
{
double natija=0;
switch (op)
{
case '-': {
Console.Write("'-' amali: \nnatija = ");
natija=a-b;
} break;
case '*': {
Console.Write("'*' amali: \nnatija = ");
natija=a*b;
} break;
case '/': {
Console.Write("'/' amali: \nnatija = ");
natija=a/b;
} break;
default: {
Console.Write("'+' amali: \nnatija = ");
natija=a+b;
} break;
}
return natija;
}
Endi ushbu funksiyaga murojaat qilish uchun Main() metodida a va b haqiqiy sonlar va n1, n2, n3 operatsiyalar qiymatlarini kiritib quyidagi dastur matnini yozamiz:
public static void Main(string[] args)
{
double a,b;
char n;
Console.Write("a = ");
a=double.Parse(Console.ReadLine());
Console.Write("b = ");
b=double.Parse(Console.ReadLine());
Console.Write("Amal kiriting! op = ");
n=char.Parse(Console.ReadLine());
Console.WriteLine(Hisoblash(a,b,n));
Console.ReadKey(true);
}
Ushbu dastur bajalishi natijasida quyidagi natija olinadi:
a = 5
b = 9
Amal kiriting! op = *
'*' amali:
natija = 45
|
| |