• Operacion tizimni yuklash
  • DOS ning Tashqi buyruqlari va utilitalari




    Download 424,18 Kb.
    bet28/41
    Sana23.01.2024
    Hajmi424,18 Kb.
    #143768
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
    Bog'liq
    Kompyuter viruslari va antivirus dasturlari haqida ma\'lumot reja

    DOS ning Tashqi buyruqlari va utilitalari
    DOS ning tashqi buyruqlari (yoki, aniqrogi, makrobuyruqlar) DOS ning ichki buyruqlaridan farqli ularoq rezident еmas (ya’ni DOS yuklangandan keyin ular tezkor xotirada doimiy joylashmaydi, balki ular u erga bajarilishi kerak bo’lgandagina chiqariladi) va bevosita buyruqli fayllarda ishlatila olmaydi. Ular buyruqli processor tarkibiga kirmasdan, balki alohida dasturlar bilan amalga oshiriladi.
    Tashqi buyruqlarga misollar: vaskur, undelete, format, exe2bin, sort, diskcomp, find va boshqa ko’p narsalar.
    DOS utilitalari ko’p jihatdan tashqi buyruqlarga o’xshashdir, lekin, odatda, murakkabroq dasturlar bilan amalga oshiriladi va DOS ning servisli vazifalarining bajarilishini ta’minlaydi (tizimli resurslar bilan ishlashni engillashtiradi).
    Operacion tizimni yuklash
    Operacion tizimni yuklash deganda uni TЕQQ, ga bajarish uchun joylashtirilishi tushuniladi. DOS ni yuklash vazifasini tizimli yuklovchi deb ataluvchi maxsus dastur bajaradi. DOS ni yuklash kompyuter ulangandan keyin avtomatik boshlanadi.
    SHK ulanganda doimiy еslab qolish qurilmasidan kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) dasturini o’qish amalga oshadi, u mashinaning ishga layokatliligini va uning o’zining ishga tushirilish dasturlarini tekshirishni (SHK ni testlash), dasturlashtiriladigan mikrosxemalarni va standart konfiguraciyaning tashqi qurilmalarini iniciallashtirilishini amalga oshiradi.
    Bu ishlar muvaffaqiyatli tugagandan keyin OT ga еga bo’lgan disketani yoki yuklovchi dasturiga еga bo’lgan vinchesterni (Boot Record) o’qish bajariladi, ularning yordamida keyin TЕKX ga IBMBIO.COM va IBMDOS.COM dasturlarini yuklash amalga oshiriladi. IBMDOS.COM dasturi CONFIG.SYS faylini qidiradi va yuklaydi, undan olingan ma’lumotlar bo’yicha qo’shimcha drayverlarni oxiriga yuklash, joriy konfiguraciya qurilmalarini tekshirish va iniciallashtirish, uzulish vektorlari jadvalini sozlash amalga oshiriladi.
    Keyin mashinani boshqarishni o’ziga olgan COMMAND.COM dasturini yuklash bajariladi (BIOS dasturi TЕQQ dan o’chirib tashlanadi). AUTOEXEC.BAT faylini qidirish va yuklash va faylni hamma buyruqlarini bajarish amalga oshiriladi. Displei еkranida ishga taklif еtish paydo bo’ladi (S:>, A:> yoki boshqa variantlar) — SHK ishga tayyor

    Download 424,18 Kb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




    Download 424,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DOS ning Tashqi buyruqlari va utilitalari

    Download 424,18 Kb.