|
Kiritish-chiqarish bazaviy tizimi (BIOS)
|
bet | 24/41 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 424,18 Kb. | | #143768 |
Bog'liq Kompyuter viruslari va antivirus dasturlari haqida ma\'lumot rejaKiritish-chiqarish bazaviy tizimi (BIOS)
BIOS, qatiy aytganda, OT ning еmas, balki SHK ning komponenta hisoblanadi, negaki SHK da ishlatiladigan OT almashganda o’zgarmaydi (DЕKDda joylashganligi uchun).
BIOS ushbu vazifalarni bajaradi:
• mashinani iniciallashtirish, ya’ni mashina tok manbasiga ulanganda, uning barcha еlementlarini boshlang’ich holatga keltirish;
• testlash, ya’ni mashinada butlikni hamda apparatura va dasturli resurslarning ishga layokеtliligini tekshirish (processor, xotira, drayverlar va b.);
• operacion tizimni iniciallashtirish, ya’ni tizimli diskdan OT ning yuklovchisini o’qish;
• xizmat ko’rsatish jarayonlarini va tashqi qurilmalar bilan amallarni bajaruvchi quyi darajali dasturli va apparatli uzulishlarni qayta ishlash;
• SHK ning standart kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish. SHK ning tashqi qurilmalarini boshqarish drayverlar deb ataluvchi maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi.
Drayverlar
Drayverlar DOS dasturlarini va foydalanuvchi dasturlarini, kiritish-chiqarish amallarini batafsil va to’la dasturlashdan xalos qiladi.
Drayver quyidagi vazifalarni bajaradi:
• tashqi qurilmalarga murojaat qilish so’rovlarini qabul qiladi;
• so’rovlarni tashqi qurilmani boshqarish buyruqlariga, bu kurilmaning hamma ish xususiyatlarini va tuzulish detallarini hisobga olgan xolda, o’zgartiradi;
• xizmat ko’rsatilayotgan tashqi qurilmadagi uzulishlarni qayta ishlaydi.
Operacion tizimning yuklovchisi
Operaciey tizimni yuklovchi — bu Boot Record va Sistem Bootstrap dasturli modulidir.
Odatda oddiygina yuklovchi deb ataladigan bu modul tezkor xotiraga DOS ning ushbu ikkita faylini O’qish uchun mo’ljallangan: BIOS kengaytirmaning IBMBIO.COM moduli (yoki EM BIOS) va uzulishlarni qayta ishlash moduli. YUklovchi har bir formatlangan diskda 0-yo’lakning 0-tomonida 1-sektorda joylashadi. YUklovchining hajmi 512 bayt, ya’ni bu uncha katta bo’lmagan dastur. YUklovchi boshlanishida BIOS to’g’risida (firma-tayyorlovchi nomi va tizimning sana - versiyasi) va diskdagi yozuvlarning strukturasi to’g’risida (disk formata, diskdagi va klasterdagi sektorlar soni, fayllarni joylashtirish jadvallari soni va b.) xizmat ma’lumoti joylashtiriladi, keyin еsa dastur-yuklovchining o’zi joylashadi.
|
| |