• Virus nima
  • Kompyuter viruslari va ularga qarshi kurashish mexanizmlari




    Download 94.67 Kb.
    bet1/6
    Sana15.09.2023
    Hajmi94.67 Kb.
    #81985
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4-ma\'ruza
    1-mavzu. Algoritm tushunchasi va ulardan foydalanish-fayllar.org, Amaliy mashgulotlar BT (1), Ishqalanish kuchlari, 1. Aylana va uning tеnglamasi, Iqtisodiy xavfsizlik, 9..Maqola bush, 109017 1-маъруза МТ, 11-15, Toshniyozova Dilnoza

    4-mavzu. Axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari.
    Antivirus dasturlari . Elektron tijorat tizimlari va elektron raqamli imzo.

    Kompyuter viruslari va ularga qarshi kurashish mexanizmlari.


    Bu nima va unga qarshi qanday kurashish kerak? Bu mavzuga o’nlab kitoblar va yuzlab maqolalar yozilgan. Kompyuter viruslariga qarshi minglab professional mutaxassislar ko’plab kompaniyalarda ish olib borishmoqda. Bu mavzu o’ta qiyin va muhimki ko’p e`tiborni talab qilmoqda. Kompyuter virusi ma`lumotni yo’qotish sabablaridan biri va asosiysi bo’lib qolmoqda. Viruslar ko’plab tashkilot va kompaniyalarni ishlarini buzishga olib kelganligi ma`lum. Shunday ma`lumotlar mavjudki, Niderlandiya gospitallaridan birida bemorga kompyuter qo’ygan tashxis bo’yicha iste`mol qilingan dori oqibatida bemor olamdan o’tgan. Bu kompyuter virusining ishi bo’lgan.


    E`tiborsizlik bilan qilingan ishdan kompyuter tezda virus bilan zararlanadi. Inson kasallik virusi bilan zararlansa issiqligi o’zgarishi, vazni o’zgarishi, xolsizlanish va og’riqning paydo bo’lishi ko’zda tutiladi. Kompyuter virusi bilan zararlangan kompyuterlarda quyidagilar kuzatiladi: dasturlarning ishlashining sekinlashishi, fayllarni hajmi o’zgaradi, g’ayritabiiy va ba`zi bir noma`lum xatoliklar, ma`lumotlar va sistema fayllari yo’qotilishi. Ba`zi viruslar zararsiz ko’payadi, lekin qo’rqinchli emas. Bu viruslar ekranga xato ma`lumot chiqaradi. Ammo, bir turdagi viruslar hujum qiluvchi, ya`ni, yomon asoratlar qoldiruvchi hisoblanadi. Masalan, viruslar qattik diskdagi ma`lumotlarni o’chirib tashlaydi.


    Virus nima?


    Virus(Virus) inglizcha “yuqumli boshlanish”, “yomon boshlanish – buzuvchi boshlanish”, “yuqumli kasal” degan ma`nolarni anglatadi.


    Mashxur «doktor» lardan biri D.N.Lozinskiy virusni kotibaga o’xshatadi. Tartibli kotibani faraz qilsak, u ishga keladi va stolidagi bir kunda qilishi kerak bo’lgan ishlarni - qog’ozlar qatlamini ko’radi. U bir varog’ni ko’paytirib bir nusxasini o’ziga ikkinchisini keyingi qo’shni stolga qo’yadi. Keyingi stoldagi kotiba ham kamida ikki nusxada ko’paytirib, yana bir kotibaga o’tkazadi. Natijada kontoradagi birinchi nusxa bir necha nusxalarga aylanadi. Ba`zi nusxalar yana ko’payib boshqa stollarga ham o’tishi mumkin.
    Kompyuter viruslari taxminan shunday ishlaydi, Faqat qog’ozlar o’rnida endi dasturlar, kotiba bu - kompyuter. Birinchi buyruq «ko’chirish-nusxa olish» bo’lsa, kompyuter buni bajaradi va virus boshqa dasturlarga o’tib oladi. Agar kompyuter biror zararlangan dasturni ishga tushirsa virus boshqa dasturlarga tarqalib borib butun kompyuterni egallashi mumkin.
    Agar bir dona virusning ko’payishiga 30 sekund vaqt ketsa, bir soatdan keyin bu 1000000000 dan ortib ketishi mumkin. Aniqrog’i kompyuter xotirasidagi bo’sh joylarni band qilishi mumkin.
    Xuddi shunday voqea 1988 yili Amerikada sodir bo’lgan. Global tarmoq orqali uzatilayotgan ma`lumot orqali virus bir kompyuterdan boshqasiga o’tib yurgan. Bu virus Morris virusi deb atalgan.
    Ma`lumotlarni virus qanday yo’q qilishi mumkin degan savolga shunday javob berish mumkin:
    Virus nusxalari boshqa dasturlarga tez ko’payib o’tib oladi;
    Kalendar bo’yicha 13-sana juma kunga to’g’ri kelsa hamma xujjatlarni yo’q qiladi.
    Buni hammaga ma`lum «Jerusalem» («Time» virusi ham deb ataladi) virusi juda «yaxshi» amalga oshiradi.
    Ko’p xollarda bilib bo’lmaydi, virus qayerdan paydo bo’ldi.
    Virusni aniqlanishi shundaki, u kompyuter sistemasida joylashib va ko’payib borishiga bog’lik. Misol uchun, nazariy jihatdan operatsion sistemada virus davolab bo’lmaydi. Bajaruvchi kodning sohasini tuzish va o’zgartirish ta`qiqlangan sistema misol bo’lishi mumkin.
    Virus hosil bo’lishi uchun bajariluvchi kodlar ketma-ketligi ma`lum bir sharoitda shakllanishi kerak. Kompyuter virusining xossalaridan biri o’z nusxalarini kompyuter tarmoqlari orqali bajariluvchi obyektlarga ko’chiradi. Bu nusxalar ham o’z-o’zidan ko’payish imkoniyatiga ega.



    Download 94.67 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 94.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter viruslari va ularga qarshi kurashish mexanizmlari

    Download 94.67 Kb.