Образование и инновационные исследования (2024 год № 2)
matn muharrirlari, elektron jadvallardan faol foydalanadi, o‘z faoliyatida oddaroq grafik muharrirlarni
qo‘llaydi, flash-texnologiyalar asosida yaratilgan oddiy o‘yinlarni o‘ynaydi, musiqa, video va ko‘p
rejimli
tizimda ishlaydi;
professional foydalanuvchi/geymer, grafik dizayner, dasturchi – katta resurs talab qiluvchi o‘yinlar,
multimedia, yuqori imkoniyatli video, grafik dizayn tahrirlovchilari bilan ishlaydi, 3D
loyihalash va
keng ko‘p vazifalilik rejimida ish olib boradi, dasturlar tuzadi.
Kompyuterning asosiy qurilmalaridan biri bu protsessor. Protsessorning asosiy vazifasi tezkor xotira
qurilmasida joylashgan dasturdan buyruqlarni o‘qiydi, amallarni bajaradi, natijalarni yozib qo‘yadi va
keyingi buyruqni o‘qiydi. Protsessor tezkor xotiradan ma’lumotlarni bo‘laklarga bo‘lib o‘qiydi va qayta
ishlaydi. U har gal qayta ishlash uchun olishi mumkin bo‘lgan bo‘lakdagi bitlar soniga protsessorning
razryadi deyiladi. Dastlabki kompyuterlar razryadi 4 ga teng bo‘lgan bo‘lsa, ko‘pchilik kompyuterlarda
16, 32 razryadli va hozirgi kunda 64, 128 razryadli protsessorlarni ko‘rish mumkin. Biz odatda ko‘pchilik
protsessorlarda “i80386, 16/32” mana shunga o‘xshash yozuvlarga duch kelamiz.
Mana shu yozuv
qanday ma’noni anglatishiga ko‘pincha e’tibor qaratmaymiz. Bu manumada keltirilgan yozuvda “i”
belgisi bu intel kompasiyasini nomini anglatadi. Hozirgi kunda ikkita yirik kompaniyalar protsessor
ishlab chiqarishida. Bular: Intel va AMD hisoblanadi. 80386 bu protsessor raqami ya’ni versiyasi nomini
anglatadi. 16/32 esa foydalanuvchi uchun eng asosiy tushunchalardan biri sanaladi. 16 yozuvi – ushbu
protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi, 32 yozuvi – 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini
anglatadi. Boshqacha aytganda, 16 yozuvi bir vaqtning o‘zida 16 bit axborotni qayta ishlay oladi degani.
32 yozuvi esa 2^32 hajmdagi adreslar sohasi bilan ishlay olish imkoniyatini bildiradi.
Kompyuter xotirasidagi barcha axborotlar ikkilik sanoq sistemasida saqlanadi. O‘n oltilik sanoq
sistemasida yozilgan kompyuter dasturlari maxsus kompilyator dasturlari
yordamida ikkilik sanoq
sistemasiga o‘tkaziladi va amallar bajarilishi uchun markaziy protsessorga yuboriladi. Bir sanoq
sistemasidagi sonni boshqa sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun maxsus kodlash usullaridan foydalaniladi
[5, 13-b.].
Kompyuterda haqiqiy sonlarni ifodalashning qo‘zg‘aluvchan nuqtali va qo‘zg‘almas nuqtali tasvirlash
usullari mavjud. Butun sonlar kompyuter xotirasida qo‘zg‘almas nuqtali sonlar usulida tasvirlanadi [5,
19-b.]. Ikkilik sanoq sistemasida berilgan sonlarni 32 xonali ko‘rinishda ifodalanishiga doir quyidagi
misolni ko‘rib chiqamiz. Masalan: 18,125 o‘nlik sanoq sistemasida berilgan, ushbu sonni kompyuterda
32 xonali ko‘rinishida ifodalanishini ko‘rib chiqamiz. Bunda 18,125(10) sonini ikki qismga bo‘lib, ikkilik
sanoq sistemasiga o‘tamiz. Bunda sonning butun qismi 2 ga bo‘lish yoki yoyib yozish orqali, kasr qismi
2 ga ko‘paytirish orqali ikkilik sanoq sistemasiga o‘tiladi.
№ 2-265
http://interscience.uz
18 = 1 ∗ 2
4
+ 1 ∗ 2
1
= 10010(2)
Berilgan soning butun qismi ikkilik sanoq sistemasida
10010(2)
ko‘rinishini oladi.