Natijada
18,125 o‘nlik
sanoq sistemasida berilgan
sonning
ikkilik sanoq sistemasidagi ko‘rishini
quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
10010,001(2)
Hosil bo‘lgan natijani 32 xonali ko‘rinishida tasvirlash uchun quyidagi ishlarni amalga oshiramiz. Avvalo
10010,001(2)
sonidagi vergulni butun qismi 0 hosil bo‘lgunga qadar suramiz. Ya’ni
0,10010001 ∗ 10
5
ko‘rinishni oladi.
Darajadagi 5 raqamini ham ikkilik orqali ifodalaymiz (1-
rasm).
0,10010001 ∗ 10
101
1-
rasm. Sonning 32 xonali ko‘rinishida ifodalash jadvali.
Yuqorida keltirilgan 1-
rasmdan ko‘rinadiki, berilgan masala natijasi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi.
0 0 0 0 0 0
1
0
1
1
0 0
1
0 0 0
1
0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Kompyuter xotirasida tasvirlanadigan raqam, matn, grafik, audio, videoaxborotlar fayl ko‘rinishida
saqlanadi. Fayllar esa kompyuter xotirasidan ma’lum bir hajmdagi joyni egallaydi.
Kompyuter xotirasi
axborotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan kataklardan ibo
rat [5, 21-
b.]. Har bir holat 0 yoki 1 holatda bo‘lishi
mumkin hamda kompyuter xotirasida bitta katakni egallaydi va razryad (bit) deb ataladi.
Odatda, matnlar harflar,
raqamlar, tinish va boshqa belgilardan iborat bo‘ladi. Matnlar axborotning
boshqa shakllari singari kompyuter xotirasida ikkilikda kodlanadi. Belgilarni kodlash
jadvallarining turli
ko‘rinishlari mavjud. Aksariyat hollarda ASCII va Unicode tizimlaridan foydalaniladi
[5, 26-b.].
ASCII jadvali kodning uzunligi 8 ga teng bo‘lgan ikkilik
kodlar asosida ishlaydi, ya’ni har bir belgi
sakkizta 0 va 1 ning ASCII jadvali asosidagi ketma-ketligidan iborat. Har bir belgi 8
bit kod uzunligiga teng
va u xotiradan 1 bayt joyni egallaydi. ASCII kodlash tizimi yordamida o‘nlik
sanoq siste
masidagi 0 dan 255
gacha bo‘lgan sonlar orqali jami 2
8
= 256 ta belgi kodlanadi.
ASCII jadvalidan foydalanib,
“Bilim”
so‘zini
ikkilik sanoq sistemasida kodlang.
Belgi
O‘nlik
Ikkilik
B
66
01000010
i
105
01101001
l
108
01101100
i
105
01101001
m
109
01101101
Natija “Bilim” so‘zi kompyuter kodi quyidagi ko‘rinishni oladi:
0100001001101001011011000110100101101101
Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2024 йил № 2)
№ 2-266
Education and innovative research 2024 y. № 2
Образование и инновационные исследования (2024 год № 2)
Klaviaturada harf, raqam, tinish belgilari va boshqa belgilarga mos tugmachalar berilgan. Bir so‘z
bilan ularni belgi deb olish mumkin. Biror tugmacha bosilganida, o‘sha tugmachaga mos belgi ikkilik
kod shaklida kompyuter xotirasida ifodalanadi. Uni monitorda aks ettirish uchun, u yana ikkilik koddan
avvalgi ko‘rinishga o‘tkaziladi.
Unicode – yozuv tillarining deyarli barcha belgilarini kodlash standarti. Unicode kodlash jadvalida
oddiy belgilardan boshlab, xitoy iyerogliflari, matematik belgilar, grek, kirill va lotin alifbolari harflari,
musiqaning nota belgilari hamda boshqa belgilargacha kodlangan.
Jadvalda kodlangan belgilar kodining uzunligi 16 bitga teng, ya’ni har bir belgi xotiradan 2 bayt joyni
egallaydi. Unicode jadvali belgilarini kodlash ASCII jadvaliga mos tushadi, bundan tashqari, u ASCIIda
mavjud bo‘lmagan belgilar bilan to‘ldirilgan [5, 27-b.]. Yuqorida keltirilgan ASCII va UNICODE
jadvallariga tegishli masalani ko‘rib chiqamiz.
A5 formatdagi hujjat 20 bet bo’lib, har bir sahifada 30 ta satr va har bir satrda 40 ta belgi mavjud.
Belgilarni kodlash uchun ikki baytli Unicode ishlatilgan. Hujjat bir baytlik ASCII
yordamida qayta
kodlanganda, sahifadagi satrlar soni ikki barobarga oshgan va satrdagi belgilar soni 15 ga kamaygan.
Hosil bo’lgan hujjatdan bir nechta sahifalar olib tashlandi va hujjatdagi ma’lumotlarning hajmi Unicode
da kodlangan hujjatidan 31500 baytga kam bo’ldi. O’chirilgan sahifalar sonini (ASCII-da kodlangan)
aniqlang.
ASCII jadvali yordamida hosil qilingan matn umumiy hajmi:
20*30*40=24000 bayt
Ushbu matn Unicode da kodlanganda har bir belgi 2 bayt joyni egallaydi.
24000*2=48000 bayt
Masala shartida berilgan hujjat bir baytlik ASCII yordamida qayta kodlanganda, sahifadagi satrlar
soni ikki barobarga oshgan va satrdagi belgilar soni 15 ga kamaygan.
30*2=60 bayt,
40-15=25 bayt
Bitta varoqdagi hajmni topish uchun satrlar va belgilar sonini ko‘paytiramiz.
60*25=1500 bayt
Hosil bo’lgan hujjatdan bir nechta sahifalar olib tashlandi va hujjatdagi ma’lumotlarning hajmi
Unicode da kodlangan hujjatidan 31500 baytga kam bo’ldi. Ushbu jumladan quyidagi natijaga erishamiz:
48000-31500=16500 bayt
Jami qolgan belgilar soni 16500 baytni tashkil etmoqda. Nechta varoq qolganligini topish uchun jami
qolgan hajmni bitta varoqdagi hajmga bo‘lamiz.
16500
1500 = 11 𝑡𝑡𝑡𝑡
20 − 11 = 9 𝑡𝑡𝑡𝑡
Oxirgi natijadan ko‘rish mumkinki, yuqorida berilgan masala natijasi 9 ga teng ekanligini ko‘rish
mumkin.
Xulosa qilib aytganda, kompyuterda barcha axborotlar ikkilik asosida xotiraga saqlanadi ya’ni 0 va
1 bitlar asosida. ASCII kodlash tizimi yordamida har bir belgi 1 bayt ya’ni 8 bitni, Unicode tizimida har
bir belgi 2 bayt ya’ni 16 bitni tashkil etadi. Butun sonlar kompyuter xotirasida qo‘zg‘almas nuqtali sonlar
usulida tasvirlanishida berilgan son ikkilik sanoq sistemasiga o‘tkaziladi hamda 32 xonali ko‘rinishda
ifodalanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Кобайло А.С. Логические основы цифровых вычислительных машин. – Минск: БГТУ, 2010. – 95 с.
2. Лысиков Б.Г. Арифметические и логические основы цифровых автоматов. – Минск:
Вышэйшая школа, 1980. – 268 с.
3. Савельев А.Я. Прикладная теория цифровых автоматов: учеб. для вузов по специальности ЭВМ. – М.: Высшая школа, 1987. – 462
с.
4. Кобайло А.С. Арифметические и логические основы цифровых вычислительных машин: учеб. -метод. пособие для студентов
специальности «Информационные системы и технологии (издательско-полиграфический комплекс)» заочной формы обучения. – Минск:
БГТУ, 2014. – 76 с.
5. Fayziyeva M. R., va boshqalar. Informatika va axborot texnologiyalari: Darslik / – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 160 b.
6. Zaripov N.N. Methods of Teaching Programming Languages in General Secondary Schools //» Online-Conferences» Platform. – 2021. –
С. 38-40.
7. Zaripov N.N. Pedagogical problems and solutions in the use of programming environment in the teaching of computer science and
information technology //International conference on multidisciplinary research and innovative technologies. – 2021. – Т. 1. – С. 95-98.
№ 2-267
http://interscience.uz