7
2. Material/Map Browser (material va tekstura kartalarini ko‘‘rish)
muloqot
oynasini chaqiring. Buning uchun materillar muharriri oynasida Type (turi)
tugmasini ChS bilan bosamiz. Ko‘rish oynasida 1.12 rasmdagi tasvir paydo bo‘ladi.
Ko‘rish oynasini Get Material (material olish) tugmasini bosib ham chaqirsa
bo‘ladi.
3. Browse From (materiallar manbai) guruhdagi Mtl Library (materiallar
kutubxonasi) o‘chirib-yoquvchi tugmasini ChS bilan bosing.
Materiallar
kutubxonasi mavjud bo‘lgan materiallarni ko‘rish va tanlash imkoniyatini beradi.
4. Show (ko‘rsatish) guruhidagi Root Only (faqat natijani) bayroqchasini ChS
bilan bosing. Bu bayroqcha faqat natija beruvchi tarkibiy materialni tasvirlaydi.
5. Nomlangan materiallar ro‘yxatidan ChS bilan Wood (yog‘och) tanlang.
Tanlangan material, tepa chap burchakda joylashgan Material/Map
Browser
(material va tekstura kartasi) namunalari ko‘rish oynasida paydo bo‘ladi. Materialni
ob’yektga berish qoldi.
6. Proyeksiya oynasida parallellepiped quring. Material muharriri namuna
kataklaridan
biridagi materialni tanlab, Assing Material to Selection (tanlangan
ob’yektga material belgilash) tugmasini bosing.
8
Bo‘yalgan parallelepiped 1.13 rasmda ko‘rsatilgan. Boshqa ob’yektlarga ham
materiallarni mustaqil tanlab qo‘ying.
Shunday qilib, ob’yektlarga material berishning bitta usuli ko‘rib chiqildi.
Materiallarni yaratish va tahrir qilish imkoniyati juda katta, ijod qilish doirasi keng.