|
«Kompyuterda loyihalash» va «Kompyuter grafikasi» fanlari arxitekturaBog'liq 3d modellashtirish uslubiyFaskali silindr
1. Create (yaratish) panelidagi Geometry (Geometriya) tugmasini bosib, ro‘yxatdagi
Extended Primitives (muharrirlangan primitivlar) variantini tanlang va Chamfer Cyl
(faskali silindr) tugmasini bosing. Shu ketma-ketliklarni bajarib, silindr, silindr
sektori va ko‘p qirrali prizmani qurish mumkin. Aylananing bir chetidan boshqa
chetiga diametr bo‘yicha cho‘zib, silindrning asosini qurish uchun,
2. Creation Metod (qurish usuli) bo‘lagini o‘chirib-yoquvchini Edge (chetidan)
holatiga qo‘ying. Asosini o‘rtasidan, ya’ni radius bo‘yicha qurish uchun, Center
(o‘rtadan) holatiga o‘tish kerak.
3. Proyeksiyalar oynalaridan birortasiga ChS ni bosib, silindr asosining
boshlang‘ich nuqtasini belgilaymiz, tugmani qo‘yib yubormasdan, kursorni asos
bo‘yicha suramiz, asos radiusi kerakli o‘lchamga ega bo‘lgandan keyin, tugmani
qo‘yib yuboramiz. Asos radiusini o‘zgartirish uchun Parameters, (Parametrы)
bo‘lagidagi Radius (Radius) parametrining kattaligini o‘zgartirish kerak.
4. Tugmani qo‘yib yuborgandan keyin, kursorni tepaga ko‘tarib yoki pastga
tushirib, silindrning balandligini o‘rnatamiz. Balandlikni o‘rnatish uchun ChS ni
bosamiz. Sichqon tugmasini bosgandan keyin, kursorni surib, ChS ni bosamiz.
Kursorning surilish masofasi 45 gradus qiyalikdagi faskaning kengligiga teng
bo‘ladi.
5. Parameters (Parametrlar) bo‘lagidan quyidagi parametrlar qiymatini bering.
• Height (balandlik) — silindr balandligi;
• Height Segments (balandlik bo‘yicha segmentlar) — balandlik yuzasi
bo‘yicha segmentlari;
• Cap Segments (asosining halqalari) — radius bo‘‘yicha segmentlar soni;
• Fillet (Faska) — faska kattaligi;
• Fillet Segs (faska bo‘yicha Segmentlar) — faska bo‘yicha segmentlar soni.
Silindrni qurillish natijasi 1.4 rasmda ko‘rsatilgan.
|
| |