3
TANISHUV
Ishni
dasturni yuklab, oddiy geometrik shakllarni qurish, ularning sirtlariga
materiallarni berish, yorug’lik va kameralardan
foydalanish va oddiy
harakatlanuvchi roliklar yasashdan, boshlaymiz. Bu dars 3D Studio MAXning
asosiy imkoniyatlariga keng nazar tashlash va dasturni tushinish imkonini beradi.
1. Dasturni yuklash uchun kursorni Windows sistemasining Start (Pusk)
piktogrammasi ustiga olib borib, sichqonning chap tugmasini bosamiz.
2. 3dsmax yorlig‘ini qidirib, topamiz va unga kursorni qo‘yib,
sichqonning chap
tugmasini ikki marta bosamiz.
1.1.rasm. 3D MAX yuklash yorlig‘i.
Bundan keyin sichqonni chap tugmasini qisqa qilib, shartli ravishda ChS deb
ataymiz.
Dastur yuklangandan keyin ekranda 3D MAX interfeysi paydo bo‘ladi.
Dasturning ish maydoni proyeksiyalar oynalariga bo‘linadi. Joriy holda
ekranda to‘rt proyeksiyalar oynasi joylashadi – Tor (tepadan ko‘rinish), Front
(oldidan ko‘rinish), Left (chapdan ko‘rinish) va
markaziy proyeksiya oynasi
Perspective (Perspektiva). Bir vaqtning o‘zida oynalardan faqat bittasi faol bo‘lib,
ya‘ni qurish uchun ajraladi. Faol oynaning atrofi sariq rang bilan chegaralangan
bo‘ladi.
Ob’yektlarni yaratish
Siz bu yerda standart geometrik primitivlarni qurish bilan tanishasiz.
Parallelepiped
Karkasli parallelepiped quramiz:
1. Geometry tugmasiga ChS bilan bosamiz va turli tuman ob’yektlar
ro‘yxatidan – Extended Primitives (murakkab primitivlar) qatorini tanlaymiz.
Object Type (ob’yektlar turi) bo‘lagida standart primitivlar turlariga mos
keluvchi yozuvlar bilan tugmalar chiqadi.
4
2. Chamfer Box (faskalik parallelepiped) tugmasiga, ChS bilan bosamiz. Buyruqlar
panelining pastki qismida uchta bo‘lak paydo bo‘ladi: Creation Method (qurish
usuli), Keyboard Entry (Klaviaturadan kiritish) va Parameters (Parametrlar).
3. Perspective (Perspektiva) proyeksiya oynasiga ChS bilan bosamiz va tugmani
qo‘yib yubormasdan kursorni diagonal bo‘yicha surib, asosini cho‘zamiz.
Parameters (Parametrlar) bo‘lagida, Length (uzunlik) va Width (kenglik)
o‘lchamlarining o‘zgarishini kuzatib boramiz.
4. Asosning uzunlik va kengligini belgilash uchun sichqonning tugmasini qo‘yib
yuboramiz.
5. Parallelepiped balandligini berish uchun qo‘yib yuborilgan kursorni tepaga yoki
pastga suramiz.
Parametrlar bo‘lagidan Height (balandlik) parametr qiymatini kuzatib boramiz.
6. Balandlikni belgilagandan keyin ChS tugmani bosamiz.
Balandlik qayd
qilingandan keyin kursorni bir oz chetga surib, ChSni yana birmarta bosamiz.
Shunda 45o qiyalikda parallelepiped qirralarida faskalar paydo bo‘ladi. Faska
balandligi Fillet (Faska) parametri yordamida berilsa ham bo‘ladi.
7. Smooth (Silliqlash) faska sirtini silliqlash rejimini yoqing.
Natijada qurilgan
parallelepiped 1.3 rasm shakldagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Biz joriy holatda
segmentlar miqdori 1 teng prallelepipedga ega bo‘ldik.
Segmentlar sonini o’zgartirish uchun, Lengt Segs (uzunlik bo‘yicha
segmentlar) va Width Segs (kenglik bo‘yicha segmentlar) parametrlarini moslash
kerak. Segmentlar
sonini oshirish uchun, ob'yektning to‘rli yuzasini tahrirlashni
amalga oshirish zarur. Faskadagi Segmentlar sonini Fillet Segs
(faska bo‘yicha segmentlar) o‘zgartiruvchisi yordamida amalga oshirsa bo‘ladi.