Asosiy tavsiflari.
PIC16F8X guruhidagi mikrokontrollerlar PIC16CXXX
guruhidagi 8-
razryadli KMOP mikrokontrollerlari oilasiga aloqador bo’lib, ular
narxining arzonligi, to’liq KMOP texnologiyasiga ega ekanligi va yuqori
texnologiyada ishlab chiqarilganligi bilan xarakterlanadi.
Guruhcha tarkibiga PIC16F83, PIC16CR83, PIC16F84 va PIC16CR84
mikrokontrollerlari kiradi. PIC16F8X guruhchasining asosiy tavsiflari 5.1-jadvalda
keltirilgan [37,43,44,45].
PIC16F8X guruhchasidagi hamma kontrollerlar RISC-protsessorli garvard
arxitekturasini ishlatadi va ular quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
- faqat 35 ta oddiy komanda ishlatiladi;
-
ikkita siklni tashkil qiluvchi o’tish komandasidan tashqari hamma komandalar
bitta davrda bajariladi (10MGts chastotada 400ns);
- ishlash chastotasi 0Gt....10MGts;
-
alohida ajratilgan ma’lumotlar shinasi (8 bit) va komandalar shinasi (14 bit);
- DXQ yoki elektrik qayta programmalashtiriladigan Flash-xotirada tuzilgan
512x14 yoki 1024x14 xotirali programma;
- 15 ta 8-razryadli maxsus funktsiyalar registri (SFR);
- Sakkiz sathli apparatli stek;
-
Ma’lumotlarni va komandalarni bevosita, bilvosita va aralash adreslash;
- 36 yoki 68-
razryadli umumiy qo’llanuvchi registri (GPR) yoki OXQ;
-
to’rtta darajali uzilish manbasi:
· tashqi kirish RBO/INT;
· taymerning to’lib toshishi TMRO;
· V portning tarmog’idagi signallari o’zgarishi;
· EEPROM xotirasiga ma’lumotlarni yozishning tugallanishi.
-
64x8 li elektrik qayta programmalashtiriladigan EEPROM ma’lumot xotirasi
1000000 marta o’chirish/yozish imkoniyati bilan ishlab chiqarilgan;
-
EEPROM da ma’lumotlarni eng kamida 40 yil davomida saqlash mumkin;
PIC16F8X guruhchasidagi mikrokontrollerlarning asosiy tavsiflari.